1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari


 Zamonaviy global iqtisodiyotda kapital bozorining roli


Download 67.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana27.10.2023
Hajmi67.23 Kb.
#1726371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari

2. Zamonaviy global iqtisodiyotda kapital bozorining roli  
Kapital bozori allaqachon jahon iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylanib 
ulgurgan. Jahon iqtisodiyoti va kapital bozori rivojlanish darajasi o‘rtasida uzviy 
bog‘liqlik mavjud. Hozirgi vaqtda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
hayotida moliyaning ahamiyati jahon yalpi ichki mahsulotini yaratishda moliyaviy 
sektorning rolini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar doirasidan ancha uzoqlashgan. Iqtisodiy 


doiraviy aylanish natijasida moliyaviy kapital real kapitalga aylanadi. Pul va 
qimmatli qog‘ozlar (moliyaviy aktivlar) asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalar 
tarzida muomalada bo‘ladi. Moliya tizimi, uning barcha sektorlari va segmentlari – 
uy xo‘jaligi, korporativ va davlat moliyasi, moliya va valyuta-kredit munosabatlari 
tizimining samarali ishlashi ham milliy, ham xalqaro darajada investitsion jarayonlar 
hamda yaxlit jahon iqtisodiyoti rivoji dinamikasi va faolligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Oxirgi yillarda jahon miqyosida jami kapital qo‘yilmalar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalar) hajmi jahon YaIMning 25 foizidan ortiqni tashkil yetmoqda. Bunda 
ularning bir qismi turli darajadagi moliya tizimlari orqali amalga oshirilmoqda.
Hozirda xalqaro moliya va xalqaro moliya bozori sohalaridagi vaziyat real 
iqtisodiyot rivojiga oldingi davrlarga nisbatan solishtirganda bir muncha kuchliroq 
ta’sir ko‘rsatmoqda. O’z navbatida moddiy ishlab chiqarishdagi holat ko‘p jihatdan 
jahonda moliyaviy rivojlanishni belgilab bermoqda.
XXI asrning o‘tgan yillari mobaynida jahon iqtisodiyotida sezilarli o‘zgarishlar yuz 
berdi. Muhim tendensiyalardan biri shubhasiz moliyaning roli oshganligi bilan 
izohlanadi. Bu jarayon zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion rivojlanishning 
jadallashuvi va uning globallashuvi jarayoni bilan uzviy tarzda yuz berdi. 
Innovatsiyalar jahonda moliya sohasidagi jarayonlarga sifat jihatdan ta’sir 
ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘z navbatida globallashuvga yesa son jihatdan o‘z ta’sirini 
ko‘rsatdi. Bunda moliyaviy innovatsiyalar sektorining rivojlanishi, yangi moliyaviy 
mahsulotlar va moliyaviy institutlarning paydo bo‘lishi alohida ahamiyat kasb yetdi. 
Xalqaro moliya bozorining son va sifat jihatdan rivojlanishi xalqaro iqtisodiy 
aloqalarning ko‘lami, dinamikasi va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ular o‘z 
navbatida deyarli barcha mamlakatlar moliyaviy – monetar, budjet-fiskal 
siyosatlariga, iqtisodiy yo‘nalishlarigaga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada moliyaning 
global tavsifi va milliy darajada tartibga solinishi tavsifi o‘rtasidagi qarama-
qarshilikning oldini olish ham talab qilindi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida moliyaning ahamiyati o‘sishi umumishlab chiqarish 
modifikatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Bunda rivojlangan va rivojlanayotgan 
davlatlar iqtisodiyoti tarmoqlarida chuqur murakkab o‘zgarishlar yuz berishi ham 
kuzatildi. Ayniqsa moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi nisbatning 
jiddiy o‘zgarishi xizmatlar sohasi rivoji natijasida yuz berdi. Bunda xizmatlar va 
savdo munosabatlari sohalarining ulushi jahon iqtisodiyotida 68 foizgacha o‘sdi.
Ayniqsa xizmatlar sohasida global tarkibiy o‘zgarishlarda marketing, reklama, 
menejment, lizing, shuningdek informatsion-kompyuter, telekommunikatsiya, 
konsalting, buxgalteriya va auditorlik xizmatlarida yuqori o‘sish kuzatildi. Inson 
kapitaliga investitsiyalar yuqori sur’atlarda o‘sdi. Natijada intellektual sohalar 
tarmoqlari – ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, kasbiy layoqatni oshirish, zamonaviy 
texnologiyalar, intellektual aktivlar (patentlar, mualliflik huquqlari, nou-xaular)ni 
qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati oshib bordi.
Jahon iqtisodiyotidagi tarmoq jihatdan muhim o‘zgarishlardan biri moliyaviy 
xizmatlar ko‘lamining kengayishidir. Natijada iqtisodiy adabiyotlarda 

Download 67.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling