1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Eski oʻzbek tilida sonlarga xos boʻlgan fonetik xususiyatlar. 26 savolning javobida bor
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29.Morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) hosil qilingan sifatlar.
27.Eski oʻzbek tilida sonlarga xos boʻlgan fonetik xususiyatlar. 26 savolning javobida bor.
28.Sonning tuzilishi jihatdan turlari. Tuzilishiga ko’ra sodda, murakkab hamda kasr sonlarga bo’linadi. Numerativ soʻzlar. Numerativ soʻzlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qoʻllangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ soʻzlarni qoʻllash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski oʻzbek tilida ham numerativ soʻzlar xarakteriga koʻra turlicha ma’nolarni anglatgan. Numerativ soʻzlar sanoq son bilan aniqlanayotgan soʻzlar orasida qoʻllanib, aniqlanmish soʻzga nisbatan qoʻshimcha aniqlik darajasini oshirgan. Shuningdek, numerativ soʻzlar ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, toʻda, oʻlchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan. 29.Morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) hosil qilingan sifatlar. Sifat turkumiga oid soʻzlarning katta qismini yasama sifatlar tashkil qiladi. Yasama sifatlar ikki xil yoʻl bilan: morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) hosil qilinadi. Ismlardan sifat yasovchi affikslar. Ism turkumiga oid soʻzlardan sifat yasashda quyidagi affikslar qoʻllangan:-lыgʻ/-lig,-luq/-lugʻ,-lүk/-lүk. Ushbu affiks variantlarining ishlatilishidagi fonetik sharoit quyidagicha: Tarkibida lablanmagan unlilardan biri boʻlgan bir boʻgʻinli, Shuningdek, barcha yoki soʻnggi boʻgʻinida shu unlilardan biri boʻlgan koʻp boʻgʻinli qattiq negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga esa old qator variantlari qoʻshiladi: agʻыzlыq, yazlыq, bagʻlыgʻ, tatlыq, yashlыq, qanlыq, biliglig, qorgʻanlыq, atlыq, yaragʻlыgʻ, evlik, yamagʻlыq, kechәlik. Lablangan unlili bir boʻgʻinli, Shuningdek, barcha yoki soʻnggi boʻgʻinda lablangan unlisi boʻlgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qoʻshiladi: boyluq, qaygʻuluq, otluq, anduhluq, kүchlүk, yүzlүk, olturushluq, kөrklүk, tүrlүg, qutluq, otlugʻ, otluq, yamgʻurluq, tүklүk, uyluk, yosunluq, sүtlүk, kүlgүlүk, kүchlүk, sүyүklүk. Ba’zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili negizlarga affiksning lablangan variantlari, Shuningdek, orqa qator variantlari yumshoq oʻzaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga qoʻshilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda koʻproq kuzatiladi. -lы/-li,-lu/-lү. Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan singarmonizm konuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq negizlarga, orqa qator variantlari qattiq negizlarga qoʻshilgan: kendli, otlы, yagʻlы, tatlы, meңizli, kerәkli, biligli, yaralы, yaqalыgʻ kabi. Lablangan -lu/-lү variantlarining qoʻllanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi; singarmonizm qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri boʻlgan bir boʻgʻinli yoki soʻnggi boʻgʻinida shu unlilardan biri boʻlgan ikki yoki koʻp boʻgʻinli kattiq negizlarga affiksning orqa kator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qoʻshilishi kerak boʻlgani holda, bu qonuniyatga mos ishlatilish siyrak kuzatiladi: otlu, tugʻlu, kөzlү, yuzlu, kөrүklү kabi misollar kam uchraydi. Koʻp hollarda lablangan unlisi boʻlmagan soʻzlarga affiksning lablangan variantlari, aksincha, lablangan unlili soʻzlarga affiksning lablanmagan variantlari qoʻshilib keladi: gʻamlu, namlu, bagʻlu, yollыgʻ, qoylы, tugʻlы, kөkli kөzli kabi. gi/-gʻы, -qы/-ki affiksi qadimiy mahsuldor morfemalardan boʻlib, Oʻrxun-enisey, qadimgi uygur yozuvi obidalari, XI—XIV asrlarga mansub yodgorliklar tilida ham ancha keng koʻllangan: Bayaqы yolgʻa tegdilәr (QR). Javhar balchыqqa tushsa, burungʻы bikin nafis turur (SS). Astыndaqы azaqlarыna qara qushlarnы bagʻladы (QR). Bu elkindәki narsalar ne turur(NF). -dagʻы/-dәgi, -daqы/-dәki. Bu affiks asosan otlarga qoʻshilib, oʻringa va paytga mansublik ma’nosidagi sifat yasaydi: misol? -sыz/-siz. Bu affiks asosan otlarga qoʻshilib oʻzakdan anglashilgan narsaga, holatga, xususiyatga ega emaslik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Vasl noshi dunyāda bolmas, Atāyi nishsiz(Atoiy). Qapugʻыn eshiki yaragʻsыz turur(QR). Eski oʻzbek tilida fors-tojik tilidan oʻzlashgan quyidagi affikslar ham faol qoʻllangan: -iy. Adabiyotlarda «yoyi nisbat» deb yuritiladi va nisbiy sifat yasaydi: SHah qыlыb xыl’atыnы rayhāniy, Rāst andaq ki sarvi bostaniy (Xamsa) -nāk. Otdan muayyan belgiga ega boʻlgan sifat yasaydi: ... la’li ātashnāk (Mahb.q), ... kөңlүm gʻamыdыn ul gʻamnāk (Mahb.q). -gүn. Rang bildiruvchi sifat yasaydi: Subhыdam kim sipehri mināgүn Yerni bayzādыn etti bayzāgүn. (Xamsa). -vaSh. Oʻxshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:... shahzādayi parivaSh... (Mah.q.), ... māhvash sāqiy... (Mah.q.). -vār. Oʻxshatish ma’nosidagi sifat yasaydi: buzurgvār, umidvār. ... durri shāhvār үzүlүp yergә tүshti (Mah.q.). Bu affikslardan tashqari, -in, -fām, -āniy sifat yasovchi affikslari ham qoʻllangan. . Ular quyidagilar: -g/-gʻ,-q/-k(ыgʻ/-ig,-ыq/-ik,-ug/-үgʻ,-uq/-үk).Affiks variantla- rining koʻpligi singarmonizm qonuni amalda boʻlganligidan dalolat beradi. Biroq yumshoqlik-qattiqlik va lab garmoniyasi qoidasining bir qadar buzilishi kuzatiladi, jarangli va jarangsiz undoshli variantlar ishlatilishida muayan qonuniyat va fonetik sharoitni belgilash qiyin. Chunki ayrim manbalarda asosan jarangsiz undoshli variantlar ishlatilsa, ularning koʻpchiligida (hatto bir soʻz doirasida ham) har ikkala variant baravar qoʻllanaveradi. Lekin umumiy nisbatiga koʻra jarangsiz unlili variantlar aksariyatni tashkil qiladi. Fe’ldan sifat yasashda eng sermahsul boʻlgan bu affiks yordamida yasalgan sifatlarda oʻzakdan anglashilgan ma’no bilan bogʻliq belgi-xususiyatga egalik tushunchasi ifodalanadi: Demasun qorqaq (SHN). Bu rud quruq ruddur, munda hargez suv bolmas (BN). -n(-ыn -in,-un,-үn,-an,-әn). Qadimiy vosita kelishigining bu affiksi oʻzining birgalik ma’nosi asosida soʻngroq soʻz yasash funksiyasini ham kasb etgan. U oʻzakdan anglashilgan belgiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasagan: Nedin tolun ay yuzuң ilә husn talashur (Atoiy). Qiyamat azabыndыn yaqыnmu turur (TF). l(-ыl/-il). Bu affiks ayrim fe’llardan oʻzakdan anglashilgan harakat yoki holat belgisiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Dunyanың tugal malыnы bersaң (NF). SHu bilan birga, -ыr / -ur (Bu agʻыr ishkoʻ ogʻradыmыz (QR)), -ri / -rы (Quyы egriligi chыndur (Lutfiy)) qoʻshimchalari bilan ham sifat yasalgan. Sintaktik (kompozitsiya) usul bilan yasalgan sifatlar sifat turkumiga mansub leksik birliklarning katta qismini tashkil qilgan. Ular sifat va boshqa turkumlarga mansub soʻzlarning bir-biri bilan turli kombinatsion vositalar yordamida birikuvi, juftlashuvi, takrorlanuvi va tiziluvi orqali hosil boʻlgan. Ular tarkibiy qismlarining birikuv tarziga koʻra qoʻshma va murakkab sifat yasaladi. Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlar turgʻun boʻlmaydi va u koʻproq uslubiy vazifa bajaradi: qara yүzlүk bashы (Navoiy), qara tamgʻalыq ay (Lutf.). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling