1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Eski oʻzbek tilida mayl va zamon formalari
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
47.Eski oʻzbek tilida mayl va zamon formalari. Oʻzbek tilida, shu jumladan, turkiy tillardagi mayl va zamon formalari, mayl va zamon formalari munosabati munozarali masalalardan hisoblanadi. Turkiy tillardagi mayl va zamon formalari uchun maxsus affikslarning yoʻqligi bunday munozaraga sabab boʻlmoqda.
Ma’lumki, mayl ish-harakatning voqe’likka munosabatini ifodalab, fe’ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish xususiyatini, imkoniyatini, ya’ni, real voqelikka, sharoitga bogʻlanganligini bildiradi. Masalan, bordi fe’li ish-harakatning real bajarilganligini, ishla fe’li ish-harakatning bajarilish haqidagi buyruqni ifodalaydi. Grammatik zamon esa ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytga munosabatini ifodalaydi. Demak, mayl kategoriyasi zamon kategoriyasiga nisbatan kengdir. Lekin hamma mayl formalarida ham grammatik zamon ma’nosi bir xilda mavjud boʻla bermaydi. Masalan, aniqlik maylida har uchala zamon, buyruq-istak va shart maylida esa faqat kelasi zamon formalari mavjud boʻladi. Oʻzbek tilidagi mayl va zamon formalari haqida tuslanish tushunchasisiz fikr yuritib boʻlmaydi. Shu munosabat bilan tuslanish tarixi va uning xususiyatiga toʻxtalamiz. Eski oʻzbek tilida mayl formalari quyidagi uch turkumga boʻlinadi: buyruq-istak, shart-istak, aniqlik. Turkiy tillarda fe’l tuslanishi tarixan sifatdosh (keyinchalik ravishdosh) formalari asosida, ya’ni mayl va zamon formalari sifatdosh formalari asosida asosida shakllangan (buyruq-istak mayli bundan mustasno). Keyinchalik bunday formalar tarkibidagi sifatdosh affikslarining ayrimlari sezilmas darajaga kelib qolgan. Masalan, -duq/-dүk//-tuq/-tүk sifatdosh affikslari –di/-dы//-ti/-tы affiksiga aylangan, ayrimlari esa hozirgi oʻzbek tilida juda kammahsul affiksga aylangan. Eski oʻzbek tilida tuslovchi affikslarning uch tipi qoʻllanishda boʻlgan. Bular quyidagilar: I tip tuslovchilar yoki toʻla tuslovchilar: Birlik Koʻplik I shaxs -men -biz, -miz II shaxs -sen -siz III shaxs - - II tip tuslovchilar yoki qisqargan tuslovchilar: I shaxs -m -q/-k II shaxs -ң -ңыz/-ңiz/-ңuz/-ңүz/ III shaxs (-sы/-si) - - III tip tuslovchilar fe’lning buyruq-istak maylida qoʻllanadi. Toʻla tuslovchilar sifatdosh va ravishdosh formalariga hamda –gʻay/-gәy//-qay/-kәy,-maqda/-mәkdә affiksli formalariga qoʻshiladi. Qisqargan tuslovchilar -di/ -dы//-ti/-tы affiksli affiksli, shart formadagi fe’llarga va –gʻu/-gү//-qu/-kү affiksli formalarga qoʻshiladi. Shuni aytish lozimki, toʻla tuslovchilar qadimgi turkiy yodgorliklarda -di/ -dы//-ti/-tы affiksli formadan keyin ham qoʻllangan. Masalan, basdыmыz, buzdыmыz (KT). Bu holat eski oʻzbek tilining dastlabki yodgorliklarida ham qoʻllangan: Eshittimiz taqы bildimiz tedilәr (QR). Shaxs-son affikslari tarixan kishilik olmoshlarining rivojlanishidan paydo boʻlgan. Buni M.Koshgʻariyning ma’lumotidan ham bilsa boʻladi. XI asrda oʻgʻuzlar, qipchoqlarning ayrimlari oʻtgan zamon ma’nosini ifodalash uchun –duq/-dүk/-tuq/-tүk affiksini ishlatib, ular oldidan kishilik olmoshlarini qoʻllash ularning qaysi shaxsda ekanligini bildirgan: Men ya qurduq (men yoy qurdum), biz ya qurduq, ol keldүk (u keldi), olar evgoʻ kirdүk (ular uyga kirdilar). Keyinchalik kishilik olmoshlari fe’ldan keyin ham keltiriladigan boʻlgan: men barduq men (men bordim), sen barduq sen (sen bording) kabi. Bunda shaxs-son ma’nosini ifodalash uchun kishilik olmoshlarini ikki marta keltirishga zarurat boʻlmay qolgan. Shuning uchun fe’l oldidan kelgan kishilik olmoshlari koʻpincha tushirib qoldiriladigan boʻlib, keyingisi saqlangan va shaxs-son koʻrsatkichi sifatida tasavvur qilingan. Buyruq-istak mayli formalari. Buyruq-istak mayli formalarida ham buyruq, ham istak ma’nolari mavjud, ya’ni, I shaxs formalarida istak, II shaxs formalarida buyruq, III shaxs formalarida esa ham istak, ham buyruq ma’nolari mavjud. Eski oʻzbek tilida buyruq-istak mayli koʻp formali boʻlib, ular quyidagicha hosil boʻladi: I shaxs birlik formalari: -(a)yыn/-ә)yin. Bu forma barcha davrlarda keng qoʻllangan: Kүchүm yetmishchoʻ kөp xidmat qыlayыn (MN). Kimgoʻ izhār oʻylәyin (Munis). -(a)y/-(ә)y. XIV asrdan keyingi yodgorliklarda qoʻllanadi: Gүl keldi yүzүң davrыdakim, husn satay deb (Lutfiy). Men qashың mehrābыna oʻltoʻy duādыn iydlыq (Atoiy). -gʻayыn/-gәyin//-gʻayыm/-gәyim. XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi: Kimgoʻ degәyim nechүk qыlayыm, bilmәn, men buyla yыraqda, ul yaqыnraq jāndыn (Sayfi Saroiy). Karam qыlыb, qulaq tutsaң, javab aygʻayыm (Sayfi Saroiy). -(a)yыm/(ә)yim. XV asrdan oldingi davrlarda qoʻllangan boʻlib, keyingi davrlarda esa ayrim yodgorliklarda ba’zan uchrab qoladi: Men qarыndashlarыm birlә keңәshәyim (QR). Seniң үchүn shaharda bir yaxshы imārat qыlayыm (Sayfi Saroiy). Yuqoridagilardan tashqari, «Qissasi Rabgʻuziy», «Tafsir», «Xisrav va Shirin» asarlarida -gʻam/-goʻm affiksi ham I shaxs buyruq-istak mayli formasini hosil qilgan: Fazl qыlgʻam va aңa artuq bergәm (Tafsir). Birini qurban qыlgʻam (QR). I shaxs koʻplik formalari. Buyruq-istak maylining I shaxs koʻpligi quyidagi affikslar bilan hosil qilingan: -gʻalыm/gәlim,-gʻgʻalың/-gәliң,-(y)alыm/-(y)әlim. Bu affikslar XV asrdan oldingi davr yodnomalarida uchraydi: Ey rabb, bizgә farman bergil, kөkkoʻ agʻgʻalыm (Tafsir).Siz on qoy keltүrүң, bishүrүң, etini yegәliң (QR). Halыmыz ezgү bolmaz, netoʻk qыlalыm (QR). Bu affiks ba’zan lab unlisi bilan –alum/-әlүm formasida ham keladi: Bu er ulugʻ sөz sөzlәyү turur, ketoʻlүm tedilәr (QR). -gʻalы/-gәli. XVI-XVII asr yodnomalarida uchraydi: Hech yamanlыq aңa yavutmagʻalы// seni telmurtub anы tutmagʻalы (SHN). Biz seni tutub bermәgoʻli tedilәr (Sh.tar.). -(a)lың/(ә)liң. XVIII asrgacha boʻlgan yodnomalarda uchraydi: Asbab quruңlar, Eran shahrыna baralың (Tafsir). Ne bolsa bolsun, ush bashdыn kechәliң//Bu surat razыdыn parda achalың (XSH). -(a)lы/(ә)li affiksli forma XV-XVII asrlar uchun xarakterli boʻlib, bu davrda buyruq-istak mayli I shaxs koʻplik ma’nosini ifodalashning asosiy formasi sifatida yodgorliklarda keng qoʻllangan: Emdi sөzniң aslыgʻa shuru’ qыlalы (Navoiy MQ).Andijangʻa chekoʻli bizlәr lashkar//tүzoʻli ul sarы āhāңы safar (SHN). -(a)lыq/(ә)lik.XIV asrdan boshlab qoʻllanadi: Xasmlыq qыlsa, qыlalыq fani (SHN). Өzimizni ahvalыmыznы alayыq (Sh.turk). -(a)ylыq/(ә)ylik. XIX asrdan boshlab keng qoʻllana boshlagan: Berәylik ikkimiz ham aңa lәshkәr/ bolub jәң әylәsүn sardāri әskәr (Furqat). Ey yaxshыlar, kelәylik, bir jaygʻa yыgʻыlыshaylыq, oynaylыq, kүlәylik, āmān bolaylыq (Muqimiy). II shaxs birlik formalari.Buyruq-istak maylining II shaxs birlik ma’nosi eski oʻzbek tilida asosan -gʻыl/-gil//-qыl/-kil affiksi bilan yasalgan forma orqali ifodalangan: Eshitkil emdi ham bir xush hikayat (MN). Barыb ul xannы salamat tutqыl (MN). Buyruq-istak maylining II shaxs birlik formasi eski oʻzbek tilida –gʻin/-gin//-qыn/-kin affiksi bilan ham yasalgan. Bu affiks -gʻыl/-gil//-qыl/-kil affiksining fonetik varianti boʻlib, nisbatan keyingi davrlarda paydo boʻlgan: Kelgin ke, firaqың otыda qalmadы halыm (Lutfiy). Men dedim kim, rast aytqыn (BN). Baqqыn, ekin pishәr-mu aftab kөrmәy (Muqimiy). Ma’lumki, hozirgi oʻzbek tili va boshqa turkiy tillarda buyruq-istak maylining II shaxs birligi koʻpincha affikssiz qoʻllanadi, ya’ni formal jihatdan fe’l negiziga toʻgʻri keladi. Bu holat eski oʻzbek tilida ham keng kuzatiladi: Taqы yuz mың altun keltүr (QR). Qaraqchы kөzlәriңdin bir qыya baq (Atoiy). Adl qulagʻы-la eshit halыmы (Muqimiy). She’riy asarlarda buyruq-istak mayli II shaxs birligi affikssiz qoʻllanganda, ba’zan –u/-ү unlisi orttiriladi. Bu hol Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro she’rlarida uchraydi: Ey saba, avvāra kөңlүm istoʻyү har yan baru// Vadi-yu tagʻ-u biyābānlarnы bir-bir axtaru. Axtarurda tapsaң ul kөңlүmki, majnun shivadur// har nechүk bolsa oʻdoʻm sahrāsы sarы bashqaru. Misollardagi baru, axtaru, bashqaru fe’llari borgin, axtargin, boshqargin ma’nosini ifodalaydi. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling