1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Buyruq-istak maylining II shaxs koʻplik formalari


Download 224.54 Kb.
bet57/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

Buyruq-istak maylining II shaxs koʻplik formalari.
Eski oʻzbek tilida buyruq-istak maylining II shaxs koʻpligi uchun quyidagi formalar qoʻllangan:
(undoshdan keyin: -ың/-iң//-uң/-үң). Eski oʻzbek tilining barcha davrlarida keng qoʻllangan: Ey pari ruxsarlar, bizgә nigah әylәb otың//bir nazar birlә gadanы padshah әylәb otың (Lutfiy).Өzgә qыlmaң bu degәn sөzүmni (SHN).
-ңыz/-ңiz(undoshdan keyin: -ыңыz/-iңiz//-uңыz/-uңiz//-uңuz/-үңүz).Bu forma eski oʻzbek tilida nisbatan kam qoʻllangan: Ahbab, yigitlikni gʻanimat tutuңuz//өzni qarыlыq mehnatыdыn qorqutuңuz (Navoiy MQ). Bu kishigә ul chaqlы nimәrsә beriңiz (Sh.tar.)
-ңlar/-nlәr(undoshdan keyin: -ыңlar/--iңlәr//-uңlar/-үңlәr) affiksi bilan yasalgan forma eski oʻzbek tilida kam qoʻllangan: Anda barыb, otav suqub keliңlәr (Sh.tar.). Xizmatыmы yaxshы qqыlыңlar bilib (Muqimiy).
-ңыzlar/-ңizlәr (undoshdan keyin: -ыңыzlar/-iңizlәr) affiksi bilan yasalgan forma ham eski oʻzbek tilida kam qoʻllangan: Atayi haqыn anda istoʻңizlәr (Atoiy). Faryad qыlыb aytыb turur: meni өtkoʻziңizlәr teb (Sh.tar.).
III shaxs formalari. Buyruq-istak maylining III shaxs birlik formasi eski oʻzbek tilida –sun/-sүn affiksi bilan hosil qilingan (barsun, kelsүn), koʻplik formasi esa birlik formasiga –lar/-lәr affiksini qoʻshish bilan hosil boʻladi (barsunlar, kelsүnlәr). Bu affiksning –sыn/-sin formasi oʻtmishda oʻgʻuz va qipchoq gruppasidagi turkiy tillar uchun xarakterli boʻlib, oʻzbek tilida asoan XIX asrdan boshlab uchraydi.
Alisher Navoiy asarlarida buyruq-istak maylining III shaxs birlik ma’nosi fe’l negiziga –dik qoʻshilishi bilan ham ifodalangan. Bu affiks faqat yumshoq variantda boʻlib, singarmonizm qonuniga boʻysunmaydi: Chekibtүr sa’y etib bisyar-bisyar/ yүdik bashtыn ayaq zinhār-zinhār. Yugʻandыn soң suyub ayvandыn aldik/ haririn suvgʻa yāxud otgʻa saldik (Farhod va SHirin).
Keltirilgan misollardagi yudik, aldik, saldik fe’llari yuvsin, olsin, solsin ma’nosini ifodalaydi.
Shart mayli. SHart mayli formasining yasalishida eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida deyarli farq yoʻq.
Shart mayli affiksi eski oʻzbek tilida –sa/-sә koʻrinishida qoʻllangan: barsa, kelsә kabi. Bu affiks dastlab –sar/-sәr formasida qoʻllangan: barsar, kelsoʻr kabi.
Shart mayli formasiga shaxs-son qoʻshimchalarining qoʻshilishi quyidagicha boʻlgan:
1. Shart mayli affiksi –sar/-sәr formasida qoʻllanganda, shaxs-son affikslarining faqat toʻla variantlari qoʻshilgan: barsar-men, kelsәr-sen, barsar-biz kabi.
2. –sa/sә formasida qoʻllanganda, shaxs-son affikslarining qisqargan variantlari qoʻshilgan: barsam, kelsoʻm, barsalar kabi.
XI-XIV asrlarda esa toʻla variantlari ham qoʻshilgan: barsa-men, kelsoʻ-sen kabi.
Shart fe’lining analitik formalari:
-sa/-sә erdi: Tapsam erdikim, nedur andыn murād (Navoiy LT). Kashki Yusufnы kөrmәsoʻ erdim (QR).
-di/-dы//-ti/-tы ersә: Qoydum ersә bu mashaqqat jānыma (Navoiy LT). Idris shagirdi birlә muңa tapыndы ersә, biz ham tapыnur-biz (QR).
-mыsh/-mish ersә. Kel, meniң bagʻrыmnы kөr, yuz pāra har bir dagʻыda// kөrmish ersәң bagʻara gar lālai sadbarg kam (Munis).
Aniqlik maylida har uchala grammatik zamon mavjud: oʻtgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. Aniqlik maylidagi har bir zamon bir necha formani oʻz ichiga oladi va bu formalar shu zamon chegarasida turli ma’no ottenkalarini ifodalashga xizmat qiladi.
Oʻtgan zamon fe’llari. Oʻtgan zamon fe’li tuzilishi jihatidan dastavval quyidagi ikki gruppaga boʻlinadi: 1) oʻtgan zamon fe’lining sodda (sintetik) formalari; 2) oʻtgan zamon fe’lining analitik formalari. SHuni aytish lozimki, oʻtgan zamon fe’llari –di/-dы/-ti/-tы affiksli fe’l formalari va fe’lning sifatdosh, ravishdosh shakllariga tuslovchi affikslarning qoʻshilishidan hosil boʻladi.
Oʻtgan zamon fe’li sodda (sintetik) formalari eski oʻzbek tilida quyidagicha hosil qilinadi:

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling