Mundarija kirish I bob. Innovatsion faoliyat va salohiyatning nazariy asoslari


Innovatsion faoliyat va salohiyatning maqsadi –


Download 72.59 Kb.
bet3/24
Sana19.06.2023
Hajmi72.59 Kb.
#1621712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
1 KURS ISHI

Innovatsion faoliyat va salohiyatning maqsadi – birinchidan, kutilgan natijaga erishish vaqtini aniqlash, ikkinchidan, belgilangan muddatda uni qo‘lga kiritish imkoniyatlari, uchinchidan, maqsadga erishishdagi sub'ektining yo‘nalganliligi, to‘rtinchidan, olingan natijani kutilayotgan bilan taqqoslash imkonini beruvchi yangilikning ta'lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismini o‘zgartirishga qaratilishidir.
Innovatsion faoliyat va salohiyatning vazifasi – kutilgan natijaga imkon beruvchi ta'lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismining avvalgi va uni o‘zgartirishga qaratilgan yangi modelining holatini o‘zida aks ettirishidadir.
Innovatsion faoliyat va salohiyatning shakli deganda, mazkur jarayonsub'ektlarning maqsadga erishish uchun tashkil etilgan faoliyati tuzilishini o‘zaro muvofiqlashtirish, innovatsion faoliyat metodi deganda esa, uning maqsadga erishish yo‘lidagi, ma'lum bir ma'nodagi tizim faoliyatini tartibga solinishi tushuniladi.
Innovatsion faoliyat va salohiyatning natijasi ob'ektning yangilanishidagi aniq o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib, erishilgan natijalarni baholashda uch guruh mezonlaridan foydalaniladi:1) sifat mezonlari; 2) samaradorlik mezonlari; motivatsiya mezonlari.
Faoliyat – kishilarning tashqi olamga faol munosabat shakli, insonning o’zini-o’zi maqsadga muvofiq tarzda o’zgartirish usuli, inson boligining muhim xususiyatlaridan biri. Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar va jamiyat ehtiyojining o’sishi jarayonida o’zgarib rivojlanib boradi4. Faoliyat – harakatchanlik, ta’sirchanlik, samaradorlik. Biror sohada olib boriladigan ish, mashg’ulot, harakat5 demakdir. Salohiyat yaroqlilik, vakolart, hukmdorlik, to’liq hokimiyat; Qobiliyat, iqtidor6 demakdir. Innovatsion salohiyatinnovatsiyalarni yaratish, amaliy jihaydan foydalanish imkoniyatini aniqlash qobiliyatini aniqlaydigan xususiyatlarning uyg’unligidir. "Innovatsiyalarga moyillik" toifasi "innovatsion salohiyat" tushunchasiga kiritilgan. Chet el tadqiqotlarida "retseptivlik" atamasi ko'pincha yangilikni qabul qilish sifatida ishlatiladi va har qanday yangilikdan foydalanish to'g'risidagi qaror sifatida talqin etiladi. E.Rodjers tomonidan ta'riflangan yangiliklarni idrok etish jarayoni bu qaror qabul qilishning murakkab ko'p bosqichli fikrlash jarayoni bo'lib, u odamning yangilik bilan birinchi tanishuvidan to uning yakuniy idrokiga qadar davom etadi. Ushbu jarayon qarorning ma'nosi va natijalarini baholaydi. E.Rodjers ushbu jarayonni quyidagi asosiy bosqichlarga ajratadi: 1) muammo bilan tanishish; 2) uni tahlil qilish; 3) uni hal qilishning mavjud usullarini tahlil qilish; 4) yo'lni tanlash; 5) qarorni tanlash natijalarini qabul qilish.

Download 72.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling