1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
) affiksli forma eski oʻzbek tilida kam iste’molda boʻlib, ayrim yodgorliklarda uchraydi: Yүgүrүsh
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
-sh(-ыsh/-ish, -ush/-үsh) affiksli forma eski oʻzbek tilida kam iste’molda boʻlib, ayrim yodgorliklarda uchraydi: Yүgүrүshdә zabunraqdur (Boburnoma). ...bularnың alыshы va berishi (Boburnoma).
-v/-uv/-үv affikli forma kam qoʻllangan: Ondыn ikki kishi boldы saqlav (SHN). Sifatdosh formalari. Turkiy tillarda sifatdosh predmetning belgisi boʻlgan ish-harakat va holatni hamda bevosita ish-harakat va holatni anglatadi. Sifatdosh formalarida belgi-harakat ma’nosi bilan birga, grammatik zamon ma’nosi ham mavjud boʻladi. Bu hol sifatdosh formalarining harakat nomi formalaridan farqlovchi asosiy belgisini tashkil etadi. Sifatdosh formalarini zamon nuqtayi nazardan quyidagi ikki asosiy gruppaga ajratish mumkin: 1) oʻtgan zamonni ifodalovchi sifatdosh formalari. Bu gruppaga -mыsh/-mish, -duq/-dүk//-tuq/-tүk,-gʻan/-gәn//-qan/-kәn,-an/-әn affikslari bilan hosil boʻluvchi formalar kiradi; 2) hozirgi - kelasi zamonni ifodalovchi sifatdosh formalari. Bu gruppani -r(-ar/-әr, -yp/-үr, -ыp/-up, -yyp/-yүr), -maz/-mәz//-mas/-mәs, -gʻu/-gү-qu/-kү, -gʻuchi/-gүchi//-quchы//-kүchi, -dachы/-dәchi//-tachы/-toʻchi, -gʻlы/-gli, -acы/-әsi va boshqa affikslar bilan hosil boʻluvchi formalar tashkil etadi. Oʻtgan zamon sifatdoshlari. -gʻan/-gәn (-qan/-kәn) affiksli sifatdosh eski oʻzbek tilining barcha davrlari uchun xarakterli boʻlgan va faol qoʻllangan. Qoʻllanishi, ma’no va funksiyalari: 1. Atributiv pozitsiyada qoʻllanib, aniqlovchini ifodalaydi. Aniqlovchi vazifasida kelgan –gʻan/-gәn affiksli sifatdosh atributiv oʻram tashkil etadi va ular gap transformatsiyasida boʻlishi mumkin: a) ega+kesimdan iborat oʻramlarda –gʻan/-gәn affiksli sifatdosh predikativ birikmani tashkil etadi: Cherik tushkәn yergә keldilәr (QR). Jumlamыz rāzimiz bu ikki ulugʻыmыz sөzlәgәn sөzgә (NF). b) soʻz birikmasi qolipida boʻladi: Rast sөzlәgәn xatunlar burch qыlsalar,... (TF). Vafa qыlgʻan kishilәrgә vafa qыl (MN); 2. -gʻan/-gәn affiksli sifatdosh otlashadi va ot bajaradigan sintaktik funksiyaslarda qoʻllanadi: Bu yaratыlgʻan sizlәrdә bolsa,... (QR). Meni yamanlagʻan halak boldы (NF). Seni kөrgәn өzindin yat bolur (MN). Otlashgan -gʻan/-gәn affiksli sifatdosh otga xos grammatik belgilarga ega boʻladi va shunga muvofiq har xil sintaktik funksiyalarni bajaradi: a) -lar/-lәr koʻplik affiksini oladi: Anың birlә bolgʻanlar... butgʻa tabыnurlardы (TF). Qamugʻ tugʻgʻanlar өldi (QR). Yana ermәn tegәnlәr zār bolgʻay (XSH). b) egalik affiksini oladi: Men tamām ālыm boldum, hech bilmoʻgoʻnim qalmadы (NF). Bu sizniң keltүrgәniңiz bizgә yaramas (QR); v) kelishik affikslarini oladi: Ul sorgʻanыңnы ketoʻrgil (NF). Yыqыlgʻanlargʻa andыn dastgirlik yetkәy (Navoiy MQ). 3. –gʻan/-gәn affiksli sifatdosh uchun, soң (soңra),birlә, kәbi, berү kabi koʻmakchilar bilan qoʻllanadi: Suv tartqan uchun ijrasыn beroʻyin (QR). Bu bir qorgʻannы algʻan bilә ne ish achыlgʻay(BN). 4. –gʻan/-gәn affiksli sifatdosh -tek qoʻshmchasini qabul qiladi: Tilәb SHavur ayыtgʻan-tek nishanыn //sorar shahzadanың turgʻan makānьn (XSH). Mugʻanniy musiqiy agʻaz qыldы//atasы torbasыnda yыgʻlagʻan-tek (SS). -mыsh/-mish affiksli sifatdosh eski oʻzbek tilining barcha davrlarida faol qoʻllangan boʻlib, uning grammatik ma’no va funksiyalarining taraqqiyot davrlari ikki bosqichga boʻlinadi: birinchi bosqich XV asrdan oldingi davrlarni, ikkinchi bosqich XV asr va undan keyingi davrlarni oʻz ichiga oladi. 1. Oʻzbek tilining oldingi davrlarida –mыsh/-mish affiksli sifatdosh formasining qadimgi grammatik ma’nolari va funksiyalari saqlangan, ya’ni: a) predmetning harakat belgisini koʻrsatib, aniqlovchi vazifasida keladi: Kelmish yollarыna yandыlar (Taf.). Bu qilmыsh ish birlә biz zalimlardыn bolur-miz (QR); b) egalik affikslarini qabul qiladi: Agar bu aymыshың sөz rast ersә,..(Taf.). v) kelishik affikslari bilan qoʻllanib, gapning ikkinchi darajali boʻlaklarini ifodalaydi: Eshitkil bu gʻazalda ishlәridin// Muhammad xoja beg aymыshlarыdыn (MN). Sham’un bulardыn qachmыshda suvsamыsh erdi (QR). 2. Oʻzbek tilining XV asr va undan keyingi taraqqiyot davrlarida –mыsh/-mish affiksli sifatdoshning grammatik ma’nolari va funksiyalari chegaralangan boʻlib, uning asosan oʻtgan zamon fe’li sifatida qoʻllanishi davom etgan. Oʻtgan zamon sifatdoshini yasovchi –duq/-dүk affiksi qadimgi yodgorliklar tilida –tuq/-tүk koʻrinishida ham qoʻllangan. Grammatik ma’nolari va funksiyalarijihatidan –mыsh/-mish affiksli sifatdoshga oʻxshaydi: Makka achыlduq kun boldы (Taf.). Yusufgʻa yыgʻladuqum kөzүmni aqardы (QR) Hozirgi - kelasi zamon sifatdosh formalari. -r affiksli forma. Bu affiks -r, -ap/-әr, -ur/-үr,-ыp/-up, -yyp/-yүp variantlarda qoʻllangan boʻlib, bulardan qaysi birining ishlatilishi shu affiksni qabul qiluvchi fe’l negizining xarakteriga, uning qanday tovush bilan tugagan boʻlishiga bogʻliq. Undosh bilan tugagan bir boʻgʻinli fe’llarning bir gruppasiga -ar/-әr, boshqalariga -ur/-үr variantlari (qach+ar,ket+әr, bar+ur, bil+үr), undosh bilan tugagan ikki va undan ortiq boʻgʻinli fe’llarga –yp/-үp variantlari qoʻshiladi (qaytar+ur,eshit+үr, urush+ur, keltүr+үr,qaytarыl+ur, kөrsoʻtil+үr kabi). Ba’zi manbalarda undosh bilan tugagan ayrim fe’llarga –ыp/-up formasida qoʻshilishi ham uchraydi. Unli bilan tugagan fe’llarga -r yoki -yur/-yүr variantlari qoʻshiladi (bashla+r yoki bashla +yur, ishlә+r yoki ishlә+yүr). Yozma yodgorliklardan ma’lum boʻlishicha, turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlarida unli bilan tugagan fe’llarga -yur/-yүr variantlari qoʻshilishi xarakterli boʻlgan. Masalan, Oʻrxun-Enisey va qadimgi uygʻur tili yodgorliklarida bunday fe’llarga asosan –yyp/-yүp variantlari qoʻshilgan, XI- XII asrlarga oid QB, HH va boshqa manbalarda ham koʻpincha shu variantlari qoʻshilgan. Unli bilan tugagan fe’llarga -r yoki -yur/-yүr qoʻshilishi haqida Mahmud Koshgʻariy ham ma’lumot bergan. Uning koʻrsatishicha, bunday fe’llarga -r oʻrnida –yyp/-yүp qoʻshilishi XI asrda argʻular tili uchun xos boʻlgan. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling