1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.Grammatik son kategoriyasi.
- Mahallat, beg
Vosita kelishigi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab turadi: Fasih tilin javāb berdi (Tafsir). Anы kishilәr kөzin kөrgәn bar-mu?
Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda, masalan, Lutfiy, Atoiy asarlarida ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste’mol doirasi chegaralangan boʻlib, ma’nosi ham toraygan. Misollar: Faryad etoʻroʻm tүshkoʻli men yalgʻuzun andыn// hech oldы tanыm, qaldы hamin yalgʻuz үn andыn (Lutfiy). Kerәkmәs sensizin, vaallah, maңa jān minnatы (Atoiy). Vosita kelishigi formasidagi soʻzlarning bir qismi ravish kategoriyasiga oʻtgan. Ravish kategoriyasiga oʻtish, asosan, payt bildiruvchi soʻzlar doirasida boʻlgan: qыshыn, yazыn, erten, kechin, tunun kabi. Bu soʻzlar tarkibidagi –ыn,-in,-un,-үn,-n vosita kelishigi affiksi boʻlib, keyinchalik soʻzning tarkibiy qismiga aylangan va bunday soʻzlar ravish sifatida shakllangan. 16.Grammatik son kategoriyasi. Grammatik son kategoriyasi. Eski oʻzbek tilida ham hozirgi oʻzbek tilidagidek, birlik son soʻz negiziga muvofiq keladi. Koʻplik esa maxsus grammatik koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Eski oʻzbek tilida koʻplik ma’nosini quyidagi qoʻshimchalar ifodalagan: -lar\\-lәr. Bu qoʻshimchaning qoʻllanishi hozirgi oʻzbek tilidagidek, keng boʻlgan: Ul kennddagi kishilәr kelib turur (QR). Tashlarnы tamam bu tagʻdыn eltoʻrlәr (BN). Bu qoʻshimcha eski oʻzbek tilida ham ayrim holat va mavhum tushunchani bildiruvchi otlarga qoʻshilganda koʻplikni emas, balki kuchaytirish, ta’kidlash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Anың dushmanlarы kөp qaygʻular taptы (OʻN).Ahmad Yusuf beg ыztыrablar qыlыb aytadur kim... (BN). Shu bilan birga, bu qoʻshimcha hurmat ma’nosida ham qoʻllangan: Atalarы ezgү kishi erdi (Taf.). Qabrlarы Balxdadur (MN). -at\\-әt. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilda bu qoʻshimcha -t variantida (qыyыn (azob)- qыyыt (azoblar)) qoʻllanib, koʻplik va jamlik ma’nolarini ifodalagan. Eski oʻzbek tili yodnomalarida, xususan, «Bobirnoma»da bu qoʻshimcha –at\\-әt tarzida qoʻllanib, xuddi shu ma’nolarni ifodalagan: Mahallat, begәt, tumanat, bөlүkәt, bagʻat. SHuni aytish kerakki, qadimgi turkiy tilda ogʻlan, erәn soʻzlarida uchraydigan koʻplik ma’nosi eski oʻzbek tilida koʻplik ma’nosida emas, balki birlik ma’nosida qoʻllangan: Yыgʻыңыz beglәrү ogʻlanlarnы (SHB).Erәnlәr ayturlar (Taf.). Ma’lumki, hozirgi oʻzbek tili leksikasida arab soʻzlari ma’lum oʻrin tutadi. Bu hol eski oʻzbek adabiy tilida kuchliroq boʻlgan. Shu munosabat bilan koʻplik shaklida oʻzlashtirilgan soʻzlar koʻplik ma’nosida qoʻllangan: shuarā (shoirlar), ulama (olimlar), salātыn (sultanlar). Ayrim hollarda bunday soʻzlar birlik ma’nosida oʻqilib, ularga –lar\\-lәr qoʻshimchasi qoʻshilavergan: Yolda ajayыblar kөrdilәr (QR). Burungʻы shuarā va akābirlar zaylыda mazkur bolgʻaylar (MN). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling