1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?
Innovatsion salohiyatning amal qilish tamoyillari nima?
Download 182.88 Kb.
|
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 59. Innovatsion salohiyat shakllanish bosqichlari.
- 60. Innovatsion salohiyatning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar nima
58. Innovatsion salohiyatning amal qilish tamoyillari nima?Innovatsion salohiyatning asosi - xodimlar, tashkiliy, moddiy va texnik axborot, boshqaruv va moliyaviy komponentlar, shuningdek, ilmiy-texnik komponentlari hisoblanadi. Innovatsion salohiyat asosini, malakali kadrlar, professional tashkiliy tuzilma, moddiy-texnik baza, kuchli axborot manbalari, zamonaviy boshqaruv usullari, moliyaviy barqarorlik va ilmiy-texnik tuzilmalar tashkil qiladi. 59. Innovatsion salohiyat shakllanish bosqichlari.Mamlakatda innovatsion salohiyatning shakllanishi va amalga oshirilishi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalaridan boshlab, ijtimoiy ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni o‘z ichiga oluvchi, innovatsion jarayonlarni jadallashtiruvchi omil va shart-sharoitlar majmuasiga bog‘liqdir. Innovatsion salohiyat yakuniy bosqichda turgan mavjud innovatsion loyihalar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantiruvchi barcha bo‘g‘inlarni birlashtiruvchi infratuzilma sifatida ifodalanadi. Ushbu muammo bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan bir qator mualliflarning fikriga ko‘ra,36 innovatsion salohiyatni oshirishni rag‘batlantiruvchi yoki sekinlashtiruvchi xizmatlar ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot subyektlari uchun istiqbolda jahon bozoriga chiqish imkoniyati tug‘iladi; yaratilayotgan innovatsiyalarning tegishli sohalardagi texnologik jarayonlar bilan integratsiyalashuv qobiliyati mavjudligi. 60. Innovatsion salohiyatning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar nima?rossiyalik olim A.A.Truxlyaevaning fikricha, milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni ikkita guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin: 37 innovatsion salohiyatning sifat tarkibini belgilab beruvchi trasformatsion omillar; milliy iqtisodiyotning innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga tayyorgarligini ko‘rsatuvchi va innovatsion salohiyat mavjudligi hamda uni realizatsiya qilishni belgilab beruvchi chegaralarni ifodalovchi transaktsion omillar. Transformatsion omillarga milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati rivojlanishiga to‘siqinlik qiluvchi omillar, ya’ni, kadrlar masalasi, ilmiy, texnik- texnologik va moliyaviy cheklanishlarni kiritish mumkin. Ya’ni, yuqori iqtisodiy tavakkalchilik, pul mablag‘lari tanqisligi, malakali hodimlarning etishmasligi, innovatsiyalarni ishlab chiqish va bozorga kiritish qiymatining yuqoriligi, moddiy va ilmiy-texnik bazaning sustligi hamda uning eskirganlik darajasining yuqoriligi innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan sanaladi. Transaktsion omillar deganda, innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi axborot, tashkiliy, institutsional cheklovlar tushuniladi. Ularga davlat va tadbirkorlik sektori o‘rtasida ishonchli, samarali o‘zaro ta’sir mexanizmlari hamda innovatsion madaniyatning mavjud emasligi, innovatsion faoliyatni qo‘llab- quvvatlovchi me’yoriy-huquqiy bazaning nomukammalligi, mamlakatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa preferentsiyalarning yo‘qligi, Download 182.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling