1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Kulichur bitiktoshi matnidagi tub so‘zlar


Download 224.54 Kb.
bet63/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

75.Kulichur bitiktoshi matnidagi tub so‘zlar

76.“Oltun yoruq”dagi so‘z birikmalari.

77.Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar she’riy asarlari matni ustida ishlash



  1. Atoiy, Sakkokiy. Lutfiy g‘azallari, asarlari matni ustida ishlash

ATOIYNING TUTGAN OʻRNI
«Nazm dengizining tubiga shoʻngʻib, she’riy durlar» yaratishiga intilgan Atoiy oʻzbek dunyoviy adabiyotining Navoiyga qadar yetishgan atoqli namoyandalaridan biridir. Atoiy adabiy merosi bilan tanishar ekanmiz, uning xalq ogʻzaki ijodini yaxshi bilganligi va ulardan ijodiy foydanlanganligini sezamiz.
Atoiy xalq qoʻshiqlarining tili soddaligi, ravonligi va musiqiyligidan ham ilhomlanadi va uni oʻrganadi. U oʻzining 260 ta gʻazalidan 109 tasini xalq qoʻshiqlari vaznida yaratgan. Bu narsa uning xalq tili boyliklaridan bahramand boʻlib, ijod etganligini koʻrsatadi.
Atoiy xalq maqollari va ta’birlariga katta e’tibor beradi. U xalq maqollaridan foydalanish bilan oʻz gʻazallarining mazmunini ham, til badiiyligini ham boyitdi. Atoiy xalq maqollarini aynan keltiradi va ularning mazmunini she’riy misralarga singdyradi:
Boldi bagʻrim suv gʻamingdin, yaxshiliq, sal sugʻa,
Axir, ey gүl, xirmānni, albatta, Zar ekkoʻn orar,
Vasl noshi dunyāda bolmas, Ataiy, nishsiz...v.b.
Bundan tashqari, Atoiy xalq tiliga xos hazil-mutoyiba tarzida aytilgan misralardan, mohirona foydalandi. Lekin u yengil kulgiga jiddiy tus beradi. «Yүzigә kөp tikoʻ baqsam, maңa kүlib aytur», «Ataiy, ne Kuzi toymas gadā emishtuksen?».
Atoiy xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalanib, original oʻxshatish, kinoya, mubolagʻa, tajohuli orifona, lof kabi badiiy tasvir vositalarini yaratadi.
Shoir omonim soʻzlar va turli birikmalar vositasi bilan chiroyli soʻz oʻyinlari yasaydi va goʻzal mumtoz tuyuqlar namunasini yaratdi.
Desangkim: «Jān sipar qilgʻil Atayim».
Turubmen ushmunaq өldүr, at ayim...
Yүzingay, ey malāhat xani, bir ach,
Toya kөrsүn seni bu mustāhiq ach.
Atoiy asarlarining tili Oltin Oʻrda yodgorliklarining tilidan farq qiladi. Chunki Atoiyda qipchoq tili unsurlari ustun darajada edi.
Atoiy gʻazallarida quyidagi til xusisiyatlarini uchratish mumkin. Joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi -ga (-goʻ, -koʻ) —qa affikslari bilan birga -a shaklida ham uchraydi: kөnlүmoʻ, yүzimoʻ, yүzinoʻ, bizoʻ, sizoʻ, kabi.
Mim agʻzi bila zulfi qaddi lam – alifdan,
Ey vay, netoʻy xasta kөngul qaldi alamgʻa.
Joʻnalish kelishigining -a, -na, -ma kabi qoʻshimchalari hozirgi j- lovchi oʻzbek shevalarida ham uchraydi. Lekin bu shakl aslida oʻgʻuz tiliga xos xususiyatdir.
Oʻrin-payt va chiqish kelishigi qoʻshimchalaridan oldin bir n tovushi orttiriladi.
Garchi āhuyi Xotandir bexatā bilman nedin,
Chinu Māchin lālazārinda qilur sayrān kөziң.
Ul sanamkim sүv yaqasinda paritek olturur,
Gʻāyati nāzuklikindin sүv bilә yүtsoʻ bolur.
Sifatdosh yasovchi qoʻshimcha -gan shaklida ham, -an shaklida ham uchraydi. Masalan: qilan — qilgʻan, alan - algʻan kabi.
Buyruq fe’lining birnchi shaxs koʻpligi fe’l negizlariga -aling affiksini qoʻshish orqali yasaladi: boraling, kelaling, alaling kabi. Bu hol «Muhabbatnoma»da ham uchraydi.
Atoiy gʻazallarida leksik jihatdan quyidagi soʻzlarni uchratish mumkin: ukush -koʻp, ariq - toza, baqmaq-qaramoq, meң-xolning kattasi, qamuq-hamma, asruk-mast, dudoq-lab, ajun-dunyo, neң-narsa, iydgāh-sayilgoh kabilar.
Umuman, Atoiy gʻazallari tilida XV asr boshidagi oʻzbek adabiy tiliga xos akas etadi. Shoir oʻz asarlari bilan oʻzbek dunyoviy adabiyotigagina emas, balki oʻzbek adabiy tili taraqqiyotiga ham munosib hissa qoʻshdi.

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling