1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
Oʻzlik olmoshi. Eski oʻzbek tilida өz olmoshi faol qoʻllangan. Өz olmoshi dastlab ot turkumiga oid soʻz boʻlgan va oʻzlik, vujud, jon, ruh kabi ma’nolarni bildirgan. Eski oʻzbek tilida ham өz olmoshining bu ma’nolari ayrim oʻrinlarda saqlanib qolgan: Өzүmdin hayat baray (Navoiy). Yey sanam, өzni (vujud) bizgә naāshna tākoʻy (Uvaysiy).Өz soʻzi eski oʻzbek tilida olmoshga oʻtish jarayoni tugallangan, shaxsga taalluqliligini, xosligini, uning tarkibiy qismi ekanligini ma’nolarini anglatgan: Өziniң shәkli birlә (Navoiy, HA). Meni өz huzurыgʻa talab qыldы (F.). Өz qыlыchыn boynuma yetkүrsә (Navoiy, LT).
Өz olmoshi takror qoʻllanishi mumkin. Bunda ish-harakat subyektiga qaytganlikni, ya’ni ish-harakat subyektning oʻzi uchun tegishli ekanligi ma’nosi anglashiladi: Tolgʻanmagʻы өz өzinә girdāb (Navoiy), Qыlur өzigә өzi ishtibāh (Muq.). Өz olmoshi egalik va kelishik affikslarini qabul qiladi. Bunda dastlab egalik affiksi, soʻng kelishik affiksi qoʻllanadi: Өzүmniң ikki yaxshы kishimni chaqыrdыm (SH. tar.). Өzidoʻ hushы bar ādam yeshitsүn (Furqat). Tushum, oʻrin-payt va chiqish kelishigi affikslari өz olmoshiga toʻgʻridan-toʻgʻri qushilgan: Өzdә yoqerdim (Navoiy). Өzni nechә kүn nākām tut (Nodira). Өzdin tavba aysa (Navoiy). Bunday qoʻllanishda uning olmoshlik funksiyasi koʻproq namoyon boʻladi. Qadimgi turkiy yozma manbalarda va eski oʻzbek tilining dastlabki davrlarida kentү(kentү) olmoshi qoʻllangan hamda bu olmosh өz olmoshiga ekvivalent boʻlgan: Kerәk bolsam aңa men, kendya kelsүn (Xisrav va SHirin). Kendү olmoshi өz olmoshi bilan ham qoʻllanadi: Өzi kendү yekrәk (yomonroq) bilүr yerdi (Tafsir). Kendү olmoshi eski oʻzbek tilidayoq iste’moldan chiqqan va bu olmosh koʻndi (kendi) shaklida hozirgi turk tilida saklanib qolgan. Eski oʻzbek tilida өz olmoshi bilan birga, fors tilidan oʻzlashgan xud olmoshi ham iste’molda boʻlgan: Teңri taālā xud kәrәm bilә gunāhыңыzdыn өtti (Navoiy). Mirzāxān xud shāhbegimniң tuqqan nabirasi (Bobur). Koʻrsatish olmoshlari. Eski oʻzbek tili yozma manbalarida bu, bul, ul, oshal, oshul, shul, ushbu, hamul, ba’zan u, ush, shu, shubu, hamun, hamin kabi koʻrsatish olmoshlari tuzilishi jihatidan sodda hamda murakkab formalardan tashkil topgan. Sodda koʻrsatish olmoshlari: bu, ul(u), ush formalaridan iborat. bul, shul, (shu), ushbu, shubu, oshal, oshul, oshu, hamul soʻzlari koʻrsatish olmoshlarining murakkab formalarini tashkil qiladi. Hamun, hamin, hamiyn koʻrsatish olmoshlari fors tillaridan oʻzlashgan. Koʻrsatilgan davrlarga oid yozma manbalarda har qaysi koʻrsatish olmoshining iste’mol doirasi, leksik-semantik hamda grammatik xususiyatlari turlicha boʻlgan. Bu koʻrsatish olmoshi keng koʻlamda qoʻllangan, nutq paytida mavjud boʻlgan yaqin masofadagi kishi, narsa, hodisalarni koʻrsatadi: bu benava (Lutfiy), b u rasadnы (BN). Olmoshlar uch xil semantik vazifa bajargan: Deyktik vazifa, ya’ni sof koʻrsatish ma’nosini anglatgan: Bu baytnы oqubdur (Navoiy, MN). Anaforik vazifa, ya’ni oldin tilga olingan shaxs, predmetni koʻrsatadi: Bu ham yaxshы bardы (Boburnoma). Preprativ vazifa, ya’ni keyin tilga olinadigan predmet va shaxslarni koʻrsatadi: Meni tanыmaydur, sөrүptүrkim, bular qaysы sultāndur (Boburnoma). Bu koʻrsatish olmoshi kelishiklar bilan turlanganda va koʻplik affiksini olganda, uning tuzilishida turli fonetik oʻzgarishlar yuz beradi. Bosh kelishikdan boshqa kelishiklar bilan turlanganda, soʻz boshidagi b undoshi m ga oʻtadi: bunы-munы, bunuң-munuң va h.k. Shuningdek, joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarida negiz va kelishik hamda koʻplik affiksi oʻrtasida interkalyar «n» undoshi orttirilishi mumkin. Kelishiklar bilan turlanganda «n» undoshining orttirilishi doimiy (statik) boʻlsa, koʻplik shaklida u doimiy emas. Misollar: Bular dagʻы Sayyidgә kirmish (SHayb.). Ogʻlanlarnың atlarы munlar turur (Sh.tar.). Mundыn artuq qыlma zār (Lutfiy). Soʻz boshida «b»ning «m»ga oʻtishi ham doimiy emas: Barcha xalq bunы eshitib...(Sh.tar.). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling