31. A.Ostervalder yondashuvining mohiyati nimadan iborat. Bloklarni to‘ldirish tartibini tushuntiring?
Ostervalder biznes-modelni tashkilotning tashkil etish, rivojlantirish va uning muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy tamoyillarini ta’riflash uchun zarur vosita sifatida tushuntiradi. Ostervalder modelining bloklarini to‘ldirishga urinib ko‘ramiz. Ostervalder modelining birinchi va asosiy bloki “qiymat taklifi” (value proposition) blokidir. Ushbu blokni to‘ldirganda quyidagi savollarga javob berish talab etiladi:
Biznes iste’molchilarga qanday qiymatni etkazib berishi mumkin?
Biznes iste’molchilarning aynan qaysi muammosi (muammolari)ni hal etishi lozim?
Bozorda qanday mahsulot va xizmatlar taklif etilmoqda?
Kompaniya iste’molchilarning qaysi ehtiyojlarini qondiradi?
To‘ldirilishi lozim bo‘lgan ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihati bo‘lib, qiymat taklifining quyidagi o‘ziga xosliklari hisoblanadi:
32. Biznes-rejalarni tuzishdagi ikki asosiy yo‘nalish to‘g‘risida tushuncha bering?
Innovatsion loyihaning biznes-rejasi - bu mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan harakatlarning bosqichma-bosqich yo‘riqnomasi, harakatlar dasturini ifoda etuvchi hujjatdir. Biznes-modelining tahlili biznes-reja tuzishning asosini tashkil etadi. Biznesni rejalashtirish jarayoni uni tashkil etishning asosiy jihatlari va holatlarini tizimlashtirish va tartibga solishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Hujjatning aniq bir tuzilmaga ega bo‘lishi har qanday kishiga batafsil o‘rganishga vaqt sarflamasdan biznes-rejada ko‘zda tutilgan holatlar borasida yaqqol tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Odatda, biznes-rejalar uzoq va ko‘p bosqichli professional tekshiruvlardan o‘tadi, unda ekspertlar biznes-rejalarning mazmunini sinchkovlik bilan o‘rganibgina qolmasdan, ularni o‘zaro taqqoslashlariga ham to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun biznes-rejani ishlab chiqishda hujjatning rasmiy tuzilmasiga rioya qilish va har bir bo‘limni to‘ldirish bo‘yicha umum e’tirof etilgan talablarni bajarish muhimdir. Ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq ravishda biznes- rejaning ikkita asosiy yo‘nalishi mavjud:
ichki foydalanish uchun tuzilgan va bozor ehtiyojlariga va zarur resurslarni olish imkoniyatlariga muvofiq yaqin va uzoq kelajak uchun biznesni rivojlantirish strategiyasini ifodalovchi biznes-rejalar. Bunday holda, biznes-rejaning maqsadi loyihaning hayotiyligini, maqsadli natijalarga erishishning haqqoniylik darajasini baholashdan iborat bo‘ladi;
potentsial investorlarni yoki kredit resurslarini jalb qilish maqsadida tashqi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan biznes-rejalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |