1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?
Innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasini baholash uslubiyatini aytib bering?
Download 182.88 Kb.
|
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org
61.Innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasini baholash uslubiyatini aytib bering?Innovatsion salohiyat tizimli ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, uning darajasini shakllanish va foydalanish jarayonidagi ko‘rsatkichlar orqali baholash mumkin. Innovatsion salohiyatning shakllanishini baholash ilmiy tashkilotlar, shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan kadrlar, yaratilgan yangiliklar va shu kabilar bo‘yicha umumlashgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi hamda ular tarkibining o‘zgarish tendentsiyasi tahlili asosida amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda mavjud innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasi yaratilgan innovatsiyalarning amaliyotdagi natijalari hamda ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali baholanadi. Rossiyalik olim V.V.Vinogradov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) ifodalovchi quyidagi ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatadi: ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar) ga sarflangan xarajatlar mutloq hajmi, uning YaIM va davlat byudjetidagi ulushi; fan va ilmiy sohada band bo‘lganlar soni ; ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni; ro‘yxatdan o‘tgan ixtiro va yangiliklar, ilmiy yutuqlarga erishgan olimlar (masalan, nobel mukofoti). V.I.Volkov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni taklif qiladi: ITTKI qilingan barcha xarajatlar miqdori, shu jumladan, dizayn va marketing xarajatlari; mamlakat hududi va chet eldagi patentlar soni; intelektual mulkni himoyalash darajasi; oliy ta’lim tizimining rivojlanganlik holati. Uning fikricha, ushbu mezonlardan foydalangan holda, mamlakatlarning innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati reytingini aniqlash mumkin. V.D.Andriyanov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkinligini ta’kidlaydi: ITTKIga qilingan xarajatlarning mutloq miqdori bo‘yicha mamlakatlar reytingi; ushbu xarajatlarning YaIMdagi ulushi; innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati; ilmiy tashkilotlar va ilmiy xodimlar soni; nobel mukofoti sovrindorlari soni50. A.Orlovning fikriga ko‘ra, innovatsion faoliyat mamlakat rezidentlari va norezidentlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan patentlar soni bilan o‘lchanadi.51 T.V.Checheleva esa, resurs, xom ashyo, ishlab chiqarish, iste’mol, infratuzilmaviy, intelektual va institutsional salohiyat bilan bir qatorda hududlarning investitsion jozibadorligini ham innovatsion salohiyatni baholashdagi eng asosiy ko‘rsatkich sifatida qabul qiladi. Download 182.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling