1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.94 Mb.
bet104/139
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1252545
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   139
Bog'liq
Фалсафа УМК 2023й

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

1. Falsafada yangi mavzu yuzaga kelishiga nima sabab bo‘ldi?


2. Global muammolar qachon va nima uchun paydo bo‘ldi?
3. «Globallashuv», «global muammolar», «globalistika» tushunchalarining o‘zaro nisbatiga tavsif bering.
4. Texnooptimizmning mohiyati nimadan iborat?
5. Texnopessimistik falsafiy konsepsiyalar qaysi g‘oyalarga asoslanadi?
6. Globallikning mezonlarini ayting. Ularning yordamida qanday vazifalar hal qilinadi?


IV bo‘lim. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari.
Tushuncha tafakkur shakli sifatida Mulohaza. Xulosa chiqarish. Argumentlash va bilimlar taraqqqiyotining mantiqiy shakllari.
O‘ninchi MAVZU Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida.
Reja:
1. Mantiq fanining predmeti
2. Mantiq fanining shakllanishi va rivojlanishi.
3.O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda mantiq fanining rivojlanishi


1. «Mantiq» tushunchasi uch ma’noda qo‘llanadi: birinchidan, u ob’ektiv reallikdagi narsa va hodisalar orasidagi eng umumiy, zaruriy, qonuniy aloqadorliklar ma’nosida («dalillar mantig‘i», «tarixiy taraqqiyot mantig‘i»...); ikkinchidan, fikrlar aloqadorligi va taraqqiyoti ma’nosida («fikrlash mantig‘i», «tafakkur mantig‘i»...); uchinchidan, tafakkur to‘g‘risidagi fan ma’nosida («Mantiq fani»). Biz «mantiq» deganda, uning so‘nggi ko‘rsatilgan ma’nosini nazarda tutamiz. Mantiq tafakkur to‘g‘risidagi fan bo‘lib hisoblanadi.
«Logika» grekcha «loguke» so‘zidan olingan bo‘lib, so‘z, fikr, aql ma’nolarini ifodalaydi. Yaqin va O‘rta Sharqda bu fan «mantiq» deb ataladi. «Mantiq» arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘z, fikr, degan ma’noni ifodalaydi.
Tafakkur murakkab hodisa bo‘lib, uni turli-tuman fanlar o‘rganadi: fiziologiya, kibernetika, psixologiya, falsafa va boshqalar.
Fiziologiya tafakkurning moddiy, tabiiy asosi - inson miyasi faoliyatini o‘rganadi. Uni tafakkurning nerv sistemasi va bosh miya oliy nerv faoliyati bilan bog‘liqligi hamda qanday vujudga kelishi masalasi qiziqtiradi.
Kibernetika inson miyasi faoliyatining ayrim tomonlarini modellashtirish imkoniyatlari to‘g‘risida bahs yuritadi.
Psixologiya tafakkurga xos psixik jarayonlar, individual tafakkurni o‘rganadi. U fikrlashni tabiiy jarayon sifatida olib qaraydi, fikrlashning inson ruhiy holati bilan aloqadorligi to‘g‘risida bahs yuritadi.
Falsafa - inson o‘z tafakkuri bilan olamni qay
darajada bila olishi mumkinligi muammosiga o‘z diqqatini
qaratadi, tafakkurga insonning olamga faol munosabati
ifodasi sifatida qaraydi.
Mantiqning o‘rganish ob’ekti tafakkur hisoblanadi. Mantiq boshqa fanlardan farqli o‘laroq tafakkurni olamni bilish usuli sifatida o‘rganadi. Mantiq fani tafakkur shakllari, usullari va qonunlari to‘g‘risida bahs yuritadi.
Mantiq olamni bilish usuli sifatida abstrakt tafakkur va uning shakllari (tushuncha, mushohada va xulosa)ni, shuningdek, tafakkur jarayonida olamning inson ongida aks etish qonunlari (ayniyat, ziddiyatlik, uchinchisi istisno, yetarli asos)ni o‘rganadi.
Hozirgi zamon mantiq fani tarkibiga dialektik va formal (shakliy) mantiq kiradi. Dialektik va formal mantiq, asosida ilmiy bilish mantig‘i shakllanadi.
Mantiq ilmi taraqqiyotini ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1) Aristotel asarlaridan boshlangan an’anaviy yoki klassik mantiq; Bu formal mantiq deb yuritiladi.
2) Matematik (simvolik) mantiq. Hozirgi davrda mantiq fanining turli-tuman yo‘nalishlari mavjud: intuitiv mantiq, konstruktiv mantiq, ko‘p belgili (mnogoznachnaya) mantiq, modal mantiq, relevant mantiq va h.k.
Mantiq fanining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, olam haqida olingan axborotlarni tafakkur qonun-qoidalari asosida qayta ishlash orqali, yangi bilim hosil bo‘ladi.
Mantiqiy shakllar, qonun-qoidalar umuminsoniy xarakterga ega. Buning ma’nosi shundan iboratki, inson qaysi tilda so‘zlashi, fikr yuritishidan qat’iy nazar, barcha uchun umumiy hisoblangan mantiq, talablariga, qonun-qoidalariga amal qilishi zarur. Ana shu shartga rioya qilish olam haqida haqqoniy bilim hosil qilishga imkon beradi. Mantiqiy tafakkur shakllari deganda, fikrning tuzilishi, uning tarkibiy qismlarining bir-biri bilan aloqadorligi nazarda tutiladi. Tabiiy tilda fikrlash uch shaklda namoyon bo‘ladi: 1) tushuncha; 2) mushohada; 3) xulosa. Tafakkurning yuqorida ko‘rsatilgan har bir shakli boshqasidan o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi: tushuncha olamdagi predmet va hodisalarining inson ongidagi fikriy ifodasidir. Masalan: shamol, Markaziy Osiyo mintaqasi.
Mushohada (hukm)da predmetlar, hodisalar, munosabatlar haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Masalan: Ayrim sonlar juft sonlardir. Ayrim daryolarning suvi loyqa emas.
Xulosa – mantiqiy tafakkur shakli bo‘lib, bir yoki bir necha fikr ustidagi mantiqiy operatsiya yangi fikr (bilim)ning hosil bo‘lishiga imkon yaratadi.
Masalan: Barcha metallar murakkab tuzilishga ega. Mis - metall. Demak, mis murakkab tuzilishga ega.
Inson fikr yuritish jarayonida analiz, sintez, induksiya, deduksiya, analogiya, abstraktlashtirish, umumiylash kabi mantiqiy usullardan foydalanadi.
Inson tafakkuri muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Mantiq qonunlari to‘g‘ri fikrlash qonunlari hisoblanadi. Bu qonunlarga: 1) ayniyat; 2) ziddiyatlilik; 3) uchinchisi istisno; 4) yetarli asos qonunlari kiradi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling