1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet58/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

-dы/-di//-tы/-ti affikli forma. Bu forma eski oʻzbek tilining barcha davrlarida keng qoʻllangan va u ushbu affiksga qisqargan tuslovchilarni qoʻshish bilan hosil qilinadi: Elchi bu sөzlәrniң barchasыn aytdы (Sh.tar.). Vidālashыb murajiat marāsыmыnы ada qыlduq (Furqat). Tuslanish paradigmasi: bardыm, bardың, bardы// barduq, bardыңыz, bardы(lar).
-mыsh/-mish affiksli forma ham turkiy tillarda qadimdan aktiv qoʻllangan boʻlib, eski oʻzbek tilida ham ancha keng iste’molda boʻlgan: Aruqnы ul tash үskүndә yolda unutmыsh-men (QR). Furqatыңdыn bolmыsham zār-u zaif (Lutfiy).
-duq/-dүk affiksli forma. Oʻtgan zamon sifatdoshining –duq/-dүk affiksli formasi qadimgi yodgorliklar tilida keng iste’molda boʻlib, oʻtgan zamon fe’li funksiyasida ham qoʻllangan. Bu sifatdosh oʻtgan zamon fe’li funksiyasida XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklardan «Tafsir»da ham qoʻllangan boʻlib, unga koʻpincha turur holat fe’li qoʻshilib kelgan: Munda aytur qыldыm teb, valekin qыlmaduq turur. Hech kөz andagʻ kөrmәdүk tururlar, hech kөңүl anың-dek sanmaduq bolur.
-gʻan/-gәn//-qan/-kәn affiksli oʻtgan zamon sifatdoshining oʻtgan zamon funksiyasida qoʻllanishi asosan XIII-XIV asrlardan boshlab kuzatiladi: Taqы haqiqatda men qorqutgʻan-men (Tafsir). Aql-u jan alamыgʻa ishq otыnы salgʻan-sen (Lutfiy).
-b(-ыb/-ib/-ub/-үb) affiksli ravishdosh asosida yasalgan oʻtgan zamon fe’li. Bu fe’l shakli eski oʻzbek tilida quyidagicha uch xil qolipda qoʻllangan:
a) barыb turur-men. Bu forma asosan XV asrgacha qoʻllangan boʻlib, ba’zan XV asrga oid yodgorliklarda ham uchraydi: Ibrahim tevәdin inmәkkoʻ ant ichib turur-men, tedi (QR). Qachan kөrsoʻlәr anы kim, va’da qыlыb tururlar (Tafsir);
b) barыbtur-men/barыbdur-men. Uning qoʻllanishi XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuzatiladi: Bolubturmen bu kun beganalar-dek (Atoiy). Uchgʻalы par chыqarыbtur kөңlүm (Munis).
v) barыb-men tipidagi forma XV asrdan boshlab keng qoʻllangan: Bagʻāyat kөңlүmizni shād etib-sen (Navoiy FSH). Siz ham tuna kun urushub basturub-siz (BN).
Oʻtgan zamon fe’lining analitik formalari.
Eski oʻzbek tilida oʻtgan zamon fe’li analitik formalarining quyidagi turlari qoʻllangan:
-mыsh/-mish erdi. Bu forma eski oʻzbek tilida XV asrga qadar keng qoʻllangan boʻlib, keyingi davrlarda kam uchraydi: Meniң har ne hālыmnы bilmish erdiң (Munis).Bir kun Ismāil avqa barmыsh erdi, Ibrāhimnы kөroʻ keldi (QR).
-gʻan/-gәn//-qan/-kәn erdi. Bu forma XIV asrdan boshlab kuzatiladi: Qыynagʻan erdүk anlarnы, kufr keltүrdilәr (Tafsir). Astrābādda aytqan ikki matlai tugoʻnmoʻy qalgʻan erdi (Navoiy MN).
-dы/-di//-tы/-ti erdi. Bu forma qadimgi yodgorliklar tilida keng qoʻllangan, eski oʻzbek tilida XV asrga qadar keng iste’molda boʻlgan: Yusufnы otagʻda qoyduq erdi, biz kelginchә Yusufnы bөri yemish (QR). Anlar qachtыlar erdi, malik Daqyunus yārыn bildi qachmыshlarыnы (Tafsir).
-duq/-duk erdi. Bu forma XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklardan «Tafsir»da ancha keng qoʻllangan: Men butlarnы kөrmәdүk erdim, turdum, Makkaga bardыm, kөrdүm.
-b turur erdi formasi XIII-XIV asrlarda keng qoʻllangan boʻlib, keyingi davrlarda uchramaydi: Sizge nazāra qыlыb turur erdim (QR). Taqы anda kim, siz kizlenib turur erdiңiz (Tafsir).
-a/-ә(y)turur erdi, -a/-ә(y)dur erdi. Bu formalar bir fonemaning ikki xil koʻrinishi bilan farqlanadi, xolos.
-a/-ә(y) turur erdi formasi XIII-XIV asr yodgorliklarida qoʻllangan: Lәshkoʻrniң soңыda kelә turur yerdim (Sh.tar.).
XIII-XIV asr yodgorliklarida bu formada –a/-ә(y) affiksi bilan birga, -u/-ү,-yu/-yү, -ya/-yә affiksi ham ishtirok etgan: Bir ogʻlan bilә kelү turur yerdim (Rab.). ...yыlqыlar kүtәyә turur yerdi (OʻN).
-a/-ә(y)dur erdi formasining qoʻllanishi XV asrdan boshlab kuzatiladi: Umrumыzda muncha farāgʻat qыlmaydur edүk (BN). Bu fursatta kim, «Mubayyin»ni nazm qыladur yedim (BN).
-r(-ar/-әr//-ur/-үr) erdi.Bu forma –r(-ar/-әr//-ur/-үr) affiksli hozirgi-kelasi zamon fe’liga erdi toʻliqsiz fe’li qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan: Bashlarыn quyы salыb kelүrlәr erdi (BN). Yana tөrt yuz qul birlә satыgʻ qыlurlar erdi (QR).
-gʻay/-gәy//-qay/-kәy erdi formasi ham eski oʻzbek tilida keng qoʻllangan: Bizniң kүchүmiz yetsә, bu tevәni өltүrgәy erduk (QR). Agar burunraq aytыlmыsh bolsa erdi, faqыr hargez өz matlaimni aytmagʻay erdim (Navoiy, MN).
Hozirgi zamon fe’li. Hozirgi zamon ma’nosini ifodalovchi formalar va ularning yasalish usullari boʻyicha eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida ma’lum oʻzgachaliklar mavjud. Hozirgi oʻzbek tilidagi -yap, -yotir, -yotib affikslari eski oʻzbek tilida qoʻllanmagan. -moqda affiksi ayrim yodgorliklarda uchraydi.
Eski oʻzbek tilida hozirgi zamon fe’li ma’nosi asosan -a/-ә(y) affiksli ravishdosh asosida yasalgan formalar bilan ifodalangan.
Bara turur men qolipidagi forma XIII-XIV asrlarda keng qoʻllangan boʻlib, ba’zan XV asrga oid yodgorliklarda ham uchraydi: Sordы: bu ne үn turur? Ayttыlar: Omayya qulы Bilālgʻa azāb qыla turur (Tafsir). Ul vaqtdыn ta bu kүngoʻgʻchoʻ barcha turkmәnlәr ul kitābnың masalalarыgʻa amal qыla tururlar (Sh.tar.).
Baradur-men qolipidagi forma eski oʻzbek tilida keng qoʻllangan boʻlib, XIV asrlardan boshlab kuzatiladi: Bu yurtta xabar keldi kim, Mansurnың qыzы Yusuf zaynың mālы bilә kelәdүr (BN).
Bara-men formasi asosan XV asrdan boshlab kuzatiladi: Muңa ne uchun ruxsat berә-siz? Bizni az kөrүb, qыzыlbashgʻa qoshulmaqqa bara turur (Sh.turk).
-maqda/-mәkdә affiksli forma yozma yodgorliklarning ayrimlarida uchraydi: Ayni inayatыңdыn halыmgʻa qыl nazara//өlmәkdә-men gʻamыңdыn, dardыmgʻa әylә chara (Munis).
Hozirgi-kelasi zamon fe’li. Hozirgi –kelasi zamon fe’li eski oʻzbek tilida –r(undoshdan keyin: -ar/-әr//-ur/-үr) affiksi bilan hosil qilingan. Shaxs-son affikslarining toʻla varianti qoʻshilgan: barur-men, kelүr-sen kabi. Lekin I shaxs formalarini hosil qilishda shaxs-son affikslarining qisqa variantlari ham qoʻshilgan: Qashы uchun jān berurәm dostlar// tagʻ qoparыңыz yasagʻanda māzār (Lutfiy).
Unli bilan tugagan fe’llardan hozirgi-kelasi zamon fe’li –yur/-yүr affiksi orqali hosil qilingan: Sen-mu bizgә bu sөzni sөzlәyүr-sen? (QR).
Kelasi zamon fe’llari. Eski oʻzbek tilida kelasi zamon fe’lining quyidagi formalari qoʻllangan:
-gʻu/-gү//-qu/-kү. Eski oʻzbek tilida kelasi zamon fe’lini hosil qiluvchi asosiy forma hisoblangan: Bu kitābnы oqugʻuchы va tыңlagʻuchы, albatta, tүrk bolgʻusы turur (Sh.tar.). Omar bildi kim, Rasulgʻa barыb, andыn shikāyat qыlgʻusы turur (QR).
-asы/-әsi. XIII-XIV asrlarga oid ayrim yodgorliklarda uchraydi: Bu shaharga bir paygʻambar hijrat qыlasы turur, ya’nы kelәsi turur (Tafsir).
-gʻay/-gәy//-qay/-kәy. Bu forma XI asr yodgorliklari va qadimgi uygʻur tili yodgorliklarida ham keng qoʻllangan: Muqarrar boldы kim, taңlasы bolgʻan nokar-u sardar, māl-u jihatы bilәn chыqыb, qorgʻannы tapshurgʻay (BN).



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling