Mundarija kirish I bob. Innovatsion faoliyat va salohiyatning nazariy asoslari


Download 72.59 Kb.
bet1/24
Sana19.06.2023
Hajmi72.59 Kb.
#1621712
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
1 KURS ISHI


MUNDARIJA
KIRISH ………………………………............………………….……………….…
I BOB. INNOVATSION FAOLIYAT VA SALOHIYATNING NAZARIY ASOSLARI…………………….……………………………..……………………..
1.1. Innovatsion faoliyat va salohiyat tushunchalari mazmuni…………………
1.2. Innovatsion jarayonlar rivojlanishining umumiy tendensiyalar..................
1.3. Pedagogik innovatikada innovatsion faoliyat ko’rinishlari………………..
I bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………………


II BOB. PEDAGOG FAOLIYATIDA INNOVATSION FAOLIYAT VA SALOHIYATNING TA’LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH……………….
2.1. O'qituvchi innovatsion faoliyatining ijtimoiy-madaniy muammolari...........
2.2. O`qituvchi innovatsion faoliyatining operatsion komponentlari..................
2.3. O’qituvchi innovatsion salohiyatining rivojlantirish omillari.......................
II bob yuzasidan xulosalar …………………………………………………………..
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………
ILOVALAR………………………………………………………………………..

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Innovatsion sohada strategik va taktik choralar tizimini ishlab chiqish faqat ilmiy asosda amalga oshirilishi mumkin, shu sababli faol harakat qilayotgan har bir shaxs, u qaysi faoliyat sohasida band bo’lmasin fan va texnikaning rivojlanish va umumiy qonuniyatlari yangiliklarni samarali qo’llash usullari haqida tasavvurga ega bo’lishi , yangiliklar kiritish nazariyasi innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini ya’ni innovatsion strategiyaning asosiy qoidalarini, shuningdek, mos keluvchi darajada innovatsion siyosatni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’birlari bilan aytganda: “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”1.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 45-moddasida pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari haqida shunday aytib o’tilgan: “ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish”2. Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va tex-nologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘na ltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’birlari bilan aytganda, “Innovatsiya bo’lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo’lmaydi. Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiyalarni yaratish – eng muhim vazifamizdir. Bu sohadagi o’zgarishlarni xalqimizga keng targ’ib qilmasak, odamlarda ko’nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo’lolmaymiz. Innovatsion faoliyatni zamon talablari darajasiga rivojlantirish lozim”3. Innovatsiya jarayoning mavqeyini belgilashda 2006 yil 7 avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishning muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaror, 2007 yil 7 sentyabrdagi “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qonun, 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Qarorining ahamiyati alohida e'tirofga molikdir. Mazkur tarixiy hujjatga asosan ishlab chiqarishni o’rta va qisqa muddatlarda innovatsion rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. 2020 yil 24 iyuldagi O’RQ 630-sonli 2020 yil 30-noyabrda PQ-3416-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Innovatsion faoliyat rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi qarori, O’zbekiston Respubliksining “Innovatsion faoliyat to’g’risida”gi qonuni, 2017 yil 29-noyabrdagi PF-5264-son Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkikl etilgan. Ushbu vazirlik O’zbekiston Respublikasini innovatsion ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamalakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. O’tgan davr mobaynida innovatsion go’yalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani yaratish doirasida O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 3 ta farmoni, 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 8 ta qarori va 4 ta idoraviy-normativ hujjatlari (jami 26 ta) tasdiqlandi. Ayni paytda innovatsiya sohasida erishilayotgan yutuqlar salmog’ini oshirishga, ushbu sohaning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida “Innovatsiyalar va innovatsion faoliyat to'g’risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish” taklifi bejizga ilgari surilmagan. Shu bois ham, “Inonnavatsion faoliyat va salohiyat” mavzusi o’zining dolzarbligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Download 72.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling