1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistonda rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha dasturida (YUNDAF 2010-2015 yillar) qanday maqsadlar ko‘zda tutilgan?


Download 182.88 Kb.
bet25/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

52. Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistonda rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha dasturida (YUNDAF 2010-2015 yillar) qanday maqsadlar ko‘zda tutilgan?

O‘zbekiston yangi suveren, mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) 1992 yil 2 martda a’zo bo‘ldi. Mamlakatimiz ushbu tarixiy voqeadan keyin o‘tgan vaqt mobaynida BMT va uning turli sohalardagi ixtisoslashgan muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xavfsizlikka qarshi zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, Afg‘onistonda barqarorlikka erishish va mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, ekologik muammolarni hal qilish, xususan, Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish, turizmni rivojlantirish kabi ustuvor masalalar ko‘p qirrali hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.


Toshkentda 1993 yildan buyon BMT vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Aholishunoslik jamg‘armasi (BMTAJ), Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO), Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMTGMJB), Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (BMTMOPDMM), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT), shuningdek, Ko‘ngillilar dasturi O‘zbekistonda “BMT oilasi”ni tashkil qiladi.

53. “Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” mohiyatini tushintirib bering.

Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (yoki ko’rsatiladigan hizmatda) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan foydalangan holda iqtisodiy nazariya turli xildagi ”innovatsiya” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarni ishlatilishi va miqyosini, qahday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo’yicha innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:


Iqtisodiy innovatsiyalar - yangi iqtisodiy mexanizmlar, bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;

Ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar – ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga yo’naltirilgan;

Ekoligik innovatsiyalar - tashqi muhitning ifloslanishini kamaytiradigan, xavfli chiqindilarni tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va shunga o’xshashlar;

Tashkiliy-boshqaruv turidagi innovatsiyalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv usullaridan foydalanish;




Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling