1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
43.Belgilash olmoshi. Belgilash olmoshlari. Aksariyat adabiyotlarda bunday olmoshlar birgaolik, birgalik-belgilash olmoshlari deb yuritilgan.
Eski oʻzbek tilida ikki guruh belgilash olmoshlari qoʻllangan: Yakkalikni koʻrsatuvchi belgilash olmoshlari. Toʻdani, guruhni koʻrsatuvchi belgilash olmoshlari. Yakkalikni ajratib koʻrsatuvchi belgilashьolmoshlariga har va uning ishtirokida hosil qilinganolmoshlar hamda eski oʻzbek tilining dastlabki davrida faol qoʻllangan, lekin XV asrdan keyin passiv qatlamga oʻtib ketgan tekmә olmoshi taalluqlidir. Toʻdani, jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshlariga arxaik qamuq// qamugʻ, turkiy qatlamga xos boʻlgan barcha, barы, barlыq, fors va arab tillariga xos boʻlgan ba’zы, hama (hamma), tamām, jumla, jam’, majmu’ olmoshlari taalluqlidir. Har olmoshi fors tilidan oʻzlashgan va eski turkiy tilda XI-XII asrlardan boshlab qoʻllana boshlagan hamda eski oʻzbek tilida uning keng qoʻllanishi boshlangan: Har yыl anы xazāna qыlgʻaylar (Navoiy). Soʻroq olmoshlari bilan birga kelib murakkab belgilash olmoshlarini hosil qilgan: har kim, har qayan, har nimә, har qaysы, har nechә, har nechүk, har qachan, har qayda, har ne. Har ne eski oʻzbek tilida olmoshlik xususiyatini saqlab qolgan: Meniң har ne hālыmnы bilmish yediң (Munis). Har ne desәm qabul qыlgʻaymu-sen (Navoiy). Har ne olmoshi hozirgi oʻzbek tilida semantik oʻzgarishga uchragan va modal soʻzlar turkumiga oʻtgan. Tekmә asl turkiy belgilash olmoshidir. Bu olmosh ham XIV asr boshlariga qadar mustaqil qoʻllana olgan: Chыqqay hazār halqa kөңүl tekmә sachtыn (Lutfiy). Bu olmosh kelishik qoʻshimchalarini ham olgan: Suchulmыsh tekmәlәrgә tan libāsыn (Xisr. va Sh.). Tekmә olmoshi hozirgi turk tilida hamon qoʻllanmoqda. Toʻdani bildiruvchi olmoshlar. Barcha (bar+cha) birgalik olmoshi kishi, narsa va hodisalarning mavjud yigʻindisi ma’nosini anglatgan: Barcha tapыlur bizgә vale yār tapыlmas (Lutfiy). Tүgәndi barcha sөz (Navoiy FSh). Barcha bir yolы ypyshqa kirdi (SHN). Bari (bar+ы) olmoshi barcha, hamma soʻzlari kabi birgalik ma’no anglatgan: B a r ы alamga tāj (Navoiy XA).Barы pari misālы (SHN) . Qamuq// qamugʻ olmoshi eski oʻzbek tilinning XV asrlarga oid yozma manbalarida iste’molda boʻlgan. Shuningdek, XVII — XIX asrltsrda bitilgal ayrim yozma manbalarda uchraydi va barcha olmoshi kabi ma’no anglatadi: Qa m u q elgә berib (Lutfiy). Bizgә boldы qamugʻ eliң ornы (Sh tar.). Hama (hamma} birgalik olmoshi XV asrdan keyin yozilgan yozma manbalarda qoʻllangan: Hama atvārы hikmatgʻa muvāfыq (ShN). H a m a aytur Huvayda nechүn yыgʻlar-sen (Huvaydo). Hama olmoshi ayrim adabiyotlarda qamuq olmoshining fonetik oʻzgarishi deb izohlanadi. Bu fikr yanglish boʻlib, aslida arab tilidagi hum (ular) va fors tilidagi hama (barcha) olmoshlarining oʻzbek tiliga oʻzlashishi deb qarash oʻrinli boʻladi. Jumla birgalik olmoshi arab tilidan oʻzlashgan barcha, hamma olmoshlariga ekvivalentdir: J u m l a ālamga ishi qahr olub (Navoiy HA). Jumla jahān ahlыgʻa rāhat yetүrүb (Nodira). Ba’zы olmoshi arab tilidan oʻzlashgan, guruh, toʻda ma’nosini ifodalaydi, kelishik, egalik, koʻplik affikslarini ham qabul qilgan: Ba’zыdыn gahi birәr yaxshы bayt vaqe’ bolur (Navoiy MQ). Ba‘zыn ы muңә keltүrgәndүr (Navoiy MN). Ba’zыlargʻa orun berdi (Sh tar.). Tamām (tamāmiy, tamāmat) olmoshi arab tilidan oʻzlashgan barcha, hamma olmoshlari ma’nosida qoʻllangan: Stunlarы t a m ā m i y tashtыn (BN). Tamām mogʻul va tatar elini lәshkoʻrini jamь qыlыb (Sh tar.). Jam’, jam’i olmoshi arab tilidan oʻzlashgan: Hindustannың jam’i rudlarыnың bu xāsiyatы bar (Boburnoma). Jam’ vilāyatlarnы musaxxar qыlыb...(Sh.turk). Majmu’ olmoshi ham arab tilidan oʻzlashgan: Majmu’in anың qashыgʻa qoydы (Xamsa). Qыldы yagʻmā kөzlәriң majmu’i Turkistānnы (Sakkokiy). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling