1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet20/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

Oʻrin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi:
-da/-dә jarangli undosh va unli bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: Qaygʻuda za’if boldы (QR). Yүzүңdә nurы tajallы, labыңda javhari ruh (Lutfiy).
-ta/-toʻ jarangsiz undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: Bu ishtoʻ ixtыyarыm yoq turur (Atoiy). Tanыmaqta moʻgәr yanыlmыsh-sen (Navoiy).
Oʻrin-payt kelishigining –ta/-tә affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da/-dә affiksi qoʻshila bergan.
Chiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud:
-dыn/-din unli va jarangli undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: Charx qasrыdыn quyash har kүn tүshoʻr ālamarā (Navoiy). Andыjannың nәshbәtisidin yaxshыraq noʻshboʻti bolmas (BN).
-tыn/-tin jarangsiz undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: Sen bashtыn ayaq jan-sen (Muhabbatnoma), lekin jarangsiz undoshlar tugagan soʻz negizlariga ham –dыn/-din affiksi qoʻshila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan soʻzlarga ham –tin \\ -tыn affiksining qoʻshilishi qayd qilinadi: Xojandtыn Axsыgʻa kelүr (Bobir).
-dan/-dәn//-tan/-toʻn. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakulьtativ xarakterdadir: Uch kundin sөң zindandan chыqardыlar (QR).
CHiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid –dun/-dүn//-tun/-tүn affikslari soʻzning oxirgi boʻgʻinlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qoʻshiladi. Eski oʻzbek tilida bu affikslar faqat «Oʻgʻuznoma»da uchraydi: Qыrq kundun sөң, kөp toqushgʻudun sөң, anuң kөzү kөktүn kөkrәk yerdi.
Til tarixi faktlari shuni koʻrsatadiki, chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan boʻlib, uning oʻrnini ma’lum davrlarda oʻrin-payt kelishigi bajargan. Garchand bu xususiyat qadimgi turkiy tilga xos boʻlsa ham, eski oʻzbek adabiy tilida chiqish kelishigi ma’nosida oʻrin-payt kelishigi formasi qoʻllangan: Bashыnы uch yerdә yardыlar(Tafsir). Bu ishlәrdә birini qqыlsaңыz (QR).

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling