1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ning asosiy vazifalarini sanab bering?
Download 182.88 Kb.
|
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 73. Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida jahonning etakchi mamlakatlari tajribasi haqida gapirib bering
72. Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ning asosiy vazifalarini sanab bering?Mamlakatni innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish; • hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish; • ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish; • ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish; • yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; • ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish; • innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini o‘tkazish va intellektual mulk ob’ektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash; 73. Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida jahonning etakchi mamlakatlari tajribasi haqida gapirib bering?AQShda «yangiliklarni joriy etish tushunchasi»ni «ilmiy-texnik taraqqiyot» tushunchasi bilan almashtirishadi va bunda ilmiy-texnik sohadagi ogirlik markazi jarayondan natijaga, yani mazkur joriy etiladigan yangiliklar tasiri ostida iqtisodiyot , ijtimoiy sohadagi pirovard natijalarga otadi. Ogirlik markazi olimlar qiziqishini qondirishdan odamlarning malum turdagi mahsulotga bolgan ehtiyojlarini qondirishga kochadi. Davlat tomonidan ilmiy siyosatning amalga oshirilishida asosiy etibor Amerika fanining moddiy-texnik bazasining sifatiga, avvalambor universitetlar faoliyati sifatiga qaratiladi. AQShda mudofaa Vazirligi 80-yillarda universitetlar va kollejlarning tadqiqot bazasini rivojlantirish dasturini amalga oshirdi. Bunday dasturlarni boshqa boginlar ham amalga oshirganlar, jumladan, Milliy ilmiy fond universitetlar tadqiqotchilari davlat laboratoriyalarida ornatilgan super kompyuterlarni malum vaqtga ijaraga olishlari uchun mablaglar ajratdi. AQSh da taxminan on besh ming atrofida kichik innovatsion firmalar hisobga olingan. Hisob-kitob qilinishicha kichik firmalar yiriklarga nisbatan ikki marta kop yangiliklar yaratadilar, eng yangi mahsulotlar esa bunday firmalarda 2,5 marta kop yaratiladi. Singapurda davlat venchur investitsiyalar tavakkalini Texnologik Investitsiyalarni qollab-quvvatlash Dasturi orqali qisman moliyalashtiradi. Bu dastur endi ish boshlagan kompaniyalarga investitsiyalardan kutiladigan zararlarni sugurtalash imkoniyatini beradi. Statusga ega kompaniya uz investorlari uchun 3 mln. Singapur dollaridan oshuvchi qiymatdagi investitsiya uchun Sertifikat chiqarish xukukiga ega. Bunday sertifikatlarga ega bolgan investorlar kimmatbaho qogozlar ishlatilishi mumkin bolgan muddat ichida investitsiyalardan keladigan har qanday yoqotishlarni soliqka tortiladigan uz daromadlari hisobidan ajratishlari mumkin. Koreya Respublikasida kichik biznesni moliyalashtirish tizimida Kafolatli kredit Fondi muhim orin tutadi. U hukumat va ixtisoslashtirilgan moliya idoralari mablaglari hisobidan tashkil etiladi. Fond kreditli kafolatlarni qarz evaziga xatto iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kichik va orta korxonalar uchun beradi. Agar qarz bank tashkiloti tomonidan kichik va orta korxonalarning asosiy fondlarini investitsiyalash uchun taqdim etilsa, bunda 150 mln. von.gacha bolgan qiymatdagi qarz avtomatik tarzda 70 % sugurtalanadi. Komission tolov hajmi-yillik 1 % (yirik korxonalar uchun-1,5 %)ni tashkil etadi. Download 182.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling