1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari
Download 67.23 Kb. Pdf ko'rish
|
1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari
moliyalashuv atamasi paydo bo‘ldi. Bu atamaning mohiyatini iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlariga nisbatan moliyaning keskin yuqori sur’atlardagi rivoji, moliya- kredit sohalarining jadallik bilan kengayib borishi hamda moliya bozorining rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv turli shakllarda yuz berdi. XXI asrning o‘tgan yillari mobaynida moliyaviy sektorda yaratilgan qo‘shilgan qiymatning jahon bo‘yicha yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1,2 – 2 baravargacha o‘sganligini qayd yetish lozim. Aynan shu ko‘rsatkichning o‘zi ham moliyaviy xizmatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini ko‘rsatib turibdi. Oxirgi o‘n yilliklarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda moliya institutlari foyda olish bo‘yicha boshqa sohalarni ancha ortda qoldirmoqda. Bu jihat umumiy daromadlar hajmida moliyaviy sektor ulushining oshishi ro‘y berganligini o‘zida ifodalaydi. Moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari orqali taqsimlanadigan milliy daromad ulushi bugungi kunda 35-50 foizni tashkil yetmoqda. Iqtisodiyotning moliyaviy chuqurlashib borishi bu iqtisodiyotning moliyaviy mablag‘larga to‘yinishini anglatadi. Bunda moliyaviy munosabatlar va institutlar murakkab moliyaviy instrumentlar vositasida iqtisodiyotning har bir bo‘g‘iniga kirib borishi tushuniladi. Iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan chuqurlashuvi global moliyaviy aktivlarning jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan foizlarda o‘lchanadi. Global moliyaviy aktivlar chiqarilgan korporativ, munitsipal va davlat qarz qimmatli qog‘ozlari, birja savdolariga qo‘yilgan kompaniyalar aksiyalari, bank aktivlari (depozitlari) kabilarni o‘z ichiga oladi. Oxirgi o‘n yilliklardagi yeng asosiy tendensiya global moliyaviy aktivlar hajmining o‘sishi va jahon iqtisodiyotidagi moliyaviy chuqurlashuvdir. 2015 yilda global moliyaviy aktivlar hajmi jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan 392 foizga yetdi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2011-2014 yillar mobaynida 700 million kishi bankda yoki boshqa moliya institutlarida birinchi marta o‘z hisobraqamlarini ochgan. Bank hisobraqamiga yega yosh aholi ulushi 51 foizdan 62 foizgacha oshgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichning o‘sishi asosan rivojlanayotgan davlatlar hisobiga yuz bergan. Bunda moliyaviy texnologiyalar, xususan mobil bank xizmatlari rivojlanishi muhim rol o‘ynagan. Jahon iqtisodiyotida moliyalashuv chuqurlashuvi bilan birga kengayib ham bormoqda. Natijada moliyaviy globallashuv ham yuz berib ulgurdi. Bunda milliy moliya tizimlarining xalqaro moliya bozoridagi faollashuvi o‘ziga xos ahamiyat kasb yetmoqda. Global moliya bozorining hajmi jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan 9 baravar yuqori ekanligi moliyaviy globalluv darajasini o‘zida ko‘rsatib turibdi. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni tashkil yetishga xizmat qiluvchi me’yoriy- huquqiy bazaning yaratilishi moliyaviy globallashuvga asosiy zamin bo‘lib xizmat qildi. XIX asrda xalqaro iqtisodiy aloqalarning har bir ishtirokchi davlati yeksport- import operatsiyalari bo‘yicha tashqi savdo tariflarini va tarifsiz cheklovlarni mustaqil tarzda belgilagan. XX asrning birinchi yarmida Millatlar ligasi (bu tashkilot o‘z faoliyatini 1946 yilda tugatgan) tashqi savdo va valyuta kursini birgalikda tartibga solish to‘g‘risidagi davlatlararo kelishuvni ishlab chiqqan yedi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng yangi tashkil yetilgan Birlashgan millatlar tashkiloti o‘z tarkibiga quyidagi ixtisoslashgan moliyaviy-iqtisodiy institutlarni kiritdi: - Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (hozirgi vaqtda Jahon savdo tashkiloti); - Xalqaro valyuta fondi; - Jahon banki guruhi Oxirgi yillarda gloyual savdo-investitsion strategik alyanslar faol tarzda shakllantirilmoqda. Ular qatoriga Transatlantik hamkorlik doirasidagi Transatlantika savdo-investitsion hamkorligi, shuningdek Trans-Tinch okeani hamkorligi kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy globallashuvning huquqiy asoslarini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Nazorat savollari 1. Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati nima? 2. Kapital bozorining tasniflanishi. 3. Kapital bozorining o’ziga xos xususiyatlari. 4. Kapital bozori prinsiplari. 5. Kapital bozori segmentlari nimalardan iborat? 6. Zamonaviy global iqtisodiyotda kapital bozorining roli. 7. Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv shakllari. Download 67.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling