1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Intellektual mulk obbyekti qiymatini hisoblashning qanday usullari mavjud?


Download 182.88 Kb.
bet18/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

40. Intellektual mulk obbyekti qiymatini hisoblashning qanday usullari mavjud?

Intellektual mulk obyektini baholash Mol-mulkni baholash


milliy standartlariga muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash
hisoboti bilan rasmiylashtiriladi. Intellektual mulk obyektining qiymati uch yondashuv bilan, ya‘ni
daromadli, xarajatli va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.
Daromadli yondashuv – bu baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga
asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usul intellektual
mulk obyektidan foydalanishdan daromad olish ehtimollari mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Intellektual mulk obyektlarini baholashning xarajatli yondashuvi – bu mulkning eskirganligini
inobatga olgan holda baholash obyektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan sarf-
xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo‘llash
baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni bo‘lganda amalga oshiriladi
Qiyosiy yondashuv – bu baholash obyektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to‘g‘risidagi
ma‘lumotlarga ega bo‘lgan boshqa shunga o‘xshash obyektlar bilan solishtirish orqali baholash
obyektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo‘llash baholash obyektlarining
o‘xshash narxlari haqidagi ishonchli va to‘liq ma‘lumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan
bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

41. Innovatsion kompaniyaning intellektual mulkini boshqarish deyilganda nima tushuniladi?

Tashkilotda intellektual kapitalni rivojlantirish jiddiy masaladir, bu batafsil ko'rib chiqishni, muayyan yondashuvlarni va xodimlarni rag'batlantirish tizimini talab qiladi.


Tashkilotning intellektual mulkini boshqarish jarayoni uzluksiz, tashkilot xodimlari yaxshi rag'batlantirilishi va tashkilotdagi munosabatlar sheriklik munosabatlari bo'lishi kerak, bunga ma'lum darajada xodimlarning kompaniyaning kapitallashuvida ishtirok etishi va aktsiyalardan dividendlarni taqsimlashi orqali erishiladi.

Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling