1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Biznes-reja asosida hal etiladigan asosiy vazifalarni yoritib bering?


Download 182.88 Kb.
bet15/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

33. Biznes-reja asosida hal etiladigan asosiy vazifalarni yoritib bering?
Biznes-reja asosida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:

  • faoliyatning muayyan yo‘nalishlarini, istiqbolli sotuv bozorlarini va ushbu bozorlarda kompaniyaning o‘rnini aniqlash; kompaniyaning marketing strategiyasini belgilash;


  • mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni baholash;


  • kompaniya jamoasining belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha talablarga muvofiqligini baholash;


  • moddiy va moliyaviy resurslarning mavjudligi va etarliligini aniqlash va loyihaning potentsial rentabellik darajasini aniqlash;


    • xatarlarni tahlil qilish.



34. Biznes-rejaning namunaviy tuzilishi. Biznes-reja bo‘limlarini tavsiflang?

Biznes-rejaning namunaviy tuzilishi odatda quyidagi qismlardan tashkil topadi:



  1. Rezyume (loyihaning qisqacha tavsifi).


  2. Loyiha tashabbuskori ( alohida shaxs + jamoa + korxona)


  3. Mahsulot tavsifi.


  4. Bozorni tahlil qilish.


  5. Marketing rejasi.


  6. Ishlab chiqarish rejasi.


  7. Tashkiliy reja.


  1. Moliyaviy reja va samaradorlik tahlili.


  2. Investitsiya rejasi.


  3. Xatarlarni tahlil qilish.


35. Intellektual mulk deganda nimani tushunasiz. O‘z fikrlaringizni misollar yordamida tushuntirib bering?

Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi.



Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling