1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Turkiy soʻzlardagi ikkilamchi choʻziqlik masalasi


Download 224.54 Kb.
bet10/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

11.Turkiy soʻzlardagi ikkilamchi choʻziqlik masalasi.
Turkiy tillarda unlilar cho‘ziqligi ikki xil ko‘rinishda amal qiladi: “birlamchi” hamda “ikkilamchi” cho‘ziqlik. “Ikkilamchi” cho‘ziqlik keyingi hodisa bo‘lib, tovush o‘zgarishi, ko‘proq, so‘zdagi undoshning tushishi natijasida yuzaga keladi. Masalan: bigiz>biiz, šahar>šaar, oğul>uul singari. “Ikkilamchi” cho‘ziqlik shevalarda, og‘zaki nutqda teztez kuzatiladi.
12.Unlilarning choʻziqligi haqida. Oʻzbek tili tarixida choʻziq unlilar haqida soʻz yuritilganda, uch masalani farqlash lozim:
1.Arab va fors tillaridan eski oʻzbek tiliga kirib kelgan soʻzlarda choʻziq va qisqa unlilarning oʻzaro munosabati.

  1. Turkiy soʻzlardagi unlilarda birlamchi choʻziqlik.

  2. Turkiy soʻzlardagi ikkilamchi choʻziqlik.

Arab va fors tillarida unlilar ikki xil – qisqa va choʻziq boʻladi. Bu tillardagi choʻziq-qisqalikning farqi mustaqil fonologik farq boʻlib, choʻziq va qisqa unliar alohida fonemalarni tashkil etadi. Lekin bu tillarda unlilarning qattiq-yumshoqligi farqlanmaydi.
Oʻzbek tiliga arabcha va forscha soʻzlar kirib kela boshlashi bilan bu soʻzlarda choʻziq va qisqa unlilarning ma’no farqlash vazifasi ham kirib keldi: ādām- odam; adam-yoʻqlik; a va ā bilan eski oʻzbek tilida mavhum otlarning birlik va koʻplik formalari farqlanadi: adab-adab, ādāb-odoblar.
Turkiy soʻzlardagi birlamchi choʻziqlik masalasi juda murakkabdir. Olimlar taxminiga koʻra juda qadimgi yozma yodgorliklari bizgacha yetib kelmagan davrlarda (umumturkiy tilda)- turkiy soʻzlarda choʻziq va qisqa unlilar farqlangan. Eski turkiy hamda eski oʻzbek tilida choʻziq va qisqa unlilarning farqlanishi, ularning fonologik ahamiyati haqida qarama-qarshi ma’lumotga egamiz. Mahmud Qoshgʻariy, Tole’ Hiraviy, Mirza Mahdiyxon va boshqa tilshunoslar choʻziq a, ba’zan choʻziq i unlisi haqida yozadilar. Mahmud Koshgʻariy a unlili soʻzlarni ikki alif bilan keltirgan.
Mahmud Koshgʻariy turkiy soʻzlarning unli tovushlarini tavsiflab shunday yozadi: «Unlilarni choʻziq yoki qisqartirib talaffuz qilish soʻzga zarar bermaydi» (MQ, I, 385). «Devon»ning boshqa bir joyida yana ham aniqroq qilib yozadi: yыgʻāch deyish ham mumkin, yыgʻach deyish ham mumkin, tānuq deyish ham, tanuq deyish ham mumkin. (MQ, II, 45). Mahmud Qoshgʻariyning bu soʻzlaridan bitta xulosa chiqarish mumkin: XI asr adabiy tilida choʻziq unlilar shu davr urugʻ-qabila tillarida bir xil boʻlmagan, ya’ni u ayrim urugʻ-qabila tillari (shevalari)da mavjud boʻlgan va ayrimlarida esa qoʻllanmagan. Ma’lumki, bu holat hozirgi oʻzbek tilida ham shunday holatdadir. Birlamchi choʻziq unlilar hozirgi oʻzbek tilining Iqon, Qorbuloq, Forish kabi shevalarida saqlanib qolgan, boshqa shevalarda esa qoʻllanmaydi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi turkiy tilning barcha shevalarida birlamchi choʻziqlik umumtil xarakteriga ega boʻlmagan.
Alisher Navoiy eski oʻzbek tilining fonetik imkoniyatlari, she’r tuzish va qofiyalashdagi qulayliklari haqida toʻxtalib, bu tildagi unlilarning qisqa ham, choʻziq ham talaffuz etilishi she’riyat uchun qulay ekanini ta’kidlaydi. Buyuk mutafakkir, jumladan, ara soʻzini ara sifatida talaffuz etib, forscha sara, dara soʻzlari bilan ham, arā sifatida talaffuz qilib, choʻziq unlili forscha sarā, darā soʻzlari bilan ham qofiyalash mumkinligini uqtiradi (ML, 114). Alisher Navoiyning bergan ma’lumotlaridan ham qat’iy xulosa chiqarish mumkin: turkiy soʻzlarda choʻziq-qisqalik fonologik vazifani bajarmagan.
Eski oʻzbek tilidagi keyingi choʻziqlik soʻzning oʻrtasi va oxirida g, gʻ, y, h tovushlarining tushib qolishi natijasida hosil boʻlgan: bi:z-bigiz; ki:z-kigiz; qы:n-qiyin. Alisher Navoiy biz-biz (kishilik olmoshi) va bi:z-bigiz soʻzlarini zid qoʻyar ekan, mana shu keyingi choʻziqlik haqida ma’lumot beradi(ML,114).
Unlilar uygʻunligi (singarmonizm grekcha sin - oʻxshash, harmoni - ohang) turkiy tillarning muhim fonetik xususiyatlaridandir. Unlilar uygʻunligi deb, soʻzning oʻzak va qoʻshimchalaridagi tovushlarning oʻzaro moslashishi, uygʻunlashishi, bir-biriga oʻxshash boʻlishiga aytiladi.
Unlilar uygʻunligi tanglay(palatal-velyar) va lab(labial) kabi ikki turga boʻlinadi.
Tanglay uygʻunligi. Soʻzning oʻzagida orqa qator (a,ы,o,u,a) unli boʻlsa, qoʻshimchada ham orqa qator unli, soʻzning oʻzagida old qator unli (oʻ,e,i,ү,ө,) kelsa, qoʻshimchada ham old qator unli kelishi tanglay uygʻunligi deyiladi.Misollar: atnың, kelgәn,bargʻan,ishlәr.
Eski turkiy va eski oʻzbek tillaridagi tanglay uygʻunligining oʻrta asr tilshunoslari tomonidan talqini ham diqqatga sazovordir. Mahmud Koshgʻariy turkiy soʻzlarni ikki guruhga q,gʻ li qattiq oʻzakli soʻzlar, k,g li yumshoq oʻzakli soʻzlarga boʻladi.
Lab uygʻunligi. Soʻzning oʻzagida lablangan o,ө,u,ү unlilardan biri kelsa, qoʻshimchadagi unli tovushning ham oʻzakdagi unli tovushga moslashib lablanishiga lab uygʻunligi deyiladi. Tanglay uygʻunligidan farqli oʻlaroq, lab uygʻunligi keng tarqalmagan. Misollar: qolum, kөzүm, yүzүm, tushtum.
Singarmonizm qisman undoshlarga ham aloqadordir. Old va orqa qator unlilarninguygʻunlashib kelishi soʻzlardagi undoshlar variantini tanlashga olib keladi. Masalan, boshlagʻan, kelgәn soʻzlaridagi sifatdosh qoʻshimchasining va g undoshlarda qatnashishi unlilar uygʻunligi tufaylidir. Bu, ayni zamonda, affikslarningvariantlarini koʻpaytirishga xizmat qiladi (Bu haqda morfologiya qismida bahs qilinadi).

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling