1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
OʻZBEK ADABIY TILI TARAQQIY
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
OʻZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR
SAKKOKIYNING TUTGAN OʻRNI Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, Movarounnahrda shuhrat topgan shoirlardan biri Sakkokiydir. U Ulugʻbek zamonida yashab ijod etgan. Shoir gʻazallar va qasidalar bitgan. Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib, original tasviriy vositalar yaratishga intiladi. U tazod, tanosib, jonlantirish, laf va nashr kabi usullardan foydalanadi, oʻxshatish, mubolagʻa, majoz va boshqa turdagi tasviriy vositalarga murojaat qiladi. Natijada, xalq ogʻzaki ijodiga xos boʻlgan xalq, qoʻshiqlari uslubida gʻazallar yaratdi. Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan boʻlsa-da, yozgan gʻazallaridan uning soʻz oʻyiniga usta shoirligi koʻzga tashlanadi. U xalq maqollari bilan oʻz gʻazallarining mazmunini ham, tilini ham boyitdi. Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janri boʻlgan qasida yozish sohasida munosib qalam tebratdi. Ma’lumki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va harbiy voqealarga bagʻishlab yoziladi. Ulugʻbekka atab yozgan qasidalarida shoir uning ilmiy va siyosiy faoliyatini maqtaydi. Ulugʻbekni «Sulaymāni zamān», «Noʻshiravān», «Shubān», «Atādin mehribān», «Xurshidi zamān» kabi sifatlar bilan ulugʻlaydi. Qasidaga xos bunday uslubni Sakkokiydan keyingi shoirlar ham davom ettirdilar. Sakkokiy asarlarida qipchoq tili unsurlariga nisbatan oʻgʻuz tili yoki gʻarbiy adabiy til an’anasining ta’siri kuchlidir. Bu asarlarda ayla, qalma kabi koʻmakchi fegʻllar uchraydi: Gul yuzungni orzulab, yuz koʻzni gulzor ayladi. Shuningdek, oʻtgan zamon sifatdoshi fe’l negiziga -mish affiksini qoʻshish orqali yasalgan. Ma’lumki, bu qoʻshimcha Oʻrxun-enasoy yozuvlarida ham, undan keyingi yodnomalar tilida ham keng qoʻllanadi. Sakkokiydan keyingi shoirlarda esa bu qoʻshimcha siyrak uchraydi. Masalan, «Tun chaman ichrә niqābin almish ul gүl yүzidoʻn», «bol» fe’li va uning oʻgʻuz tillariga xos boʻlgan «ol» shakli shoir asarlarida parallel qoʻllanadi: Adālat bagʻi sabz oldi, chү Noʻshiravān keldi. Sakkokiy asarlarida keluvchi «bikin», «yaңligʻ» soʻzlari «kabi», «oʻxshash» degan ma’nolarni ifodalaydi. Bu soʻzlar Alisher Navoiygacha boʻlgan shoirlarning hammasida uchraydi. Sakkokiy asarlarining yana oʻziga xos tomoni shundaki, Atoiy tiliga nisbatan unda tojikcha-forscha soʻz va iboralar koʻp uchraydi. Masalan: koʻhkan - togʻ qoʻporuvchi, jankan-jon oluvchi, garat-barbod kabilar. Umuman, Sakkokiy ham oʻzbek adabiy tilini rivojlantirishga samarali hissa qoʻshgan shoirlardan biridir. Lutfiy gʻazallari, dostonlarining tili juda yengil va xalqqa tushunarlidir. Lutfiy gʻazallarining va umuman she’riyatining mazmunliligining, badiiyligining yuqoriligi xalq ogʻzaki ijodi materiallaridan hamda jonli tilga xos boʻlgan soʻz va iboralardan unumli foydalanganidandir. Lutfiy she’ridagi misralar ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlab koʻrsatish uchun koʻproq turkiy soʻz va soʻz birikmalaridan radif sifatida foydalanadi. Masalan: Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling