1–mavzu: kimyo fanining rivojlanish tarixi. Kimyoning asosiy tushunchalari reja


a) moddalar nihoyatda mayda zarrachalar — atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachalarga bo‗lina olmaydi


Download 38.09 Kb.
bet5/8
Sana11.03.2023
Hajmi38.09 Kb.
#1261479
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mavzu

a) moddalar nihoyatda mayda zarrachalar — atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachalarga bo‗lina olmaydi;
b) har qaysi kimyoviy element faqat o‗ziga xos «oddiy» atomlardan tuzilgan bo‗lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o‗ziga xos massa va o‗lchamga ega;
v) kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning «oddiy» atomlari o‗zaro aniq va o’zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil qiladi;
g) faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo‗lgan atomlargina o‗zaro birika oladi, bir elementning atomlari hech qachon o‗zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular bir-biridan itariladi.
Dalton atomistik ta‘limotga asoslanib, kimyoviy element tushunchasiga aniq ta‘rif berdi:
Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir.
Dalton ta‘limotida kamchiliklar borligi o‗sha vaqtdayok ma‘lum bo‗ldi. Birinchidan, oddiy moddalarning molekulalari real mavjud bo‗lishini inkor etdi. Ikkinchidan, murakkab moddalarning tuzilishini talqin qilishda bir elementning bir atomi ikkinchi elementning faqat bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. U holda suv HO, ammiak NH, etilen CH kabi formulalar bilan ifodalangan bo‗lar edi. Shuning uchun ba‘zi elementlarning atom massalari ikki xil qiymatli bo‗lib chiqdi. Demak, atom bo‗linishi mumkin deb faraz qilishga to‗g‗ri keladi, bu esa atom bo‗linmaydi degan fikrga ziddir.
Ko‗rinib turibdiki, atom-molekulyar ta‘limotning mohiyati chuqur ilmiy asoslanganligi sababli atomistik ta‘limotda yechilmagan masalalarni ham yoritib berilganligini ko‗rsatadi.
Stexiometrik qonunlar. Stexiometriya kimyoning reaksiyaga kirishayotgan moddalar orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko‗rib chiqiladigan bo‗limidir. «Stexiometriya» so‗zi grekchadan tarjima qilinganda «tarkibiy qism» va «o‗lchayman» degan ma‘nolarni anglatadi.
Stexiometriyaning asosini stexiometrik qonunlar: moddalar massasining saqlanish qonuni, ekvivalentlar qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni va Avagadro qonuni tashkil etadi.




  1. Download 38.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling