1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet55/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

-adurgʻan/-әdүrgәn affiksli sifatdoSh. Bunday sifatdoshlar XV asrdan keyin qoʻllangan: Meni shaydā qыladurgʻan bu kөңүldүr, bu kөңүl, xār-u rasvā qыladurgʻan bu kөңүldүr, bu kөңүl (Lutfiy). Kābuldыn kүch kelәdүrgәn jыhatыdыn sultāngʻa qoshula almaydurlar (Boburnoma).
Ravishdosh formalari. Eski oʻzbek tilida quyidagi affikslar bilan ravishdosh hosil qilingan:
-b(-ыb/-ib,-ub/-үb) affiksli ravishdoSh. Qoʻllanishi, ma’no va funksiyalari quyidagicha:
1. Shaxsli fe’ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish holatini koʻrsatib, ravish holini ifodalaydi. Bunda ravishdosh ifodalagan ish-harakat bilan shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakat oʻrtasidagi vaqt munosabati quyidagicha ikki xil boʻladi:
a) ravishdosh ifodalagan ish-harakat shaxsli fe’l ifodala-gan ish-harakatdan oldin bajariladi. Bunday hollarda ravish-dosh asosan harakat ma’nosini ifodalovchi fe’llardan iborat boʻladi: Buyurdыlar kim, hujrasыn buzub, tufrāgʻыn xānaqāhdыn tashqaru tashlasunlar (Navoiy MN). Buxārādыn qavun keltүrүb, bir majlisda kestүrdүm (BN).
b) ravishdosh ifodalagan ish-harakat shaxsli fe’l ifodala-gan ish-harakat bilan bir vaqtda bajariladi. Bunda har ikkala ish-harakat ham odatda takrorlanuvchi, davomli boʻladi: Chыqtыlar qorgʻanыgʻa chapqыllashыb (SHN). Qayda kөrsәm na’l naqshыnы өpәrmen yuz sүrүb (Furqat).
2. Shaxsli fe’ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish vaqtini koʻrsatib, payt holini ifodalaydi yoki payt ergash gapning kesimi vazifasida keladi: Yahuda bir sөzni eshitib uru qobdi (QR). Axsham namazы qыlib evingә kirdi (NF).
3. Shaxsli fe’ldan anglashilgan ish-harakatning yuzaga kelishidagi sababni koʻrsatib, sabab holini ifodalaydi yoki sabab ergash gapning kesimi vazifasida keladi: Andыn qopqyb bashыm aqardы (QR). Agar aysam bashыmdыn kechmishin men//tanыrkab barmagʻыn tishlәgoʻy-sen (XSH).
4. -b affiksli ravishdosh ifodalagan ish-harakat keyingi fe’ldan anglashilgan ish-harakatning aksini koʻrsatadi, ya’ni ravishdosh ifodalagan ish-harakat bilan keyingi fe’ldan ang-lashilgan ish-harakat bajarilishi nuqtai nazardan biri ikkinchisiga zid boʻladi. SHuning uchun bunday hollarda keyingi fe’l koʻpincha boʻlishsiz formada qoʻllanadi: Siz kelib, ani keltүrmәsәңiz,sizgә daqы bugʻday bermәz-men (QR). Bu bugʻday kөrgәzib, arpa satar ul (XSH).
5. Ravishdoshning -b affiksli formasi bogʻlovchilik vazifa-sini ham bajaradi, ya’ni gapda uyushib kelgan fe’llarning ol-dingisi (yoki oldingilari) shu ravishdosh formasida kelib, uyushiq boʻlaklar oʻrtasidagi bogʻlanishni koʻrsatadi: Bu yalgʻanchilar meni tutub, agʻzыmgʻa qan surtub, seңә kelturdilәr (QR). Anы taxt uzә kechirib, bashыna taj qoyub, mamlakatni aңa taslim qыlыңыz (SS).
-a/-ә(-y) affiksi bilan yasalgan ravishdosh quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Yakka holda qoʻllanadi. Bunda shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini bildiradi: Bir kun Ismail avqa barmыsh erdi, Ibrāhimnы kөrә keldi (QR). Yүzүңdin emdi aңa ashna tilәy keldim (Lutfiy).
2. Qoʻshma fe’lning komponenti boʻlib keladi: Yol bashыnda tura qaldы Mirza (SHN). Ittifaq qыla almay, parishān barыb...(BN).
3. Koʻpincha takror qoʻllanadi. Bunda ham shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holati koʻrsatiladi: Fыrāq otыna yana-yana keldim (Lutfiy). Tamshыy-tamshыy anы qыlay nөsh (Navoiy ML)
-u/-ү(unlidan keyin –yu/-yү) affiksi bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodgorliklarda keng qoʻllangan boʻlib, eski oʻzbek tilida XV asrga qadar ancha aktiv iste’molda boʻlgan, ma’nosi, funksiyasi boʻyicha -a/-ә(-y) affiksli ravishdoshga yaqin turadi.
Misollar: Kөz yashы yыgʻlayu, tushәyin der ayaqыna (Sakkokiy). Aңa qarshu turu bilmәdi (QR). Qarыndashlarы anы avgʻa alu bardыlar (QR). Kishilәr Musa yalavachqa kәlү bashladыlar (TF).
Ravishdosh yasovchi –ban/-boʻn (undoshdan keyin: -ыban/-iboʻn//-uban/-ubәn) affiksi -b (-ыb/-ib//-ub/-үb) affiksiga -an/-әn qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan.Eski oʻzbek tilida she’riy asarlarda ishlatilgan boʻlib, funksiyasi ham chegaralangan. Bu ravishdosh shakli shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini, sababini koʻrsatadi.Misollar: Chыqtы ul mыңcha kishi atlanыban// ish qыlurgʻa barыsы qatlanыban (SHN). Quchuban yыgʻladыm atam ayagʻыn (Furqat). Ul anda qoldыsa aziz qadashыm//ham birgә keliboʻn bolub yoldashыm (XSH).
-gʻalы/-goʻli//-qalы/-koʻli affiksi bilan yasalgan ravishdosh ham turkiy tillarda qadimdan keng qoʻllanib kelgan boʻlib, eski oʻzbek tilida ham aktiv iste’molda boʻlgan. Hozirgi oʻzbek tilida bu affiks –gʻani(-qani/-kani) koʻrinishida ishlatiladi.
Bu ravishdosh shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni bildiradi. Misollar: Ul hanaqahgʻa oynagʻalы kirdilәr (Nav. MN). Malik anlarnы өldүrgәli qasd qыldы (Taf.). Yusufnы kөrgәli zindangʻa kelүr erdilәr (QR).
-gʻach/-gәch/-qach/-kәch bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodnomalarda uchramaydi. Eski oʻzbek tilida, asosan, XVasrlardan boshlab kuzatiladi.
Bu ravishdosh payt ma’nosini bildiradi, ya’ni bu ravishdosh ifodalagan ish-harakat tugashi bilan shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakat boshlanadi. Misollar: Yana sham olgʻach, oldыlar barы mast (Nav. SS). Achыlgʻach kelib ertoʻsi hujrasы//qыlur jan-u janjal har ertәsi (Muq.).
-gʻuncha/-gүnchә//-quncha/-kүnchoʻ affiksi bilan yasalgan ravishdosh eski oʻzbek tilida ancha keng iste’molda boʻlib, qadimgi yodgorliklarda kam qoʻllangan.
Bu ravishdosh ham payt ma’nosini bildiradi, ya’ni ravishdosh ifodalagan ish-harakat boshlangunga qadar shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakat yuzaga chiqqan boʻladi yoki davom etgan boʻladi. Misollar: Xan yetkүnchә anы quladыlar (SHN). Lutfiy miskindin өlgүnchә dua bolsun seңә (Lutf.).



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling