1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


Download 0.94 Mb.
bet115/139
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1252545
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   139
Bog'liq
Фалсафа УМК 2023й

Р

S

b). Munosabatga doir mushohada.


Munosabatga doir mushohada predmet va hodisalar o‘rtasidagi mavjud aloqa va munosabatlarni ifodalaydi. Bunday mushohadalarda tenglik, katta yoki kichiklik, qarindoshlik, fazo, vaqt, sabab va oqibat munosabatlari aks etishi mumkin. Masalan: Alkogolizm (S) — ko‘p jinoyatlarning (R) bosh sababchisi. Termiz (S) Toshkentdan janubda joylashgan (R).
v). Mavjudlikka doir mushohada.
Mavjudlikka doir mushohada mantiqda ekzistensial mushohada, deb yuritiladi. Unda predmet, hodisaning mavjudlik yoki mavjud emaslik faktining o‘zi ifodalanadi. Masalan: Tafakkur (S). tilsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas (R). Formulasi: S-R emasdir.
Sodda mushohadalarning ko‘rsatilgan turkumlari (atributiv, munosabatga doir, mavjudlikka doir)dan tashqari ajratib ko‘rsatilgan (vыdelyayuщie) va chiqarilgan turkumlari ham uchraydi.
Ajratib ko‘rsatilgan mushohadalarda belgining muayyan predmetgagina taallug‘li ekanligi ifodalanadi. Ajratib ko‘rsatilgan mushohadalar ham yakka, juz’iy, umumiy bo‘lishi mumkin. Masalan: Yolg‘iz Munisgina (S) bu hodisaning guvohi bo‘ldi (R). Yolg‘iz S gina — Rdir formulasi bilan ifodalanadi.
Tashqariga chiqarilganlik ifodalangan mushohada: Vasilani hisobga olmaganda, barcha qizlar bu fikrni ma’qullashdi.
Ajratib ko‘rsatilgan va tashqariga chiqarilgan mushohadalar ular mazmunidagi yashiringan fikrning murakkabligidan dalolat beradi.
Ayrim ilmiy qarashlar, davlat qonunlari, jinoyat-protsessual kodeks moddalari ajratib ko‘rsatilgan va chiqarilgan mushohadalarga misol bo‘la oladi.
Mushohadalar anglatgan mazmunlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) tasdiq mushohada; b) inkor mushohada.
Mushohadadagi tasdiq ma’nosi «-dir», «bo‘ladi» kabi bog‘lovchilar, inkor ma’nosi «emasdir», «bo‘lmaydi» kabi bog‘lovchilar yordamida ifodalanadi. Masalan: O‘zbekiston (S) — mustaqil davlat (R) — tasdiq mushohada, S-Rdir formulasi bilan ifodalanadi. Olma daraxti (S) ignabargli emas (R emas) — inkor mushohada; formulasi: S-R emasdir.
Biron-bir predmet, predmetlar turkumi haqidagi tasdiq yoki inkor ma’nosidagi fikr alohida predmetga, turkumga, butun sinfga taallug‘li bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra mushohadalar: a) yakka; b) juz’iy; v) umumiy bo‘lishi mumkin.
Alohida predmet, hodisa haqidagi tasdiq yoki inkor ma’nosini ifodalagan mushohada, yakka mushohada deb yuritiladi. Masalan: Abdulla Oripov (S) — O‘zbekiston qahramoni (P). Formulasi: S-R dir. Orol dengizi (S) — daryo emas (R emas) . Formulasi: S-R emasdir.
Belgi, xususiyatning biror sinf, hodisalarning qismi, bo‘lagiga tanlash ekanligi haqidagi fikr shakli juz’iy mushohada, deb yuritiladi. Juz’iy mushohada tasdiq yoki inkor shakllari uchraydi. Masalan: Ayrim talabalar (S) ilmiy anjumanga qatnashdilar (R). Formulasi: Ba’zi S-R dir. Ayrim daraxtlar (S) mevali daraxtlar turkumiga kirmaydi (R emas). Formulasi: Ba’zi S-R emas.
Juz’iy mushohadagi jud’iylik ikki shaklda ifodalanadi.
- a) Noaniq juz’iy. Bunda sub’ekt (S) ni ifodalagan tushunchaning chegarasi noaniqligicha qolaveradi. Masalan: Ayrim shaharlar (S) — millioner shaharlar hisoblanadi (R). Formulasi: Ayrim S-Rdir.
- b) Aniq juz’iy mushohada. Bunda «ayrim», «ba’zi» kvantor so‘zlar «faqat ayrim», «faqat ba’zi» ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Universitetimizning faqat ayrim talabalarigina (S) «Nihol» mukofotining sovrindori. Formulasi: Faqat ayrim S-R dir.
Biron-bir belgi, xususiyat, munosabatning turkumga, umumga xosligi tasdiqlangan yoki inkor etilgan mushohada umumiy mushohada deb yuritiladi. Umumiy mushohadalar inkor va tasdiq shaklida qo‘llaniladi. Masalan: O‘amma kapalaklar (S) — hasharotlar (R). Formulasi: Barcha S-Rdir. Yoki, hech bir jinoyat (S) jazosiz qolmaydi (R emas). Formulasi: hech bir S-R emas.
Mushohadalar miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra umumlashgan turkumlariga quyidagilar kiradi:
1)Yakka tasdiq va yakka inkor mushohadalar: S-Rdir; S-R emasdir.
2)Juz’iy tasdiq va juz’iy inkor; U ba’zi S-R dir, O ba’zi S-R dir.
3)Umumiy tasdiq va umumiy inkor mushohadalar: A Barcha S-Rdir; Ye hech bir S-R emasdir.
Umumiy tasdiq mushohadasining formulasi oldiga A harfi, juz’iy tasdiq mushohada oldiga J harfi qo‘yiladi. A va I harflari «tasdiqlayman» ma’nosini ifodalovchi «affirmo» so‘zining I va II unlilaridan olingan. Umumiy inkor mushohada Ye harfi bilan, juz’iy inkor mushohada O harfi bilan ifodalanadi. Bunda Ye va O harflari «inkor etaman» ma’nosidagi «nego» so‘zining I va II unlilaridan olingan. Shunday qilib, sifat va miqdor jihatdan mushohadalarni birlashgan klassifikasyasini kuyidagicha ifodalash mumkin:
Z barcha S-Rdir: umumiy tasdiq mushohada;
J ba’zi S-Rdir: yakka yoki juz’iy tasdiq, mushohada;
Z hech bir S-R emas: umumiy inkor mushohada; O ba’zi S-R emas: juz’iy inkor mushohada.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling