1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Fe’lning funksional formalari


Download 224.54 Kb.
bet52/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

46.Fe’lning funksional formalari.
Fe’lning funktsional formalari. Eski oʻzbek tilida harakat nomi formalari. Ravishdosh. Sifatdosh.
Fe’lning nutqda qoʻllanishga xoslangan shakllari uning funktsional (amaliy) formalaridir. Fe’lning ayrim formalari kelishik, egalik affikslarini ham qabul qiladi, gapda ot va boshqa soʻz turkumlari funksiyasini bajarib, ega, aniqlovchi, toʻldiruvchi yoki hol vazifasida ham kela oladi. Shunga koʻra, bunday formalar fe’lning grammatik funktsional formalari hisoblanadi. Fe’lning grammatik funktsional formalarini sof fe’l, harakat nomlari, sifatdosh va ravishdosh formalari tashkil etadi.
Fe’lning grammatik funktsional formalarida, bir tomondan, fe’lga xos belgilar mavjud boʻlsa, ikkinchi tomondan, morfologik xususiyatlari va sintaktik funksiyalari boʻyicha bu formalar boshqa soʻz turkumlariga ham yaqin turadi. Bu jihatdan sof fe’llar faqat fe’llarga, harakat nomlari otga, sifatdosh formalari sifatga, ravishdosh formalari ravishga yaqin turadi.
Harakat nomi formalari. Ular ish-harakat va holatning atamasidir. Eski oʻzbek tilida harakat nomining quyidagi formalari amalda boʻlgan:
-maq/-mәk affiksli forma. Bu forma harakat nomining asosiy koʻrsatkichi sifatida faol iste’molda boʻlgan.
Joʻnalish kelishigining -a,affiksi qoʻshilganda, -maq/-mәk affiksining oxiridagi [q], [k] undoshlari ikki unli oʻrtasida jaranglilashib, [gʻ], {g] undoshlariga oʻtadi: Qachmagʻa yүz evүrdi (QR), baqmagʻa imkan yoq (MN).
Egalik affiksi qoʻshilganda ham -maq/-mәk affiksi tarkibidagi jarangsiz [q], [k] undoshlari jarangli (gʻ), [g] undoshlariga oʻtishi mumkin: Bu yazuqdan qutulmagʻыm muhal esә,... (SS). Bir nafas sabr etmәgi yoq (SS).
-maq/-mәk affiksli harakat nomining boʻlishsizlik ma’nosi ikki xil yoʻl bilan ifodalangan:
a) -ma/-mә affiksli boʻlishsiz formadagi fe’lga -maq/-mәk qoʻshilishi bilan: Tilәnmәmәkkә davlatыndan mahrum dururlar (SS).
b) sifatdoshning -mas/-mәs affiksli boʻlishsiz formasiga -lыq[-lik affiksi qoʻshilishi bilan (-mas+lыq//-maz + lыq): Menim sөzim eshitmәzlik uchun (TF). Ogʻlan bilmәslikindin qыlur (QR).
Harakat nomining -maq/-mәk affiksli formasi ot turkumidagi soʻzlar kabi egalik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qiladi, kelishiklar bilan turlanadi, koʻmakchilar bilan qoʻllanadi:
1. -maq/-mәk affiksli harakat nomi egalik affikslari bilan qoʻllanganda, fe’l negizidan anglashilgan ish-harakatning qaysi shaxsga qarashli ekanligi koʻrsatiladi: Menim qurtulmagʻыm anda turur (TF). Sen әsrүk kelmәkiң munda xata ul (XSH).
2. -maq/-mәk affiksli harakat nomiga qoʻshilgan -lar/-lәr affiksi odatdagi koʻplik ma’nosini emas, balki fe’l oʻzagidan anglashilgan ish-harakatning sub’ekt bilan moslashuvi uchun xizmat qiladi: Yusufnы өltүrmәklәri ikkidin hali ermәs erdi (QR). Netәk kim yigʻlamaqlarыnы eshittim,...(NF).
3. Ot oʻrnida qoʻllangan bosh kelishikdagi -maq/-mәk affiksli harakat nomi asosan ega, ba’zan kesim yoki aniqlovchi vazifasida keladi.
Egasi –maq/-mәk affiksli harakat nomi bilan ifodalangan gaplarning kesimi asosan ot yoki ot turkumidagi soʻzlar bilan ifodalanadi: Ibrahimgʻa qonuq tilәmәk fariza erdi (QR). G‘iybatlmaq uluq yazuqlardыn turur (NF).
-maq/-mek affiksli harakat nomi kelishik affikslari bilan qoʻllanganda har bir kelishik formasining xarakteriga muvofiq ravishda turli sintaktik vazifalarni bajaradi: Azыnlar aybыnы kөrmәkni qoygʻыl (XSH). Ilm өgrәnmәkkә keldim (QR). Andыn yaranlarы qattыq sөzlәmәkdin yыgʻdыlar (TF).

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling