1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi
Download 0.94 Mb.
|
Фалсафа УМК 2023й
Oziq-ovqat muammosi. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat yemaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda.
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. Shu tariqa g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan, avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi. 1960-yillarda oziq-ovqat muammosini yechish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun «yashil inqilob»ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi. Bu tadbirning mohiyati bug‘doy va sholining o‘ta unumli yangi navlaridan foydalanib, qishloq xo‘jalik mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi. Buning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish mo‘ljallandi. «Yashil inqilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni qayta tashkil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur mablag‘lar mavjud bo‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo bunday mamlakatlar uncha ko‘p emas, masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan. Texnika va o‘g‘itlar xarid qilish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan, aholining ma’lumot darajasi juda past bo‘lgan, turg‘un an’analar va xurofiy aqidalar xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga to‘sqinlik qilgan o‘ta qoloq mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. Shuningdek, u odatdagi mayda xo‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini kuchaytirdi. «Yashil inqilob» eski qishloq xo‘jaligi o‘rnida yangi, zamonaviy qishloq xo‘jaligini barpo eta olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning o‘rnida yangi imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi. Xulosalar. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni yengib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an’analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling