1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Nodira, Uvaysiy, Ogahiy g‘azallari, asarlari matni ustida ishlash


Download 224.54 Kb.
bet67/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

Nodira, Uvaysiy, Ogahiy g‘azallari, asarlari matni ustida ishlash

Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qoʻllanib, keyingi bir soniga -dәn,-din affiksi qoʻshilib, taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdәn gahi guftāra ach (Nodira).
Biz olmoshi birlik ma’nosida ham qoʻllangan: Bizni rasvai jahan etti yad oʻylәmәdiң (Nodira).
Tushum, oʻrin-payt va chiqish kelishigi affikslari өz olmoshiga toʻgʻridan-toʻgʻri qushilgan: Өzni nechә kүn nākām tut (Nodira).
Ne olmoshi toʻliqsiz fe’llar birga qoʻllana olgan va fe’l tarkibiga oʻtgan: Yүz salām aydыm ne bolgʻay (Nodira).
Jumla birgalik olmoshi arab tilidan oʻzlashgan barcha, hamma olmoshlariga ekvivalentdir: Jumla jahān ahlыgʻa rāhat yetүrүb (Nodira).
Hech kimsә (hech kimәrsә) olmoshi ham hech kim olmoshiga ekvivalent boʻlgan: lmas anың tәkәllүmini hech kimsә rad (Nodira).
Sodda sanoq sonlar eski oʻzbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga koʻra qattiq va yumshoq variantlarda qoʻllangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha koʻrinishga ega: bir soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: bir birigә qatыla berdilәr (Amiriy).Biri birigә baqmay (BN).
XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi: Bыr-bыrыgʻa namahram et (Uvaysiy).
Oʻzlik olmoshi. Eski oʻzbek tilida өz olmoshi faol qoʻllangan. Өz olmoshi dastlab ot turkumiga oid soʻz boʻlgan va oʻzlik, vujud, jon, ruh kabi ma’nolarni bildirgan. Eski oʻzbek tilida ham өz olmoshining bu ma’nolari ayrim oʻrinlarda saqlanib qolgan: Yey sanam, өzni (vujud) bizgә naāshna tākoʻy (Uvaysiy).
Nechүk olmoshi ham sabab ma’nosini ifodalaydi: Bu olmoshning ba’zan nүchүk fonetik varianti ham qoʻllangan: Men nүchүk majnun kәbi rasvāi ālam bolmayыn (Uvaysiy).
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarga arab, fors-tojik hamda hind tillaridan ba’zi sanoq sonlar oʻzlashgan, oʻzlashgan sanoq sonlar oʻz formalarida qoʻllangan. Fors-tojikcha: s a d h a z a r (Lutfiy); y a k –yak(Ogahiy);
Faqыr va bu faqыr soʻzlari Navoiy, Abulgʻozi Bahodirxon, Ogahiy, Muqimiy asarlarida qoʻllangan: F a q ы r alar sarы barurgʻa muvaffaq boldum (Navoiy MN). Faqыr taraf tutub yalgʻan aytgʻan bolgʻay-men (SH turk)
XV asrdan boshlab men olmoshi oʻrnida faqыri-haqыr, faqыru-haqыr soʻzlari birikmasi ham qoʻllana boshlangan, ba’zan bu olmoshini faqыri haqыr soʻzlardan oldin koʻllash Navoiy hamda Ogahiy asarlarida uchraydi: Faqыri-haqыr yad tuttum kim... (Navoiy MN). B u f a q ы r i-h a q ы r ham kim bu ulugʻ xānadānnың, qadimiy bandasы va bu baland āstannың samimiy sarafkoʻndәsidүr-men (Ogahiy).
Birәv gumon olmoshi kimsa olmoshi ma’nosida qoʻllangan: Birәv ishq ichrә qыldы qumrы (Ogahiy).




Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling