1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet12/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

Egalik kategoriyasi. Predmet va predmetlik tushunchasining nutqdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini bildiruvchi qoʻshimchalar jami egalik kategoriyasini tashkil etadi. Egalik qushimchalari negizning til oldi va til orqa xususiyatiga hamda negizda lablangan unlilarning qatnashishiga qarab, turli fonetik koʻrinishlarda qoʻllangan:
-m qoʻshimchasi. Unli bilan tugagan har qanday negizga qoʻshila oladi: atam, oʻkoʻm.
-ыm qoʻshimchasi. Undosh bilan tugagan til orqa unlilari mavjud negizlarga qoʻshiladi: Furqqqatыңdыn za’farān uzra tөkoʻrmen lalalar \\ Lalalar ermәski bagʻrыmdыn erүr pargalalar (Nav.).
-im qoʻshimchasi. Undosh bilan tugagan til oldi unlilari mavjud negizlarga qoʻshiladi: Mehrim otыn hushu sabru aqlu his yashurmadы \\ Mehri lamie’ tөrt burqa’ keynidin pыnhan emәs.
-үm qoʻshimchasi. Undosh bilan tugagan va til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qushiladi: Ul labi unabgun kөnlүmgә ekkәn tuxmы mehr \\ Kөnlүm ichrә yashurun durdanadek unab ara.
-um qoʻshimchasi. Undosh bilan tugagan til orqa lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qoʻshiladi: Bolmadыm umrumda bir dam xatыrы xurram bilә \\ Gar ilikdin kelsә bir damni kechүrmaң gʻam bilә.
I shaxs koʻpligi, II shaxs birlik va koʻpligida ham yuqoridagi qoida oʻz kuchini saqlaydi. I shaxs koʻpligida egalik qoʻshimchalari –mыz\\ -miz,-ыmыz\\ -imiz, -umыz\\ umiz va –umuz\\ -umuz tarzida; II shaxs koʻpligida –ңыz\\-ңiz, -ыңыz\\-iңiz,-uңыz\\-uңiz,-uңuz\\-uңuz tarzida; III shaxs birlik va koʻpligida – sы\\-si (unlilardan soʻng), -ы\\-i (undoshlardan soʻng) qoʻshimchalari qoʻshiladi.
Kelishik kategoriyasi

Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan soʻzning fe’lga, ba’zan boshqa soʻz turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski oʻzbek tilida hozirgi oʻzbek tilidagidek, 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlari uchun xarakterli boʻlgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma’lum darajada qoʻllangan. XV asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qoʻllanishi ancha chegaralangan boʻlib, oʻzining grammatik xususiyatini yoʻqotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste’moldan chiqqan. Shu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qoʻllangan soʻzlar ravish kategoriyasiga oʻtgan yoki oʻtish jarayonida boʻlib, payt, holat kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: Āh urub, faryād etәr-men sensizin \\ bu vujudыmdыn qalыbtur yalgʻuz үn (Lutfiy). Bolsa jannatda Atāyi sensizin, qыlgʻay fыgʻān (Atoiy).



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling