Partavedur ul tabassumdinki jān derlar ani,
Soyayi sarving durur hamki ravān derlar ani.
Yoki:
Mahvashim, bir nazar etsoʻng, ne nimaң өksүgүsi,
Banda sari guzar etsoʻng, ne nimәng өksүgүsi... va h.o.
Lutfiy asarlari leksikasida asosiy oʻrinni turkiy soʻzlar tashkil etadi. Ma’lumki, oʻzbek klassik adabiyoti asarlari leksikasida fors-tojik va arabcha soʻzlar umumleksikaning aksariyat qismini tashkil qiladi. Lekin Lutfiy ijodida buning aksi koʻrinadi. Masalan, «Tā jamāliңdin tushubturmen», «Өltүrүur hijrān meni» jumlalari bilan boshlanuvchi gʻazallarida 191 leksema qatnashgan boʻlib (ayrim soʻzlarning takrori ham hisobga olingan), shundan 104 tasi turkiydir. Ma’lum boʻladiki, Lutfiy ijodida turkiy soʻzlar 55 va undan ortiqroq foiztni tashkil etadi.
Lutfiy asarlarining dialektal negizi masalasi ham ancha chigal masalalardan biridir. Lutfiy ijodini ma’lum bir shevaga keskin ravishda bogʻlab boʻlmasa-da, unga singarmonizmli shevalar asos boʻlganligini aniqlaymiz. Uning she’rlarida lab va (tanglay) palatal singarmonizmga koʻplab misol keltirish mumkin: Masalan, til oldi lablangan unlilar uyushib keladi:
Kөңүl tā āraziңgʻa boldi mushtāq,
Kөzүmdoʻ gāh qizil gүldүr, gāhi aq (128-bet).
Til orqa lablangan unlilar uyushib keladi.
Meni kөrdүrgәli ul kөzi otluk (oʻtluk)
Kөngүlni tash etoʻr, gʻamzani chaqmaq (128).
Qogʻul (qoygʻul) xatā yolni dagʻi mushk izdama sabā,
Chin sachidek chү mushk Xitād Xotanda yoq.
Aksariyat soʻz va soʻz formalarida palatal garmoniya saqlanadi.
Bashimgʻa sāya sal, ey sarvi chalāk (kelishgan)
Ki gүldektur yaqam hajr ilkidin chāk.
Lutfiy asarlarida qadimgi turkiy hamda oʻgʻuz guruh tillarga xos leksik morfologik xususiyatlar aks etgan. Qadimgi turkiy tilga oid dudoq (110) qamuq, irin, qaroq, yozuq, oʻgun (Yүzigә sachtin үchүn tegmәsүn parishānlik), yovutmak v.b. Oʻgʻuz guruh tillar va shevalarga oid grammatik formalar: joʻnalish kelishigining -ә (a) affiksi bilan ifodalanishi.
Qorqarki, rahmi kelzoʻ kөzum tungi yashina,
Yashtek sorar meni barur olsam chү qashina. Yoki:
Aqiqiңni sorayin desam, aytur:
«Yaman andishalikni fikrina baq».
Qadimgi turkiy tilga oid vosita kelishigi elementlari ham uchraydi:
Sensizin qilmay tahammul nāla qilsam, qilma ayb,
Gar bu yuk yuklansa taqqa, kelgoʻy avdin yuz sadā.
Yoki:
Nigārā, sensizin mandin (har kimdin) ne hāsil?
Agar jān bolmasa tandin ne hāsil ?
Kelasi zamon fe’lining gʻarbiy tillarga xos formasi Lutfiy ijodida koʻplab qoʻllangan:
Qaramak ham vafāsizlar bikin,
Bolmagʻaysan ichi kufri tashidin. (314-bet)
Yoki:
Tapqamen deb vaslidin bir kun davā
Tartaram dāim firāqiң dardini. (310-bet)
Ma’lum boʻladiki, Lutfiy asarlari tili eski oʻzbek tili xususiyatlarini boshlab beruvchi vosita boʻlib xizmat qilsa, asarlarining soddaligi xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalanishi asar tilining ham sodda va xalqqa tushunarli boʻlishini ta’minlagan.
Lutfiyning til imkoniyatlaridan foydalanish mahorati haqida, «Oʻzbek adabiyoti tarixi» asari batafsil ma’lumot beradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |