1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet44/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

Nechә. Bu olmosh ne+chagʻ soʻzlaridan soddalashgan. Miqdorni soʻrash uchun qoʻllanadi: Nechә yыl ranju mehnat sendin artuq (Navoiy). Bu olmosh III shaxs egalik affiksini va barcha kelishik affikslarini qabul qilgan.
Negә. Joʻnalish kelishigi affiksi orqali shakllangan va sabab ma’nosiga ega: Bir kishi jānы үchүn yүz mың jān negә āzurda qыlur (SHN).
Bu olmoshning neyoʻ, noʻgү, nagʻu variantlari ham qoʻllangan: yemdi biz keңoʻsh qыlalыm, noʻgү savāb kelүr, kөroʻlim (Taf.). Nagʻu barur-sen (Lutfiy).
Nechә olmoshining noʻtoʻ varianti ham qoʻllangan: Netoʻ mahram ayladың (Muqimiy).
Qa(y) olmoshi (qadimgi turkiy tilda qan) mustaqil qoʻllangan va belgi ma’nosiga ega boʻlgan: Qay birikim bar erdi (Navoiy).
Qa(y) olmoshi negizida quyidagi soʻroq olmoshlarining modal ma’nolari hosil qilinadi:
Qayu. Bu olmosh tarkibidagi –u formanti –i/-ы egalik affiksining variantidir: Qayu xushdil, qayu mahzun boldы// Qayu Laylā, qayu Majnun boldы (SHN).
Qaysы. –sы formanti III shaxs egalik affiksidir: Qaysы nāmurad yeliң sabr yetoʻgigә urdakim murād tapmay (Navoiy). Bu olmosh koʻplik, egalik affikslarini qabul qilgan.
Qayu, qaysы olmoshlari belgini ajratib, ta’kidlab soʻrash ma’nosini anglatadi.
Qayda (qanda), qaydыn, qayan, qanы. Bu olmoshlar oʻrin bilan bogʻliq boʻlgan soʻroqni bildirgan. Qayda, qaydыn tarkibidagi kelishik affikslari negizda kristallashgan. Qayan soʻzidagi yan oʻrin oti, qanы soʻzidagi –ы esa egalik affiksidir: Desәңkim, qayda-sen, oyo Atāiy (Atoiy). Men dedimkim, sizlәr qaydыn kelә-siz (Boburnoma). Yana darugʻadыn qayan qachыb bargʻanыm kishi bilmәs (Boburnoma).
Qancha. Bu olmosh qay(n)+cha (chagʻ, cha) qismlardan iborat boʻlib, dastlab payt ma’nosini, keyinchalik miqdor ma’nosiga koʻchgan: Qancha sәksәn shuncha yыlqыm... (Muqimiy). Bu soʻroq olmoshi oʻrnida chand, chandān soʻzlari ham qoʻllangan.
Qachan. Bu soʻroq olmoshi qay+chagʻ+ыn (qay vaqt bilan) soʻzidan soddalashgan va payt ma’nosiga ega: Qachan bolgʻayki tapqay-men xabar yār-u diyārыmdыn (Furqat). Qancha, qachan olmoshlari ba’zan kelishiklar bilan turlangan.
Belgilash olmoshlari. Aksariyat adabiyotlarda bunday olmoshlar birgaolik, birgalik-belgilash olmoshlari deb yuritilgan.
Eski oʻzbek tilida ikki guruh belgilash olmoshlari qoʻllangan:

  1. Yakkalikni koʻrsatuvchi belgilash olmoshlari.

  2. Toʻdani, guruhni koʻrsatuvchi belgilash olmoshlari.

Yakkalikni ajratib koʻrsatuvchi belgilashьolmoshlariga har va uning ishtirokida hosil qilinganolmoshlar hamda eski oʻzbek tilining dastlabki davrida faol qoʻllangan, lekin XV asrdan keyin passiv qatlamga oʻtib ketgan tekmә olmoshi taalluqlidir.
Toʻdani, jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshlariga arxaik qamuq// qamugʻ, turkiy qatlamga xos boʻlgan barcha, barы, barlыq, fors va arab tillariga xos boʻlgan ba’zы, hama (hamma), tamām, jumla, jam’, majmu’ olmoshlari taalluqlidir.
Har olmoshi fors tilidan oʻzlashgan va eski turkiy tilda XI-XII asrlardan boshlab qoʻllana boshlagan hamda eski oʻzbek tilida uning keng qoʻllanishi boshlangan: Har yыl anы xazāna qыlgʻaylar (Navoiy). Soʻroq olmoshlari bilan birga kelib murakkab belgilash olmoshlarini hosil qilgan: har kim, har qayan, har nimә, har qaysы, har nechә, har nechүk, har qachan, har qayda, har ne.

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling