1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Morfologiya haqida umumiy ma’lumot


Download 224.54 Kb.
bet11/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

13.Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. “ Morfologiya” bo‘yicha aytilgan barcha fikr, qarashni ham hisobga olgan xolda talqin qilindi.
… So‘z nutqning eng asosiy birliklaridandir, chunki insonlarning o‘zaro aloqa-aralashuvida, fikrlashuvida eng muhim vazifani gap va so‘z bajaradi. Grammatika so‘zning strukturasini, sostavini-morfemalarini, so‘zning turkumlarga bo‘linishini, so‘zlarning bog‘lanishini tekshiradi.
Morfologiya so‘zlarning nutqda o‘zgarish qoidalarini belgilaydi. Morfologiyada so‘z formasini hosil qilish qoidalari va so‘z yasash qoidalari o‘rganiladi: shuningdek morfologiya so‘zlarning malum belgilar asosida gruppalarga-turkumlarga bo‘linishini ham tekshiradi.
Morfologiya grammatikaning bir qismidir. Tilning qurilishi-so‘zning tuzilishi va gapning tuzilishi haqidagi bu fan-grammatika kishilarning fikr almashinuvida , o‘z fikrlarini bayon qilishlarida juda katta ahamiyatga egadir; har bir tildagi so‘zlarning yig‘indisi- lug‘at sostavi til uchun qurilish materialidir. Morfologiya bilan sintaksis grammatikaning o‘zaro bog‘langan, teng huquqli, mustaqil qismlaridir.


14.Ot va uning ichki kategoriyalari. Ma’lumki, ot predmet va predmetlik tushunchasini ifodalaydigan soʻz turkumi boʻlib, u grammatik son, kelishik va egalik kategoriyalariga ega boʻladi.
Grammatik son kategoriyasi. Eski oʻzbek tilida ham hozirgi oʻzbek tilidagidek, birlik son soʻz negiziga muvofiq keladi. Koʻplik esa maxsus grammatik koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Eski oʻzbek tilida koʻplik ma’nosini quyidagi qoʻshimchalar ifodalagan:
-lar\\-lәr. Bu qoʻshimchaning qoʻllanishi hozirgi oʻzbek tilidagidek, keng boʻlgan: Ul kennddagi kishilәr kelib turur (QR). Tashlarnы tamam bu tagʻdыn eltoʻrlәr (BN).
Bu qoʻshimcha eski oʻzbek tilida ham ayrim holat va mavhum tushunchani bildiruvchi otlarga qoʻshilganda koʻplikni emas, balki kuchaytirish, ta’kidlash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Anың dushmanlarы kөp qaygʻular taptы (OʻN).Ahmad Yusuf beg ыztыrablar qыlыb aytadur kim... (BN).
Shu bilan birga, bu qoʻshimcha hurmat ma’nosida ham qoʻllangan: Atalarы ezgү kishi erdi (Taf.). Qabrlarы Balxdadur (MN).
-at\\-әt. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilda bu qoʻshimcha -t variantida (qыyыn (azob)- qыyыt (azoblar)) qoʻllanib, koʻplik va jamlik ma’nolarini ifodalagan. Eski oʻzbek tili yodnomalarida, xususan, «Bobirnoma»da bu qoʻshimcha –at\\-әt tarzida qoʻllanib, xuddi shu ma’nolarni ifodalagan: Mahallat, begәt, tumanat, bөlүkәt, bagʻat.
SHuni aytish kerakki, qadimgi turkiy tilda ogʻlan, erәn soʻzlarida uchraydigan koʻplik ma’nosi eski oʻzbek tilida koʻplik ma’nosida emas, balki birlik ma’nosida qoʻllangan: Yыgʻыңыz beglәrү ogʻlanlarnы (SHB).Erәnlәr ayturlar (Taf.).
Ma’lumki, hozirgi oʻzbek tili leksikasida arab soʻzlari ma’lum oʻrin tutadi. Bu hol eski oʻzbek adabiy tilida kuchliroq boʻlgan. Shu munosabat bilan koʻplik shaklida oʻzlashtirilgan soʻzlar koʻplik ma’nosida qoʻllangan: shuarā (shoirlar), ulama (olimlar), salātыn (sultanlar). Ayrim hollarda bunday soʻzlar birlik ma’nosida oʻqilib, ularga –lar\\-lәr qoʻshimchasi qoʻshilavergan: Yolda ajayыblar kөrdilәr (QR). Burungʻы shuarā va akābirlar zaylыda mazkur bolgʻaylar (MN).

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling