1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar


Download 0.94 Mb.
bet112/139
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1252545
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139
Bog'liq
Фалсафа УМК 2023й

Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar
Biz falsafa fanini o‘rganish jarayonida ob’ektiv olamdagi narsa xodisalar o‘zaro bir-birlari bilan alohida bir-birini taqozo qiladi, olamni anglash uchun narsa va hodisalar orasidagi aloqadorliklarni anglash zarurati haqida xulosa hosil qilganmiz. Olamdagi narsa va xodisalar aloqa va munosabatlari inson ongida aks etadi va tushunchalar orasidagi aloqa va munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Mantiq ilmida avvalo tushunchalarni hajm jihatidan bir-biriga taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarga ajratamiz. Masalan, «o‘qituvchi» bilan «ziyoli» tushunchalari taqqoslanadigan, «o‘qituvchi» va «zavod» tushunchalari esa taqqoslanmaydigan tushunchalar qatoriga kiradi.
Biz mantiq kursida o‘zaro hajm jihatdan taqqoslanadigan tushunchalar bilan ish ko‘ramiz. Taqqoslanadigan tushunchalar o‘z navbatida sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan tushunchalarga bo‘linadi. O‘ajm jihatdan bir-biriga ma’lum bir darajada aloqasi bo‘lgan tushunchalar sig‘ishadigan tushunchalar deyiladi.
Masalan, «kitob» bilan «darslik».
Hajm jihatdan bir-biriga kirishmaydigan tushunchalar sig‘ishmaydigan tushunchalar deyiladi.
Sig‘ishadigan tushunchalar o‘rtasida: a)ayniylik (moslik); b) qisman moslik; v) bo‘ysunish munosabatlari bor.
A) ayniyat munosabati.
Ayniyat munosabatidagi tushunchalar hajmi jihatdan aynan teng bo‘lib, bir predmetni ikki tomondan ifodalaydi va ular mos tushunchalar deb nomlanadi. Mos tushunchalarning birida predmetning bir belgisi, ikkinchi tushunchada esa boshqa belgisi ko‘rsatiladi. Mos tushunchalardan hayotda to‘g‘ri foydalanish fikrni aniq tushunish va ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi. Masalan: notiq biror shaxs haqida gapirar ekan, nutqida bir tushunchani boshqa bir tushuncha bilan almashtira olsa, uning nutqi mazmunan boyiydi va tinglovchilarda qiziqish uyg‘otadi.
Masalan: A. G‘azal mulkining sultoni
B. O‘zbek adabiy tilining asoschisi
Bu misolda A va B - mos tushunchalar.
Ikkala tushunchalar buyuk bobokalonimiz-Alisher Navoiyning ifodalangan.
Ayniyat munosabatini Eyler doirasi yordamida quyidagicha grafik usulda ifodalash mumkin. Bu bir xil 2 doiraning ustma-ustligini bildiradi.

B) Tushunchalar o‘rtasidagi qisman moslik munosabati. Bunda ikki guruh predmetlari o‘rtasidagi munosabat aks etadi, birinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismi ikkinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismiga mos keladi. Ta’kidlash joizki, ushbu munosabatdagi tushunchalar hajmi jihatdan qisman mos kelsalarda, lekin mazmun jihatidan har-xil bo‘ladi.
Masalan: A. Ishchilar
B. Ratsionalizatorlar
Ishchilarning bir qismi ratsionalizator ratsionalizatorlarning bir qismi ishchilar bo‘lishi mumkin. Qisman moslik munosabati chatishma tushunchalarini chiqaradi.
Qisman moslik munosabatini quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin.

V) Bo‘ysunish munosabati - keng hajmli tushuncha bilan tor hajmli tushunchalar orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bunda keng hajmli tushuncha-bo‘ysundiruvchi, tor hajmli tushuncha bo‘ysunuvchi, deb yuritiladi.
Masalan: A. Fan
B. Kibernetika,
Berilgan misoldagi A tushuncha keng hajmli. B tushuncha (kibernetika) A ning tarkibiga kiradi, tor hajmli.
Bo‘ysunish munosabati quyidagi grafik usulida ifodalash mumkin:

Sig‘ishmaydigan tushunchalar o‘rtasida: a) birga bo‘ysunish; b) qarama-qarshilik; v) zidlik munosabatlari mavjud.
A) Birga bo‘ysunish munosabatida tushunchalar o‘zaro bir-birini istisno qiladi, lekin ular birgalikda hajmi keng boshqa tushunchaga bo‘ysunadi.
Masalan: A.Badiiy adabiyot B.Arxitektura V.Amaliy san’at
A, B, V tushunchalari birgalikda nisbatan kengroq hajmli D (san’at) tushunchasiga bo‘ysunadi. Bunda A, B, V lar birga bo‘ysinuvchilar; D-birga bo‘ysundiruvchi hisoblanadi.
Birga bo‘ysunish munosabatini quyidagi grafik shaklida ifodalash mumkin.

B) Qarama-qarshilik munosabatida tushunchalar predmetlarda ikki qarama-qarshi tomon mavjudligini ifodalaydi, qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalar odatda bir-birini inkor etadi. Bir tushunchaning to‘g‘riligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqadi. Lekin qarama-qarshilik munosabati orasida uchinchi bir tushuncha bo‘lishiga imkon qoldiradi.
Masalan: A.Oq B.Qora
Bu misolda A-B ni inkor etadi, B ham A ni inkor etadi. A ning chinligidan B ning xatoligi kelib chiqadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Qarama-qarshilik munosabatida uchinchi bir tushuncha (A1, A2, A3 yoki B1, B2, B3) bo‘lishi nazarda tutiladi.
Qarama-qarshilik - munosabatini quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin.

V) 3idlik munosabatidagi tushunchalar ham qarama-qarshi munosabatidagi tushunchalar kabi o‘zaro bir-birini inkor qiladi. Qarama-qarshi munosabatda ikkinchi tushuncha aniq ifodalanadi. Zidlik munosabatida inkor etilayotgan tushuncha noaniq bo‘lib qolaveradi. Munosabati qarama-qarshi tushunchalar singari bir doiraga kirsada, inkor etgan tushuncha doiraning noaniq qismini tashkil qiladi. Agar qarama-qarshi tushunchalar uchinchi tushunchaga o‘rin qoldirsa, zid tushunchalar ularga hech qanday o‘rin qoldirmaydi. Shuning uchun ikki zid tushunchaning biri rost bo‘lsa, ikkinchisi albatta xato, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas.
Masalan: Katta – A tushuncha
Katta emas – A emas
Berilgan misoldagi A tushunchaning chinligi B ning xatoligini keltirib chiqaradi yoki aksincha. Ular bir birini tamoman inkor etadi, uchinchisining bo‘lishi mumkin emas.
Ziddik munosabatini quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin:
Shunday qilib, tushunchalar orasidagi munosabatlarni quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin.



Тушунчалар


Mazmunga ko‘ra



Таққосланадиган тушунчалар



Таққосланмайдиган


Hajmiga ko‘ra


Sig‘ishadigan Sig‘ishmaydigan


ayniyat bo‘ysunish birga zidlik
bo‘ysunish



qisman moslik qarama-qarshilik


4. Tushunchalar ustida mantiqiy amallar. Tushunchalar ustidagi mantiqiy amallar deganda: a)tushunchalarni umumlashtirish: b) chegaralash: v) tushunchalarni bo‘lish: g) tushunchalarni ta’riflash nazarda tutiladi.
Olamning mohiyatini anglashda fikrimiz ba’zan hajmi kengroq tushunchadan torroq tushunchaga harakat qilsa, ba’zan esa aksincha bo‘ladi. Ushbu jarayon mantiq fanida tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish deyiladi.
A) tushunchalarni umumlashtirish deb, torroq hajmdagi tushunchadan kengroq hajmdagi tushuncha tomon fikrning harakatlanishiga aytiladi. Masalan, «o‘qituvchi»-«ziyoli»- «inson».
Tushunchalarni umumlashtirish natijasida yakka tushunchadan, umumiy tushunchaga qarab boriladi. Umumlashtirishning chegarasi mavjud. Umumlashtirish natijasida ortiq umumlashtirish mumkin bo‘lgan tushunchalar hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalar kategoriyalar deyiladi. Kategoriyalar olamdagi narsa, xodisalarning eng umumiy xususiyatlarini, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. O‘ar bir fan o‘ziga xos kategoriyalar sistemasiga ega. Masalan, fizikada «atom», «molekula», «energiya», «quvvat» matematikada - son, tenglama, differersional, integral va hokazo.
Umumlashtirish mantiqiy amalni quyidagicha ifodalash mumkin: Akula (A) – yirtqich baliq (B) – baliq (V).
Bu misolda fikr tor hajmdagi tushunchadan keng hajmli tushunchaga qarib borgan. Buni A-B-V mantiqiy shaklda yoki grafik usulda - Eyler doirasi tarzida ifodalash mumkin. Grafikdagi strelka A dan Vga qarab boradi va umumlashtirishni ifodalaydi.
Bunda «xarakat» (A) tushunchasini chegaralash orqali «mexanik xarakati» (B) tushunchasi hosil bo‘ladi. Mexanik harakatning bir shakli xolos. Shu tarzda chegaralashni davom ettirish mumkin. Chegaralashni quyidagi grafik shaklida ifodalash mumkin.




Grafikdagi strelka Adan Gga qarab
boradi va chegaralash yo‘nalishini
ifodalaydi.


B) Tushunchani chegaralash
Fikr yuritish jarayonida hajmi keng tushunchadan torroq tushunchaga tomon borish tushunchani chegaralash deyiladi. Tushunchalarni chegaralash natijasida yakka tushunchalar hosil qilinadi. Chegaralash natijasida hosil bo‘lgan tushunchalar «individ» tushunchalar deyiladi. Masalan, «harakat» tushunchasini shunday chegaralash mumkin: harakat (A) -mexanik harakat (B) - aylanma xarakat (V) - yer planetasi xarakati (G)
Harakat - A
Mexanik harakat - AB
Aylanma harakat - ABV
Yer planetasi harakati - ABVG
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlash operatsiyasidir. Agar umumlashtirish orqali narsa va xodisalarning muhim, bir-biriga o‘xshash tomonlarini bilsak, chegaralash orqali esa har bir narsaning o‘ziga xos, konkret tomonlarini, ichki xususiyatlarini bilamiz.
V) Tushunchalarni bo‘lish.
Tushunchalarning hajmi bo‘lish operatsiyasi orqali aniqlanadi. Tushunchalar xajmini aniqlash mantiqiy usuli tushunchalarni bo‘lish deyiladi.
Bo‘lim deganda tushunchalarda ifodalangan predmet, xodisalarni fikran kichik guruppalarga ajratish nazarda tutiladi. Xajmi Aniqlanadigan tushuncha bo‘linuvchi tushuncha; bo‘lish uchun olingan belgi-bo‘lish asosi, bo‘lish natijasida tushunchalar bo‘linma deyiladi. Tushunchalarni bo‘lishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak.
1. Tushunchalarni bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan: uchburchaklar; o‘tkir burchakli, o‘tmas burchakli, to‘g‘ri burchakli
2. Tushunchalarni bo‘lish mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Buning ma’nosi shuki, bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan tur tushunchalarining hajmi bo‘linuvchi (jins) tushuncha hajmiga teng bo‘lmog‘i lozim.
Masalan: materikdagi (bo‘lishuvi). Uning tarkibiga Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Amerika, Antarktida tushunchalari kiradi. .
Z. Bo‘lish natijalari bir-birini istisno qilishi kerak.
Masalan: «tabiat» (A)ni bo‘lish orqali «jonli tabiat» (B), «jonsiz tabiat» (V hosil qiladi.
4. Tushunchalarni bo‘lishda sakrash bo‘lmasligi kerak, ya’ni tushunchalarning uzoq turini emas, yaqin turini olish kerak.
Masalan: gap (A)nibo‘lish orqali, soda gap (B),
Qo‘shma gap (V) hosil bo‘ldi.
Tushunchalarni bo‘lishni predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish kerak. Masalan, «Dushanba» ni hafta deganda dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba – nazarda tutiladi. Dushanba haftaning bir kuni.
Tushunchalarni bilishning bir qator turlari bor. Ular tushunchalarni bo‘lish usullari, deb yuritiladi. Tushunchalarni bo‘lish usullariga: a) jins tushunchalarni tur tushunchalariga bo‘lish; b) dixotomiya asosida bo‘lish; v) klassifikatsiya kiradi.
Tushunchalarni bo‘lishning eng keng tarqalgan usuli jins tushunchalarni tur tushunchalarga bo‘lish hisoblanadi.
Tushunchalarni hajmga ko‘ra ikkita bir-birini istisno qiluvchi zid tushunchalarga ajratish usuli ham mavjud bo‘lib, bu dixotomik bo‘lish deyiladi. Bunda tushunchalarning biri ikkinchisini istisno qiladi: Masalan, o‘qituvchilar: fiziklar va fizik emaslar.
Dixotomik bo‘lishda bo‘linuvchi va bo‘linma o‘rtasida hajm jihatdan nomutanosiblik istisno-qilinadi. Bo‘lish to‘g‘ri amalga oshirilsa,bo‘linuvchi va bo‘linma hajm jihatdan har doim teng bo‘ladi.
Tushunchalarni bo‘lishning alohida turi tasnif-klassifikatsiyalashdir. Tasnif ob’ektiv olamdagi buyumlarni ifodalovchi tushunchalarni o‘xshash belgilari va tafovutiga qarab sinf yoki turlarga bo‘lishdan iborat bo‘lib, ular turlar sistemasida qat’iy o‘rinni egallaydi.
Tasnif-ob’ektiv olamdagi predmetlar, xodisalar haqidagi bilimlarimizni sistemalashtirish, ma’lum bir tartibga solib o‘rganishning muhim usulidir. Amaliy ehtiyoj talablariga ko‘ra tushunchalarni bo‘lish asosini o‘zgartirish mumkin. Tasnifda bo‘lish asosi nisbatan barqarorligi, doimiyligi bilan ajralib turadi.
Mantiqda klassifikatsiya ikki gruppaga: tabiiy va sun’iyga bo‘linadi. Tabiiy klassifikatsiya ilmiy tadqiqotning natijasi va muxim vositasi bo‘lib, bilish jarayonida katta axamiyatga ega. Tabiiy klassifikatsiyada predmetlar eng umumiy va eng muhim belgilari asosida taqsimlanadi, guruppalarga bo‘linadi. Ushbu usul o‘simliklarni va hayvonlarni klassifikatsiya qilishda ayniqsa keng qo‘llaniladi. Sun’iy klassifikatsiya esa tashqi belgilarga asoslanadi va turli-tuman predmetlarni, ularni aks ettiruvchi tushunchalarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Tabiiy klassifikatsiyaga Mendeleevning ximiyaviy elementlarining davriy sistemasini misol tarzida keltirish mumkin. Kutubxonadagi kitoblarni alfavit tartibda joylashtirish yoki XVIII asrdagi shved tabiatshunos olimi Karl Linneyning o‘simliklar klassifikatsiyasi sun’iy klassifikatsiyaga misol bo‘la oladi.
G) tushunchalarni ta’riflash.
Tushunchalarni ta’riflash hayotda keng qo‘llanadigan mantiqiy usuldir. Ta’riflash yordamida biz ta’riflanuvchi tushunchaning mazmunini, mohiyatini ochamiz. Odatda biror predmetni bilganimizdan keyingina uning mazmunini, asl mohiyatini aniqlab, fanga yangi atama kiritamiz. Bunga tushunchada ifodalangan predmetning asosiy belgilarini aniqlash orqali erishamiz.
Tushuncha mazmunini ifodalovchi asosiy belgilarini ochib berishga qaratilgan mantiqiy usulga tushunchalarni ta’riflash (definatsiya) deyiladi. Masalan «kvadrat» tushunchasiga ta’rif berishda uning asosiy belgilari, ya’ni teng tomonli, to‘g‘ri burchakli (tur) to‘rtburchak hamda geometrik figura (jins) orqali ta’riflaymiz. Yuqoridagi misolimizdan ta’riflashda eng yaqin jins va tur belgilarini ajratib olish kerakligi ko‘rinib turibdi. Agar bu shart buzilsa, ta’riflashda biz tushunchada ifodalangan predmetlarni ob’ektiv asosidan maxrum qilgan bo‘lamiz. Jins va tur orqali ta’riflashda, birinchidan, biz buyumni boshqa jinsdagi buyumlardan, ikkinchidan shu jinsning boshqa turlaridan ajratamiz. Tushunchani ta’riflashning, mantiqiy usullariga: a) yaqin jins va tur belgisi orqali ta’rif; b) genetik ta’rif; v) nominal ta’riflash kiradi.
Yaqin jins va tur belgilari asosida ta’riflashda jins tushuncha ma’lum xususiyatlarga asoslangan holda tur tushunchalarga ajratiladi.
Genetik ta’rifda tushunchada ifodalangan predmetning kelib chiqishi, uning nimadan tuzilganligi beriladi. Shuningdek tushunchada ifodalangan predmetning paydo bo‘lishi, tashkil topishi kabi o‘ziga xos tomonlariga axamiyat beriladi. Masalan, nutq-mehnat jarayonida yuzaga kelgan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiluvchi, insonlargagina xos bo‘lgan aloqa vositasidir.
Nominal ta’rifda tushunchani ifodalagan so‘z, nom-terminning ma’nosi bayon etiladi. Normal va nominal turlarga bo‘linadi. Nominal sha’rifdan real ta’rif aniqligi bilan ajralib turadi. Nominal ta’rifda biologiya «bio» - hayot, «logos» - fan degan so‘zdan olingan bo‘lib, hayot to‘g‘risidagi fan desak, real ta’rifda «biologiya» - hayot qonuniyatlari va jonli mavjudotlarning o‘sishi haqidagi fandir, deymiz.
Tushunchalarni ta’riflash hayotimizda katta axamiyat kasb etadi. Ta’riflashning hamma fanlar uchun zarur bo‘lgan mantiqiy qoidalari mavjud. Ularga amal qilingandagina ta’rifda aniqlikka erishiladi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Ta’riflash teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni ta’riflanuvchi predmet hajmi bilan ta’riflovchi hajmi teng bo‘lishi kerak. Agar biz, falsafa -tabiat, jamiyat haqidagi eng umumiy bilimlarni o‘rganadigan fandir desak, bu ta’rif noto‘g‘ri, chunki ta’riflanuvchi tushunchaning xajmi ta’riflovchidan keng;
2. Ta’riflashda eng yaqin jins tushunchani olish kerak. Agar biz san’at ijtimoiy ong formasi desak, noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki «ijtimoiy ong formasi» san’atning yaqin tur belgisi emas.
3. Ta’rifda belgi faqat ta’riflanuvchi predmetga tegishli bo‘lishi va uning barcha predmetlardan farqini ko‘rsatib berishi kerak. Agar biz «baliq» suvda yashovchi jonzotdir, deb ta’riflasak, noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki yuqoridagi qoida buzilgan hisoblanadi.
4. Ta’rif inkor shaklida bo‘lmasligi, tushunchada ifodalangan narsa, hodisaning asosiy belgilari ko‘rsatilishi kerak. Masalan. «baliq» - ilon emas, deb ta’rif bersak, xato bo‘ladi.
5. Ta’riflash aniq bayon qilingan bo‘lishi kerak. Noaniqlik noto‘g‘ri ta’riflashga olib keladi.
Ko‘rinadiki, ob’ektiv olamdagi narsa va xodisalarning mohiyatini ochishda ta’riflash muhim rol o‘ynaydi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling