1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi
Sodda mushohada va uning asosiy turlari
Download 0.94 Mb.
|
Фалсафа УМК 2023й
2. Sodda mushohada va uning asosiy turlari
Mushohadalar tuzilishiga ko‘ra: a) sodda va b) murakkab turlarga bo‘linadi. Sodda mushohada mantiqda assertorik mushohada, deb nomlanadi. — Sodda mushohada tuzilishiga ko‘ra bir S va bir R dan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan: Maysalar ko‘kardi. Formulasi: S-R dir; — Sodda mushohadaning sub’ekti birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Masalan: Uchburchak, parallelogramm, aylana geometrik figura hisoblanadi. Formulasi: S1, S2,S3 — R dir. — Predikati birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Masalan; Kombayn o‘radi, yig‘adi, yanchadi. Formulasi: S — P1, R2, R3 dir. — Terminlardan biri tushurib qoldirilishi mumkin. Odatda bunday mushohada to‘liqsiz gaplar vositasida ifodalanadi. Masalan: Tong... Ajib sokinlik... Sodda mushohada, unda nimaning tasdiqlanishi yoki inkor etilishiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: a) atributiv mushohada; b) munosabatga doir mushohada; v) mavjudlikka doir mushohada. a). Atributiv mushohada. Narsa, hodisalarning belgi, xususiyatlari to‘g‘risidagi tasdiq va inkor shaklida bayon etilgan mushohada atributiv mushohada deyiladi. Atributiv mushohadaning terminlari: S — nima haqida fikr yuritilganini, P — belgini ifodalaydi. Masalan: Asal shirin. Formulasi: S-Rdir. Atributiv mushohada quyidagi hollarda qo‘llaniladi: — Belgi, xususiyatning predmetga xosligini tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalay: Mantiq — fan. Formulasi: S-R dir. Alisher to‘garakka qatnashmaydi: S-R emas. — Yakka tushunchalarning umumiyga, tur tushunchalarning jinsga mansubligini ifodalaydi. Masalan: O‘zbekiston (S— yakka) — mustaqil davlat (R — umumiy). Mantiqiy shakli: S- Rdir. Mantiqiy shakllarni grafik usulda ifodalash mumkinligini bilamiz. Yuqorida berilgan atributiv mushohadani (O‘zbekiston (S) — mustaqil davlat (R) quyidagi grafik usulda Eyler doirasi shaklida ifodalash mumkin: Р S Atributiv mushohadada S — R ning hajmidan chiqarilganligini ifodalash mumkin. Masalan: Tergovchining hech biri (S) ovoz bermaslik xuquqiga ega emas (R). Bunday atributiv mushohada quyidagi grafik usulda ifodalanadi: Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling