1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi
Murakkab mushohada va uning asosiy turlari
Download 0.94 Mb.
|
Фалсафа УМК 2023й
3. Murakkab mushohada va uning asosiy turlari
Murakkab mushohada sodda mushohadalardan tuziladi. Birdan ortik mushohadalardan «va», «yoki», «yo», «agar», «unda», «fakat» bog‘lovchilar yordamida tuzilgan mushohadalar uch turkumga bo‘linadi: a) bog‘langan mushohada; b) ayiruvchi mushohada; v) shartli mushohada. Bog‘langan mushohada. Birdan ortiq sodda mushohadalardan bog‘lovchilar vositasida tuzilgan mushohada bog‘langan mushoxada, deb yuritiladi. Masalan: Kuz (S) keldi (R), kunlar (S1) qisqardi (P1) qushlar (S2) issiq joylarga uchib ketmoqdalar (P2). Formulasi: S-R, S1-P1, ,S2 — R2 dir. Bog‘langan mushohada mantiqda kon’yunksiya deb ataladi. Murakkab mushohadani quyidagicha ifodalash mumkin: Kuz keldi (a), kunlar qisqardi (b), qushlar issiq joylarga uchib keta boshladilar (s). Kon’yunksiyaning matematik shakli: abs. Bunda belgisi bog‘lovchini ifodalaydi. Masalan: Demokrit (S1), Platon (S2), Aristotel (S3) haqida shu narsani aytish mumkinki, ularning har biri grek (P1) va faylasufdir (R2). Misolda ko‘rsatilgan mushohadani 2 xil formula bilan ifodalash mumkin: 1) S1 S2S3 — R1 R2 R3 yoki abc Bu murakkab mushohada tarkibida quyidagi soda mushohadalar bor. a) Demokrit — faylasuf: b) Demokrit — grek: v) Platon — faylasuf: g) Platon — grek: d) Aristotel — faylasuf: j) Aristotel — grek: Murakkab kon’yunktiv mushohadaning ma’nosi uni tashkil etuvchi sodda mushohadalar ma’nosiga bog‘liq bo‘ladi. Agar sodda mushohada chin bo‘lsa, ularning bog‘lanishidan hosil bo‘lgan murakkab mushohada ham chin bo‘ladi. Kon’yunksiya a’zolaridan birining xatoligi murakkab mushohadaning xatoligini keltirib chiqaradi. Buni quyidagi sxemada ifodalash mumkin: Bunda R— birinchi sodda mushohada; q — ikkinchi mushohada; P*q murakkab kon’yunktiv mushohada.
b) Ayiruvchi mushohada. 3) Ayiruvchi mushohada sodda mushohadalardan «yo», «yoki», «na» bog‘lovchilari yordamida shakllanadi. Ayiruvchi mushohada mantiqda diz’yunksiya, deb yuritiladi. Masalan: Oldi-sotdi shartnomasi (S) yozma yoki og‘zaki tuzilishi mumkin (R). Bu mushohada ikki soda mushohadadan tuzilgan: 1) Oldi–sotdi shartnomasi yozma tuzilishi mumkin, 2) Oldi-sotdi shartnomasi og‘zaki tuzilishi mumkin. Bunda a va b murakkab mushohadaning qismlari, v belgisi esa ayirish ma’nosini ifodalaydi. Yuqorida keltirilgan misolni shunday formula bilan ifodalash mumkin: a v b. Bunda belgi ayiruv ma’nosini ifodalaydi. Diz’yunksiya yo‘li bilan chiqarilgan mushohadaning chinligi uning tarkibidagi sodda mushohadaning xaqqoniyligiga bog‘liq bo‘ladi. Diz’yunksiya ikki ko‘rinishga ega: 1) Bo‘sh (kuchsiz) diz’yunksiya: Bunda diz’yunksiyani tashkil etuvchi sodda mushohadalarda aks etgan belgilar o‘zaro bir-birini istisno qilmaydi, balki bir vaqtning o‘zida bir predmetga taalluqli bo‘lishi mumkin: Sovuq qurol sanchadigan yoki kesadigan bo‘ladi. Formulasi: P v q. 2) Jiddiy (kat’iy) diz’yunksiya. Bunda murakkab mushohada tarkibidagi sodda mushohadalar bir vaqtning o‘zida chin bo‘lishi mumkin emas. Masalan: Jinoyat — ataydan o‘ylab amalga oshirilgan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etilgan bo‘lishi mumkin. v) Sharims mushohada. Shartli mushohada mantiqda «implikatsiya» deb yuritiladi, uning tarkibidagi sodda mushohadalar o‘zaro bir-biriga «-sa», «agar», «bo‘lmaganda» bog‘lovchilari vositasida bog‘lanadi. Shartli mushohadalarda sabab va oqibat, makon va vaqt, semantik aloqadorlik ifodalanadi. Shartli mushohadani 2 xil formula yordamida ifodalash mumkin; Agar S-P bo‘lsa, S1 — P1 dir yoki ab. Ikkinchi mantiqiy shaklda «a» shartni «b» natijani, implikatsiya belgisini ifodalaydi. Shartli mushohada quyidagi qoidalarga amal qilishni talab qiladi: 1) Asosning chinligidan natijaning chinligi kelib chikadi. 2) Natijaning yolg‘onligi asosning yolg‘onligidan dalolat beradi. implikatsiya mushohadasining chinlik darajasi quyidagi sxemada aks etgan. Bunda r asos, q natija, implikatsiya belgisi. Fikrlar: 1) Predoxranitel kuysa, lampa o‘chadi. 2) Predoxranitel kuydi, lampa o‘chmadi. 3) Predoxranitel kuymadi, lampa o‘chdi. 4) Predoxranitel kuymadi, lampa o‘chmadi.
Ko‘rinib turibdiki, mushohada mantiqda tabiiy til vositasida hamda matematik mantiq tilida formula vositasida ifodalanishi mumkin. Masalan: Asalarilarning umri yo uzun, yo qisqa bo‘lishi mumkin — murakkab mushohadaning tabiiy tildagi ko‘rinishi. Shu murakkab mushohadani matematik mantiiq tilida ab formulasi tarzida ifodalash mumkin. Murakkab mushohadalarni sun’iy (simvolik, matematik mantiq) til bilan ifodalash mantiiqiy tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. Mushohadalarning tabiiy va sun’iy tilda ifodalanishi til va tafakkurning o‘zaro birligi va alokadorligini isbotlaydi. 4. Mushoxadaning modal ma’no xususiyatlariga ko‘ra turlari. Mushohadalardagi, asoslanganlik, ular tarkibidagi mantiiqiy sub’ekt (S) va predikat (R) aloqadorligining tiplarida ochiq va yashirin ma’noning ifodalanishi modallik deb yuritiladi. Modal ma’no xususiyatlariga ko‘ra mushohadalarni uch guruhga bo‘lish mumkin. 1) Ehtimollik mushohadalari; 2) Voqelik mushohadalari; 3) Zaruriylik mushohadalari. Ehtimollik mushohadasida predmet va xodisalar bilan belgi orasidagi aloqadorlik imkoniyati nazarda tutiladi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, Marsda hayot elementlari bo‘lishi mumkin. Ehtimollik mushohadasida «mumkin», «balki», «inkor eta olmaydi», «nazarda tutiladi» kabi so‘z va so‘z birikmalari qo‘llaniladi. Ehtimollik mushohadasi mazmuniga ko‘ra: tasdiq va inkor; hajmiga ko‘ra: yakka, juz’iy, umumiy bo‘lishi mumkin. Masalan: Mayk Tayson tennisning bu partiyasida g‘olib bo‘ldi. Formulasi: S-Rdir. Predmetlar, hodisalar bilan belgi va xususiyatlar orasidagi aloqaning hozirda (ma’lum davrda) mavjudligi voqelik mushohadasida aks etadi. Masalan: Bu yil bahor seryog‘in keldi. Voqelik mushohadasi ham ehtimollik kabi tasdiq va inkor; yakka, juz’iy umumiy bo‘lishi mumkin. Masalan: Barnaul — Oltoy o‘lkasining poytaxti. Formulasi: S-Rdir. Ayrim shaharlar subtropik zonada joylashgan. Formulasi: Ba’zi S-Rdir. Predmetlar, hodisalar bilan belgi, xususiyatlar o‘rtasidagi ichki, muhim, barkaror aloqadorliklar zaruriy mushohadalarni keltirib chiqaradi. Masalan: Go‘zallik - olamni qutqaradi. Formulasi: S-Rdir. 3aruriylik mushoxadalarida olamni, uning qonuniyatlarini bilish natijalari aks etadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling