1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet42/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

Bu olmoshi XVIII-XIX asrlarda bul variantida ham qoʻllangan. Uning tafsiloti quyiroqda beriladi.
Ul olmoshi soʻzlovchiga masofa jihatdan uzoqroq boʻlgan predmet va uning belgisini koʻrsatish uchun qoʻllangan va bu jihatdan bu olmoshi bilan zidlanishni (oppozitsiyani) hosil qilgan: Gʻamza birlә tөkti qanыm ul sanam (Lutfiy).
Ul olmoshining u varianti ham iste’molda boʻlgan: Mahsharda gʻālыbākim, u kүn kөrmәgәy azāb (Lutfiy).
Ilmiy adabiyotlarda ul (u) olmoshining ān varianti haqida fikr yuritiladi, aslida ān olmoshi fors tilidan oʻzlashgan boʻlib, fonetik jihatdan ul olmoshiga aloqasi yoʻq.
Ul olmoshining kelishiklar bilan turlanish xususiyatlari ul kishilik olmoshi bilan aynandir.
Ush soʻzi haqida. Ilmiy adabiyotlarda bu soʻz olmoshlar tarkibiga kiritiladi, lekin uning matndagi qoʻllanish xususiyatlari boshqa olmoshlarga quyiladigan morfologik talablarga javob bermaydi, ya’ni u kelishik va koʻplik affikslarini qabul qilmaydi, lekin koʻrsatish olmoshi semantikasiga mos kela oladi, demak, u grammatikaning asosiy talabi, ya’ni kategorial belgilarni qabul qilmas ekan, uni olmoshlar tarkibidagi masalada munozara mavjud.
Ush soʻzi hozirgi oʻzbek tilidagi mana3 soʻziga ekvivalentdir. Ma’lum boʻladiki, mana soʻzi olmosh deb e’tirof etilmayotgan ekan, ush soʻzini ham olmosh deb qarash mumkin emas, lekin bu soʻz XIII-XIV asr yodgorliklarda faol qoʻllangan: Qadah yevrүldi ush bostān ichindә (MN). Zulfuң dagʻы ul kāfur ush imān aladur-la (Lutfiy). Lekin bu soʻz ushbu, oshul, oshal, shul olmoshlarining hosil boʻlishida qatnashgan.
Ushbu (ush+bu) olmoshi nutq momentidagi predmet va belgini koʻrsatadi: Ushbu dam erүr jānnың futuhi (MN). Lekin bu soʻz oʻzgarishlar yuz bergan, orttirma -n paydo boʻlgan, b tovush -m sonoriga oʻtgan: Lutfiy — munda; Yaqiniy — munuң-dek.
Oshul (ush//osh+ul) koʻrsatish olmoshi XV—XIX asrlar yozma manbalarida iste’molda boʻlgan, tinglovchiga oldindan ma’lum shaxs, narsa hodisalarni koʻrsatadi: Faryādыm oshul yergә yetibtur (Lutfiy). Oshul yerdә yattuq (Sh. tar.).
Oshal (ush//osh+ul//al) olmoshi oshul olmoshining variantidir: Oshal kүnkim meni yazdān(olloh) yarattы (MN). Oshal suvlarnың aralarыnda oltururlar erdi (Sh.tar.).
Osha, oshu olmoshlari ushbu, oshul, oshal olmoshlarining qisqargan shaklidir: Oshu sөz birlә (SHN). Osha үstүndә toң birlә muz bar turur (OʻN).
Shul (ush/osh/sh+ul) olmoshi bu, u, oshul, oshal olmoshlarining fonetik oʻzgargan va qisqargan shaklidir: Shul yerүr aybыm Muqimiy, mardumi Fargʻāna-men (Muq.). Shul zamānkim alur Urgәnchni ol/ salur, albatta, Xurāsān sarы yol (SHN).
Shul olmoshi bu olmoshining bul shaklida shakllanishiga ham sabab boʻlag, chunki shul-bul analogiyasi va oppozitsiyasi uchun u qulaylik tugʻdirgan. Aksincha, bu olmoshi shul olmoshiga oppozitsiyada turib, uning ta’sirida shu variantini yuzaga keltirgan.
әnә, mәnә, muna soʻzlari ham semantik jihatdan olmosh funksiyasiga yaqin turadi, lekin ular aslida koʻrsatuv undovlaridir. oʻne qaddu, әnә husnu, әnә xulq (Furqat). Muna sөziniң jāvabы tedi (Sh.turk.).
Eski oʻzbek tilida fors tilidan oʻzlashgan va ulardan yarim kalьka qilingan olmoshlar ham qoʻllangan. Ular quyidagilar:
Hamin olmoshi. U ham (ta’kid yuklamasi)+in (bu) tarkibidan iborat boʻlgan va ushbu olmoshi ma’nosiga ekvivalent boʻlgan: Bale, yalgʻuz hamin ālamda sen-sen (Lutf.). Meniң haqыmda qыlur-sen hamin jafā havasin (Atoiy).
Hamān olmoshi ham ham+an(u) soʻzlaridan tarkib topgan va eski oʻzbek tilida hamin olmoshi kabi ushbu olmoshiga ekvivalnt boʻlgan, ayni zamonda, uning hamun varianti ham qoʻllangan: Tagʻ hamān allыda hamun-hamun (Navoiy). Lekin keyinchalik hamun varianti iste’moldan chiqib ketdi, hamān soʻzi esa semantik oʻzgarishga uchrab, ravish soʻz turkumiga oʻtgan.
Fors tilidan oʻzlashgan yuqoridagi olmoshlar eski oʻzbek tilida yarim kalьkalanib, hamul variantida (ham+ul) ham qoʻllangan: Qoyar yerdi hamul vādiy sarы yүz// Qыlыb qat’ allыda tagʻ olsa, gar tүz (Nav.Xamsa).
Bu olmoshlar ham keyinchalik iste’moldan chiqib ketdi.

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling