Yo‘l to‘shamasini ta’mirlashlar sxemasi
1-chang qatlami; 2‑o‘yiq; 3‑qoplama; 4‑asos; 5‑qo‘shimcha qatlam; 6‑o‘yiq ta’mirlash; 7‑ustki yuza ishlov berish; 8‑ko‘chaytiruvchi qatlam; 9‑yangi yo‘l to‘shamasi.
Yo‘lning transport-ekspluatatsion holatini baholash ishlari asosan kuzatuv asosida olib boriladi. Buning uchun turli xil ko‘riklar tashkil etiladi. Bu ko‘riklardan maqsad faqat yo‘l bo‘laklarining elementlari va holatini baholashgina emas, yillar davomida yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilishdan iborat.
Yig‘ilgan ma’lumotlar va tahlillar natijasida avtomobil yo‘llarni xavfsizligini oshirish, qayta qurish, ta’mirlash bo‘yicha ishlarni va ularning turlarini rejalashtirishda qo‘llaniladi.
Ta’mirlashlararo me’yoriy xizmat muddati – bu iqtisodiy samarali bo‘lgan davri bo‘lib, hisobiy xizmat muddatiga tengdir. Bunda umumiy keltirilgan yo‘l, transport va transportdan tashqari sarf-xarajatlarning eng kam miqdori ta’minlanadi.
Yo‘lning ta’mirlashlararo xizmat davrida bajariladigan ta’mirlash ishlari ekspluatatsiya jarayonida yo‘l to‘shamasining ishonchliligi, mustaxkamligi, qoplama ravonligi hisobiy tezliklar me’yoriy talablarga javob bermaganda amalga oshiriladi.
Ta’mirlashlararo me’yoriy xizmat muddati respublikamizning hududiy sharoitlarini hisobga olgan holda MQN 41-2008 “Nobikr yo‘l to‘shama, qoplama va sirtqi ishlov qatlamlarining ta’mirlashlararo xizmat muddatlarining sohaviy me’yorlari”da keltirilgan.
Qoplamaning ta’mirlashlararo xizmati muddati – bu davr maboynida, qoplamaning tishlashish sifati etarli qiymatlar chegarasigacha pasayishi ro‘y beradi.
yo‘l qoplamasini ta’mirlash bo‘yicha ishlar ravonlikni, tishlashish sifatini yaxshilashga, harakat tezligini, xavfsizligini, o‘tkazuvchanlik qobiliyatini va yo‘l to‘shamasining xizmat muddatini oshishiga olib keladi.
yo‘l to‘shamasini ta’mirlash bo‘yicha ishlar yo‘lning barcha asosiy iste’mol xususiyatlarini oshiradi yoki qayta tiklaydi, shu bilan birga yo‘l to‘shamasini xizmat muddatini va o‘qqa tushadigan yuklarga nisbatan chidamliligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |