1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


Download 0.94 Mb.
bet106/139
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1252545
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   139
Bog'liq
Фалсафа УМК 2023й

3. Tafakkur shakllari. mantiq qonunlari
Tafakkur til vositasida shakllanadi. Tafakkur olamni mavhumlashtirib, umumlashtirib aks ettiradi. Mavhumlik, umumiylik til vositasida konkretlashadi. Til yordamida bilimlar hosil qilinadi, to‘planadi, avloddan-avlodga yetkaziladi. Til-keng ma’noda olib qaralganda, axborot belgilari tizimini tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi-axborotni shakllantirish, to‘plash, yetkazish. Til kishilar orasida muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Tillar tabiiy va sun’iy tillarga bo‘linadi.
Tabiiy tillar yoki milliy tillar tarixan shakllangan tovushlar va grafika (yozuv)ning axborot belgilari tizimidan iborat. Tafakkur shakllari tabiiy tillar asosiga quriladi. Tabiiy tillar ko‘p funksiyalarni bajaradi: kishilarning ilmiy va amaliy faoliyatlari jarayonida o‘zaro bir-birlari bilan aloqa va munosabatlar bog‘lash imkonini beradi. Til tufayli bilim, ko‘nikma va malakalar avloddan-avlodga o‘tadi, til yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi.
Sun’iy tillar tabiiy tillar negizida yaratilgan axborot belgilari tizimini tashkil qiladi. Sun’iy til xabar, axborotni aniq, qisqa, tejamli bayon etish va uzatishga xizmat qiladi. Matematika, simvolik mantiq, ximiya, musiqa, EXM uchun algoritmlarda sun’iy tillardan foydalaniladi. Sun’iy til aniq mazmunga ega bo‘lgan fikrlarni belgilar bilan almashtirish va shu asosda axborotni ixchamlashtirish, algoritmlash imkonini beradi. Mantiqda ham tabiiy, ham formallashtirilgan sun’iy tillardan foydalanib, fikrlar bayon etiladi. Masalan: «Toshkent - O‘zbekistonning poytaxti». Bu fikrni «S-R»dir formulasi orqali ifodalash mumkin.
Insonning olam haqidagi fikrlari qanchalik turli-tuman bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida muayyan umumiylik bo‘ladi. Fikrlar tuzilishi va mazmunidagi bunday umumiylik mantiqiy shakl deb yuritiladi.
Mantiqiy shakllarda fikrlardagi umumiylik tabiiy (tushuncha, mushohada, xulosalarning so‘z va gaplar vositasida ifodalanishi) hamda sun’iy (shartli belgilar, formulalar, algoritmlash) tarzda ifodalanishi mumkin. Masalan: «O‘simlik - organizm», «Yaxshilik - ezgulikning boshi», «O‘zbekiston – mustaqil davlat». Bu berilgan misollar mushohada (hukm) hisoblanadi. Ular har xil mazmunga ega. Lekin, ular mazmun jihatidan o‘zaro bir-biridan qanchalik farqlanmasinlar, muayyan umumiylikka egalar. O‘ar uch fikr tasdiq hukm (mushohada)ga misol bo‘la oladi va ularni «S-R»dir mantiqiy shaklida ifodalash mumkin.
Fikrlarning tuzilishidagi va bog‘lanishidagi umumiylik mantiqiy shakllarda o‘z ifodasini topadi. Masalan: «Agar elektr toki berilmasa, tramvay to‘xtaydi», «Agar suv tanqis bo‘lsa, ekin yaxshi rivojlanmaydi». Bu har ikki mushohada mazmun jihatidan o‘zaro bir-biridan farq qiladi, lekin mantiqiy tuzilishida umumiylik (o‘xshashlik) bor. Xar ikki hukm «agar» so‘zi bilan boshlangan va ularda S bilan R munosabati shart borligidan dalolat beradi.
Shuning uchun ham bu har ikki hukmni; Agar S-R bo‘lsa, S1-P1 dir formulasi orqali ifodalash mumkin. Shunday qilib, mantiqiy shakllar fikrlarning umumiy tomonlarini ifodalaydi. «S - R» dir formulasi tasdiq mushohadani, «S -R emasdir» inkor mushohadani ifodalaydi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling