1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
42.Soʻroq olmoshlari. Soʻroq olmoshlari. Eski oʻzbek tilida kim, ne, qay soʻroq olmoshlari mustaqil qoʻllangan, boshqa soʻroq olmoshlari ne va qay olmoshlariga tarixan yuklama, soʻz yasovchi va soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalar qoʻshilgan shakllarda qoʻllangan, lekin bunday soʻz va qoʻshimchalar oʻzining morfematik ma’nolarini yoʻqotgan hamda soʻroq olmoshlarining turli modal shakllarini hosil qilgan xolos, aslida olmosh yasash uchun xizmat qilgan emas.
Kim soʻroq olmoshi kishilarga nisbatan qoʻllangan: Ulүsh algʻan kim va ul ulushni togʻragʻan kim (SH tar.). Kim soʻroq olmoshi otlar kabi koʻplik affiksining –lәr variantini qabul qilgan: Arz qыlalы kimlәr vaqe’dur (Navoiy MQ). Kimlәr bilәn bazm әylәb (Muqimiy). Ne olmoshi eski oʻzbek tilida keng qoʻllangan va uning semantik qirralari ham koʻp boʻlgan: belgining miqdorini aniqlash ma’nosida qoʻllangan:Ne imkānkim qarar olgʻay kөңlүmә (Navoiy). Ul shāh bashыda ne balā fitna bar yerdi (Lutfiy). sof belgini bildiradi: Xān dedi: bu ne hikāyat bolgʻay// Ne hikāyat, ne rivāyat bolgʻay? (SHN). ritorik soʻroq gaplarda soʻz ma’nosini kuchaytiradi: Bu ne kөzdүr, bu ne kirpүk, bu ne qash// Ki chыqtы din va imāndыn xalāyыq (Atoiy). sabab-sәroq ma’nosini bildiradi: Kөzүң ne balā qarā bolubtur (Navoiy). Bilmәn ne jarima bilә Hiriydin ixrāj qыldы (Bobur). Ne olmoshi toʻliqsiz fe’llar birga qoʻllana olgan va fe’l tarkibiga oʻtgan: Yүz salām aydыm ne bolgʻay (Nodira). Biziң sarы kelmes-sәn ne boldы (Navoiy). Ne olmoshi koʻplik affiksini, tushum, chiqish kelishigi affikslarini olgan va ularda kelishik affikslari funksional boʻlgan, joʻnalish kelishigi affiksi esa olmosh tarkibida kristallashib qolgan. Qaratqich va oʻrin-payt kelishigida qoʻllanishi masalasi ochiq qoladi. Ne olmoshi negizida shakllangan soʻroq olmoshlari: Nemә. Bu soʻz tarkibidagi moʻ soʻzi qadimgi turkiy tilga oid yuklamadir (lekin uni E.Fozilov bogʻlovchi deb qaraydi. Qarang: Fozilov E. Oʻzbek tilining tarixiy morfologiyasi. – T.,1965,146-bet). Eski oʻzbek tilida bu soʻz narsa soʻzi ma’nosida qoʻllangan, ya’ni hali olmosh turkumiga toʻla oʻtmagan: Dagʻdagʻa boldыkim, bir nimә bagʻlagʻay-men (Bobur). Bu soʻz nima variantida XIX asrning 2-yarmidan soʻroq olmoshi sifatida mustaqil qoʻllangan. Nechүn//nevchүn. °chүn koʻmakchisi ishtirokida shakllangan va sabab ma’noli soʻroq olmoshidir: Mirzā sorubturki, nechүn өltүrdүң (Navoiy). Sen nevchүn өzүңni bu riyāzat va ranjgʻa saldың (Navoiy). Nechүk. Bu olmosh qadimgi turkiy tilda bir necha taraqqiyot davrlarini boshidan kechirgan: ne+chә-ne+chә+kә-ne+chә+k-nechүk. Ikkinchi taxmin (versiya): ne+chagʻ//ne+chaq// ne+choʻk-nechүk. Nechүk olmoshi ham sabab ma’nosini ifodalaydi: Nechүk bolgʻay azmы-miz (Navoiy). Bu olmoshning ba’zan nүchүk fonetik varianti ham qoʻllangan: Men nүchүk majnun kәbi rasvāi ālam bolmayыn (Uvaysiy). Nelүk. –lik affiksining –lүk varianti orqali shakllangan va u ham sabab ma’nolidir: Nelүk bashыmgʻa tupraq qoymagʻayыm (Xisr. va Shir.). Netәk. –dek affiksining – tәk varianti orqali shakllangan va bu olmosh belgi ma’nolidir: Qanlarы yergә netәk tөkүlmүsh (SHN). Nechә. Bu olmosh ne+chagʻ soʻzlaridan soddalashgan. Miqdorni soʻrash uchun qoʻllanadi: Nechә yыl ranju mehnat sendin artuq (Navoiy). Bu olmosh III shaxs egalik affiksini va barcha kelishik affikslarini qabul qilgan. Negә. Joʻnalish kelishigi affiksi orqali shakllangan va sabab ma’nosiga ega: Bir kishi jānы үchүn yүz mың jān negә āzurda qыlur (SHN). Bu olmoshning neyoʻ, noʻgү, nagʻu variantlari ham qoʻllangan: yemdi biz keңoʻsh qыlalыm, noʻgү savāb kelүr, kөroʻlim (Taf.). Nagʻu barur-sen (Lutfiy). Nechә olmoshining noʻtoʻ varianti ham qoʻllangan: Netoʻ mahram ayladың (Muqimiy). Qa(y) olmoshi (qadimgi turkiy tilda qan) mustaqil qoʻllangan va belgi ma’nosiga ega boʻlgan: Qay birikim bar erdi (Navoiy). Qa(y) olmoshi negizida quyidagi soʻroq olmoshlarining modal ma’nolari hosil qilinadi: Qayu. Bu olmosh tarkibidagi –u formanti –i/-ы egalik affiksining variantidir: Qayu xushdil, qayu mahzun boldы// Qayu Laylā, qayu Majnun boldы (SHN). Qaysы. –sы formanti III shaxs egalik affiksidir: Qaysы nāmurad yeliң sabr yetoʻgigә urdakim murād tapmay (Navoiy). Bu olmosh koʻplik, egalik affikslarini qabul qilgan. Qayu, qaysы olmoshlari belgini ajratib, ta’kidlab soʻrash ma’nosini anglatadi. Qayda (qanda), qaydыn, qayan, qanы. Bu olmoshlar oʻrin bilan bogʻliq boʻlgan soʻroqni bildirgan. Qayda, qaydыn tarkibidagi kelishik affikslari negizda kristallashgan. Qayan soʻzidagi yan oʻrin oti, qanы soʻzidagi –ы esa egalik affiksidir: Desәңkim, qayda-sen, oyo Atāiy (Atoiy). Men dedimkim, sizlәr qaydыn kelә-siz (Boburnoma). Yana darugʻadыn qayan qachыb bargʻanыm kishi bilmәs (Boburnoma). Qancha. Bu olmosh qay(n)+cha (chagʻ, cha) qismlardan iborat boʻlib, dastlab payt ma’nosini, keyinchalik miqdor ma’nosiga koʻchgan: Qancha sәksәn shuncha yыlqыm... (Muqimiy). Bu soʻroq olmoshi oʻrnida chand, chandān soʻzlari ham qoʻllangan. Qachan. Bu soʻroq olmoshi qay+chagʻ+ыn (qay vaqt bilan) soʻzidan soddalashgan va payt ma’nosiga ega: Qachan bolgʻayki tapqay-men xabar yār-u diyārыmdыn (Furqat). Qancha, qachan olmoshlari ba’zan kelishiklar bilan turlangan. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling