1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


Mushohadalar orasidagi munosabatlar


Download 0.94 Mb.
bet117/139
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1252545
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139
Bog'liq
Фалсафа УМК 2023й

5. Mushohadalar orasidagi munosabatlar
Olamdagi narsa va hodisalar orasidagi munosabatlar inson tafakkurida fikrlar orasidagi munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Mushohadalar orasidagi munosabatlarni quyidagi mantiqiy sxemada aks ettirish mumkin. Sxema: mushohadalar orasidagi munosabatlar.

Mushohadalar o‘zaro munosabatlarga ko‘ra!



Таққосланмайдиган

Таққосланадиган







сиғишмайдиган

сиғишадиган


Qisman moslik


To‘la
moslik Mantiqiy
bo‘ysunish. Qarama-qarshilik Zidlik

O‘xshash terminal (Sp R) ga ega, hajm va mazmun jihatidan o‘zaro farqlanadigan mushohadalar taqqoslanadigan mushohadalar deb yuritiladi. Taqqoslanadigan mushoxadalar ikki turkumga bo‘linadi: Bular: a) sig‘ishadigan. b) sig‘ishmaydigan. Sig‘ishadigan mushohadalar orasida uch xil munosabat mavjud: ayniyat (to‘la moslik), qisman moslik, mantiqiy bo‘ysunish.
Birdan ortiq mushohadaning hajm va mazmunga ko‘ra o‘zaro to‘la mosligi — ayniyat munosabati, deb yuritiladi. Odatda bunday mushohadalarda ayni bir fikr tasdiq va inkor shakllarida ifodalanadi.
Masalan: Bu — ochiq muloqot (A).
Bu ochiq muloqot bo‘lmasligi mumkin emas (B).
Yoki Axmedov to‘g‘ri so‘zladi. (A)
Axmedov xato so‘zlamadi. (B)
Berilgan misollarda «a» va «v» orasida to‘la moslik mavjud. To‘la mos (ayniyat) lik munosabatidagi mushohadalar ekvivalent mushohadalar, deb yuritiladi.
b)Љ isman moslik munosabati. Sifat jihatidan o‘zaro farqlanadigan juz’iy (tasdiq) J va juz’iy inkor (O) mushohadalar orasidagi munosabat qisman moslik munosabati, deb yuritiladi.
Masalan: Ayrim o‘simliklar zaharli. (A)
Ayrim o‘simliklar zaharsiz. (B)
Bo‘ysinish munosabati. Umumiy (tasdiq, va inkor) mushohadalar bilan juz’iy (tasdiq, va inkor) mushohadalar orasidagi munosabat bo‘ysunish munosabati deyiladi. Bunda umumiy (A va Ye) mushohadaning chinligidan juz’iy (I va O) mushohadaning chinligi kelib chiqadi. Masalan: Barcha huquqiy munosabatlar huquq normalari orqali tartibga solinadi. (A)
Ba’zi huquqiy munosabatlar huquq normalari orqali tartibga solinadi. (V)
Berilgan misoldagi A ning chinligidan V ning chinligi kelib chiqadi.
O‘zaro bir-birini inkor etuvchi mushohadalar sig‘ishmaydigan mushohadalar deb yuritiladi. Sig‘ishmaydigan mushohadalar, orasida: a) qarama-qarshilik; b) zidlik munosabatlari bo‘lishi mumkin.
a) QЉarama-qarshilik munosabatlari. Qarama-qarshilik munosabatidagi mushohadalar o‘zaro bir-birini inkor qiladi; ulardan birining chinligi ikkinchisining xatoligini keltirib chiqaradi. Masalan; Barcha ofitserlar harbiy xizmatni o‘tagan. A)Biron bir ofitser harbiy xizmatni o‘tamagan. (V)
Bu misolda A ning chinligidan V ning yolgonligi (xatoligi) kelib chiqadi.
Qarama-qarshilik munosabatidagi mushohadalar bir vaqtning o‘zida chin bo‘lishi mumkin emas. Lekin bir vaqtning o‘zida xato (yolg‘on) bo‘lishi mumkin. Masalan; Qishda barcha qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar. (A). Qishda bironta qush issiq mamlakatlarga uchib ketmaydi (V). Berilgan har ikki mushohada: A xam, V ham xato, uchinchi (S) mushohada chin bo‘ladi: Qishda ba’zi qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar.
B) Zidlik munosabati. Bunda mushohadalar o‘zaro bir- birini tamomila inkor qiladi.~ A ning chinligi V ning xatoligini keltirib chiqaradi. Uchinchi fikr (S)ning bo‘lishi mumkin emas. Masalan: Barcha shifokorlar oliy tibbiy ma’lumotga ega. (A). O‘ech bir shifokor oliy tibbiy ma’lumotga ega emas. (V).
Mushohadalar orasidagi munosabatni mantiiqiy kvadrat shaklida ifodalash mumkin:


Mantiqiy kvadrat.

A qarama-qarshi Ye


J qarama-qarshi O


Mushoxadalar orasidagi munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin:
- Umumiy tasdiq (A) va umumiy inkor (Ye), juz’iy tasdiq (J) va juz’iy inkor (O) mushoxadalar orasida qarama-qarshilik munosabati mavjud.
- Umumiy tasdiq (A) va juz’iy tasdiq (J) hamda umumiy inkor (Ye) va juz’iy inkor mushoxadalari o‘zaro bo‘ysunish munosabatida. Bunda umumiy tasdiq (A) mushoxadasining chinligidan juz’iy tasdiq (J) mushoxadasining chinligi kelib chiqadi.
- Umumiy tasdiq (A) va juz’iy tasdiq (O) hamda umumiy inkor (Ye) va juz’iy tasdiq (J) mushoxadalari o‘zaro bir-biri bilan zidlik munosabatida. Mushoxadalar orasidagi munosabatlarni bilish chin bilim xosil qilish uchun imkon yaratadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling