1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Belgining ortiqligi va kuchliligi formalari qanday hosil qilinadi?


Download 224.54 Kb.
bet36/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

33.Belgining ortiqligi va kuchliligi formalari qanday hosil qilinadi?
Hozirgi va oʻtmish lingvistik adabiyotlarda sifatning oddiy, qiyosiy va orttirma darajalari haqida fikr yuritib kelingan va unda rus tili qolipidan kelib chiqilgan. Oʻzbek tilidagi sifatlar esa bu qolipga tushmaydi, balki oddiy daraja, belgining kamligi darajasi va belgining ortiqligi – kuchaytiruv darajasini farqlash imkoniyatini beradi.
Oddiy daraja. Boshqa darajalarning hosil boʻlishi uchun negiz vazifasini bajaradi va belgi neytral darajada boʻladi. Bu shakl “nolь” shakl boʻlib, unda affiks qatnashmaydi.
Belgining kamligi esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi:
-raq/-rәk.
Kim ki ulugʻraq, aңa xыdmat kerәk
Ul ki kichikrәk, aңa shafqat kerәk.
(Xamsa).
-mtul. Qыzыmtul, qaramtul, yashыmtul (Maboinul-lugʻat).
Belgining kamligi darajasida sifatga xos boʻlgan asosiy belgining kamligini bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman mavjudligini anglatadi.
Belgining ortiqligi va kuchliligi darajasi. Bu daraja sifatlarni toʻliq va toʻliqsiz takrorlash hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali hosil qilinadi.
Toʻla takror: Meңizlәri gүl-gүl, qabagʻlarы keң-keң (Navoiy). Ba’zan bunday sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va ma’noning yanada kuchaytirilishiga xizmat qiladi: Zāhirim avqātы yamandыn-yaman (Navoiy).
Toʻliqsiz takror. Bunda birinchi boʻgʻin p, m undoshlari ishtirokida takrorlanadi: ap-achыgʻ, ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yoʻm-yoʻshil (Navoiy ML.).
Sifat oldidan ravish soʻzlari keltiriladi: Bagʻayat biyik kishi (Navoiy), asru keң (Bobir).
Ta’kidlash zarurki, -raq/-rәk affiksli shakllarda qiyos ma’nosi yoʻq emas, balki belgining kamligi ma’nosi bosh ma’nodir.



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling