1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari


asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta


Download 67.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana27.10.2023
Hajmi67.23 Kb.
#1726371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Moliy
asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta 
taqsimlash yuz beradigan bozordir.


Kapital bozori o‘zida uzoq muddatli kapital va qarz majburiyatlari 
to‘planadigan va muomalada bo‘ladigan bozordir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
kapital bozori moliya bozorining asosiy turi bo‘lib, uning yordamida biznes 
sub’ektlari va hukumatlar o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish manbalarini topishlari 
mumkin. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, moliya bozorining muhim tarkibiy qismi 
hisoblangan kapital bozorida qoplash muddati bir yildan ortiq bo‘lgan mablag‘lar, 
vositalar muomalada bo‘ladi.
Moliy bozorining iqtisodiy mohiyati uning funksiyalarida ham namoyon 
bo‘ladi (1.1-jadval).
1.1-jadval
Kapital bozorining funksiyalari 
Maxsus funksiyalari  
Umumbozor funksiyalari  
1. Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash;
2. Mulkdorlikni hisobga olish;
3. Kapital konsentratsiya;
4. Takror ishlab chiqarishni moliyaviy 
ta’minlash.
1. Narx shakllanishi;
2. Bozor vositachiligi;
3. Tranzaksiya xarajatlarini optimallashtirish;
4. Axborot bilan ta’minlash.
Yuqoridagi jadvalda qator funksiyalar keltirilganligiga qaramasdan, kapital 
bozorining muhim mezonlari bozor ishtirokchilari o‘rtasida kapitalni qayta 
taqsimlash va kapitalni jamg‘armadan investitsiyaga transformatsiya qilish 
funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.
Moliya bozori kapital bozori va pul bozoriga bo‘linsa, kapital bozori o‘z navbatida 
ssuda kapitali bozori va ulush munosabatli qimmatli qog‘ozlar bozoriga bo‘linadi. 
Bunda ssuda kapitali bozorining bank kreditlari bozori va qarz qimmatli qog‘ozlari 
bozori turlari ajratib ko‘rsatiladi. Keltirilgan jihatlar asosida kapital bozorining 
segmentlarini quyidagicha tavsiflash mumkin (1.2-jadval)

Download 67.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling