1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Respublikaning innovatsion salohiyatidan foydalanish holati va uning qiyosiy tahlili


Download 182.88 Kb.
bet30/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

62. Respublikaning innovatsion salohiyatidan foydalanish holati va uning qiyosiy tahlili.

Mamlakat innovatsion salohiyatini baholash uslubiyatini ishlab chiqishda uning asosiy tarkibiy qismlarini to‘rtta guruh ko‘rsatkichlariga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq. Birinchi guruh – innovatsion salohiyatning moliyaviy tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; ikkinchisi – moddiy; uchinchisi – kadrlar bo‘yicha; to‘rtinchisi – natijaviy ko‘rsatkichlardir.


Birinchi guruhdagi mutloq ko‘rsatkichlar milliy innovatsion sohani moliyalashtirishning fizik hajmini ifodalaydi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, YaIMga nisbatan investitsiyalar ulushi va shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlari innovatsion salohiyatning moddiy tarkibini ifodalab, undagi mutloq ko‘rsatkichlar ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni va ularning asosiy fondlari qiymatini o‘zida aks ettiradi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni va ularning asosiy fondlari qiymatini o‘zaro taqqoslash orqali aniqlanadi. Ushbu guruh quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan tashkil topgan:
Uchinchi guruh ko‘rsatkichlar innovatsion salohiyatning kadrlar bo‘yicha tarkibini ifodalab, undagi mutloq ko‘rsatkichlar innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar soni, ularning o‘rtacha ish haqi va yoshini o‘zida aks ettiradi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, jami ishchilarga nisbatan innovatsion faoliyatdaband bo‘lgan xodimlar ulushini aniqlash orqali hisoblanadi. Ushbu guruh quyidagi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan:

63. Innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishning xorij tajribalari.

Innovatsion salohiyat markazida ishchi kuchi kapitali (ta’lim jarayonida va amaliyot davrida olgan intelektual qobiliyatlar va amaliy ko‘nikmalar) yotadi.


Rossiyalik bir qator olimlar (jumladan, V.V.Grishin, B.N.Kuzik va Yu.V.Yakovitslar) fikricha, mikro darajada ishchi kuchi kapitalini aniqlashga ish haqining ta’lim va boshqa omillarga bog‘liqligini baholash orqali erishish mumkin. Ta’limning daromadlarga ta’sirini xalqaro darajada taqqoslash qiyin. Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan mamlakatlarda ta’lim sifati ham har xil bo‘ladi. Milliy iqtisodiyot darajasida esa, sinergetik samara yuzaga kelishi mumkin.45
Jahon banki uslubiyati bo‘yicha ishchi kuchi kapitalini baholashda “qoldiq usul”dan foydalaniladi. Unga ko‘ra, eng avvalo, mamlakatda milliy boylik darajasi hisoblanadi. Keyin olingan natijadan er, foydali qazilma boyliklar, o‘rmon va dengiz resurslarini chiqarib tashlab, ishchi kuchi kapitali darajasini aniqlashadi46.
Aksariyat olimlar innovatsion salohiyatni fan va ta’lim resurslari, mamlakat aholisi tarkibida oliy ma’lumotlilar salmog‘i, ilmiy xodimlar, oliy ta’lim muassasalari soni va shu kabilar bilan aniqlanadi, deb hisoblashadi.47
Ushbu ko‘rsatkichlardan innovatsion salohiyatni baholashda umumiy holda foydalanish mumkin, lekin, ular orqali real holatni to‘liq ifodalab bo‘lmaydi. Ya’ni, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mamlakatda innovatsion salohiyatni faqatgina uning shakllanish nuqtai-nazaridan baholash imkonini beradi. Innovatsiyaning haqiqiy qiymatini esa, uni amaliyotga joriy qilgandan so‘nggina baholash mumkin.

Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling