1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Olmoshning ma’no turlari-37


Download 224.54 Kb.
bet46/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

38.Olmoshning ma’no turlari-37
39.Olmoshning oʻziga xos xususiuyatlari-37
40.Kishilik olmoshlari.
Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari leksik-semantik jihatdan ma’lum soʻz kategoriyasidir, hamda grammatik xususiyatlarga koʻra, turli affikslar bilan ifodalangan, kishilik olmoshlarining ba’zi fonetik variantlarini hisobga olmaganda, koʻpchilik qismi hozirgi oʻzbek tilida foydalanilmoqda.
Kishilik olmoshlarining I shaxs birligi: men.
Koʻpchilik yozma manbalarda men olmoshi mimu yo-yu nun orqali yozilgan, XVII —XIX asrlarga oid ba’zi yozma obidalarda mim-u nun bilan ifodalangan. Men olmoshining har ikki yozuv formasi tarkibida old qator oʻrta keng e tovushi qoʻllangan:
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda ba’zan tarixiy-dialektal hodisa sifatida men olmoshining ben formasi iste’mol etilgan.
Yodgorliklarda men olmoshi funksiyasini boshqa soʻzlar ham bajargan. Banda va bu banda formalari Alisher Navoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Maxmur asarlarida qoʻllanib, tinglovchiga nisbatan kamtarlik ma’nosida foydalanilgan: Banda shafaq-tek qan yыgʻlab ke... (Yaqiniy). B a nd a ul vaqtda Buxarada edim (SHN). Banda bayan gәr qыlsam (Maxmur).
Faqыr va bu faqыr soʻzlari Navoiy, Abulgʻozi Bahodirxon, Ogahiy, Muqimiy asarlarida qoʻllangan: F a q ы r alar sarы barurgʻa muvaffaq boldum (Navoiy MN). Faqыr taraf tutub yalgʻan aytgʻan bolgʻay-men (SH turk)
XV asrdan boshlab men olmoshi oʻrnida faqыri-haqыr, faqыru-haqыr soʻzlari birikmasi ham qoʻllana boshlangan, ba’zan bu olmoshini faqыri haqыr soʻzlardan oldin koʻllash Navoiy hamda Ogahiy asarlarida uchraydi: Faqыri-haqыr yad tuttum kim... (Navoiy MN). B u f a q ы r i-h a q ы r ham kim bu ulugʻ xānadānnың, qadimiy bandasы va bu baland āstannың samimiy sarafkoʻndәsidүr-men (Ogahiy).
XVIII — XIX asrlarga oid yozma manbalarda faqыri-haqыr kәminә, kәminә, bu kәminә, men kәminә birikmalari ham men olmoshi oʻrnida iste’mol qilingan: Faqыri-haqыr kәminә tagʻaңыz Muhammad Aminxoja Muqimiy (Muqimiy). Kәminә ham өz kөzүm bilәn kөrdүm (Furqat).
II shaxs birligi: sen. Kishilik olmoshining sen formasi sinu yo nun bilan yozilgan, sen olmoshi tarkibidagi yo asosan old qator lablanmagan oʻrta keng e unlisining belgisini ifodalaydi.
XV—XVI asrlar yozma manbalarida sen olmoshi kelishik affikslari bilan turlanganda, yo harfi yozilmaydi: seniңdek (Lutfiy); seniң(Amiriy).
Sen olmoshi sinu nun yo orqali hamda yo belgisini tushirib yozilsa ham, eski oʻzbek tili yozma manbalarida soʻn emas, sen shaklida talaffuz etilgan.
III shaxs birligi: ul, ba’zan u, an shakli qoʻllangan. XV— XIX asr yozma manbalarida asosan ul varianti qoʻllangan. Ul olmoshi tarkibidagi -l undoshining tushib qolishi orqali ba’zan u shakli vujudga kelgan. U kishilik olmoshi «Boburnoma» hamda Huvaydo asarlarida ba’zi oʻrinlarda uchraydi: Har kim ne kim unың yerigә olturdы (BN). Unы kim saqladы xallaq (Huvaydo).
III shaxs kishilik olmoshi birligining an varianti (ul>al>an) ba’zan Furqat asarlarida uchraydi: An hama begānalargʻa āshnāliq shunchalar;
I shaxs koʻpligi: biz.
Biz olmoshi XV—XIX asr yozma manbalari uchun umumiy xarakterga ega, yumshoq talaffuz etilgan, koʻplik, birlik ma’nolarida qoʻllangan.
Biz olmoshi koʻplik ma’nosida: Biz ham kishi yibәrdүk (BN).Biz ikki bolәk elmiz (Sh turk.). Biz ikkimizgoʻ musulmān bol tedi (SH tar.).
Biz olmoshi birlik ma’nosida ham qoʻllangan: B i z i ң bilә bolgʻan beglәrini ham faraxorlarigʻa yarasha berib shafqat qыldыm (BN). Bizni rasvai jahan etti yad oʻylәmәdiң (Nodira).
Koʻplik ifodalash xususiyatini yanada oshirish uchun biz olmoshiga –lәr affiksi qoʻshilgan: Mavlānā Kabuliy bizlәrni tilәb vasiyat qыldы kim, bu kechә ālamdыn barur-men (Navoiy MN).Gul gʻunchasidur goya bizlәrgә achыlmaydur (Bobur).
II shaxs koʻpligi: siz.
Siz olmoshi koʻplik ma’noda qoʻllangan: Biz siziң uchun savrulduqq (SHN). Biz bu sarыdыn yetkoʻch, siz ichkәridin chыqыb elikiңizdin kelurini taqsir qqыlmaңlar (BN).
Siz olmoshining koʻplik ma’nosini kuchaytirish uchun –lәr affiksi qoʻshilgan: S i z l әr kim qarыndashlar turur-siz biziң birlә ittifāq qыlың (SH tar). Shādmān sizlәrdin-u өlgүnchә minnatdār-men (Furqat).
III shaxs koʻpligi: alar, ular, anlar, ba’zan unlar shakli qoʻllanilgan.
Alar olmoshi XV—XIX asrlarda yozilgan koʻpchilik yozma manbalarda keng qoʻllangan: Alarnың ikisin өltүrүb (Navoiy). Alar aydыlarki, өzbәkni bir masalы bardur (Gulxaniy).
Ular varianti Lutfiy, Bobur, Abulgʻozi Bahodurxon asarlarida uchraydi: Ular mendin yashurub (BN). Ularnың kөңli (Sh.tar.).
Anlar olmoshi Lutfiy, «Nusratnoma», Abulgʻozi Bahodirxon, Gulxaniy, Furqat asarlarida iste’molda boʻlgan: anlar ashyanы; Anlardыn өtүb havuzga sharbatlar tөkүlүr. Anlar kөp yыllargacha bu aytыlgʻan nimәrsәlәrni berүrlәr (Sh.tar.).
III shaxs koʻpligi tarixiy taraqqiyotida quyidagilar koʻzga tashlanadi: XIII-XIV asrlarda ular, anlar varianti keng qoʻllangan boʻlsa, XV asrdan boshlab alar varianti faollashadi. XIX asr oxirlarida yana ular, anlar varianti faollasha boshlaydi hamda keyinchalik ular varianti III shaxs koʻpligida yagona boʻlib qoladi.
Kishilik olmoshlarining turlanishida eski oʻzbek tilida oʻziga xos xususiyatlar koʻzga tashlanadi:
Kishilik olmoshlarining turlanishi:



Kelishiklar

Turlanishi

Bosh kelishik

Men, sen, ul, biz, siz, ular, anlar, alar

Qaratqich kelishigi

Meniң, seniң, anың, bizniң //biziң,sizniң//siziң,ularnың //ularың, anlarnың//anlarың, anlarnың, bizim, sizim

Tushum kelishigi

Meni, seni, anы, bizni, sizni, ularnы, anlarnы, alarnы

Joʻnalish kelishigi

Maңa (maңar), saңa (saңar), aңa, bizgә, sizgә, ulargʻa(qa), anlargʻa(qa), alargʻa (manqa, sanqa), bizә, sizә

Oʻrin-payt kelishigi

Mendә, sendә, anda, bizdә, sizdә, ularda, anlarda, alarda

CHiqish kelishigi

Mendin, sendin, andыn, bizdin, ulardыn, anlardыn, alardыn.

XIII-XIV asrlarda, XIX asrdan keyingi yodgorliklarda ham chiqish kelishigining –dәn/-dan, ba’zan –dүn/-dun varianti qoʻllangan.





Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling