1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibrahimgʻa \\ Ibrahimqa , avgʻa \\ avqa , otgʻa \\ otqa
- Kөңlүmgoʻ
Tushum kelishigi. Eski oʻzbek adabiy tilida tushum kelishigi –nы \\-ni \\ -n \\-ы \\-i variantlariga ega boʻlgan.
-nы\\-ni. Bu affiks oʻzbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qoʻllanib kelgan: Yolnы berkitoʻyin, qamugʻnы qutqarayыn (QR). Bu sөzni kizlәdilәr (TF). Bu qoʻshimcha «Bobirnoma» asarida qaratqich ma’nosini bildirgan: Bir qыrgʻavulnы үskүnәsini tөrt kishi yeb tugata almaydur (BN). -n. Bu qoʻshimcha varianti eski oʻzbek tilida ancha faol qoʻllangan Lekin u III shaxs egalik qoʻshimchasidan keyin qoʻshilgan: Qыlыch birlә bashыn kesti (OʻN). Ismāilnың evin sordы (QR). Tushum kelishigining bu qoʻshimchasi she’riy asarlarda keng qoʻllangan. -ы\\-i. Bu qoʻshimcha I va II shaxs egalik qoʻshimchalaridan keyin qoʻshilgan: Adl qulagʻы-la eshit halыmы (Muqimiy). Aqlыmы tamam aldы tүgmәi giribaniң (Furqat). Tushum kelishigining belgisiz qoʻllanishi ham eski oʻzbek tili uchun xarakterlidir: Qoymagʻumdur etәgiң (Bobir). Kөңүl shәkәr bikin agʻzың kөrүp (Sakkokiy). Tushum kelishigininү qadimgi turkiy tilga xos boʻlgan –gʻ\\-g,-ыgʻ\\-ig\\-ugʻ\\-үg variantlari eski oʻzbek tilida uchramaydi. Joʻnalish kelishigi. Bu kelishik qoʻshimchasi eski oʻzbek tilida –qa\\-gʻa \\- kә \\ -gә, –a\\-ә va –na \\-nә kabi variantlarga ega. Shu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos boʻlgan –gʻaru\\ -gәrү \\ -qaru \\ -kәrү, -ra \\ -rә, -ru \\-rү qoʻshimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi. -gʻa\\–gʻgoʻ varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi, –qa qoʻshimchasi jarangsiz undoshlar va gʻ,h undoshlari bilan tugagan negizlarga qoʻshiladi: Eykim barы she’r ahlыgʻa sen xān yaңlыgʻ \\ She’riң bharы she’rlәrgә sultān yaңlыgʻ (Bobir). Lāla qadahыna tashqa urduң \\ Jāla gүhhәrini bashqa urduң (Xamsa). XIII-XIV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan, ya’ni, -gʻa oʻrnida –qa qoʻshimchasi yoki aksincha qoʻllanavergan: Ibrahimgʻa \\ Ibrahimqa, avgʻa \\ avqa, otgʻa \\ otqa (QR). -kә\\ -gә. Til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qoʻshiladi. Eski oʻzbek tilida qay hollarda –kә, qaysi hollarda –gә qoʻshimchasining qoʻshilishini aniqlash birmuncha qiyin, chunki arab yozuvida bu ikki variant ham (kof) harfi bilan yozilgan. Shunga qaramasdan, jarangli va sonor undoshlar va unlilardan soʻng –goʻ, jarangsiz undoshlardan soʻng –kә qoʻshimchasining qoʻllanganini mushohada qilish mumkin: Kөңlүmgoʻ doʻrd kelgoʻli...(Boburnoma). Elikkә meniң yashыm yeti (Sh. turk). -a /-ә. Bu affikslar undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi. Lekin uning qoʻllanishi janrlar boʻyicha chegaralangan. Bu forma XIII- XIV she’riy asarlarda ham, prozaik asarlarda qoʻllangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda asosan she’riy asarlarda uchraydi: Bashlarыnы qashыma yetkүrүңүz (Shayboniynoma). Kel, taqы yurtuңa egә bol (Sh.tar.). Ne uchun avval өzүңoʻ āshnā qqыldың meni (Otoiy). Yā rabb, ne ajab yāri jafākāra yoluqtum \\ Kөzi-yu qashы jādu-vu makkara yoluqtum (Lutfiy). Qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan –gʻaru/-gәrү//-qaru/-kәrү//-ru/-rү affikslari eski oʻzbek tilida oʻzining kelishik funksiyasini yoʻqotgan. Ular keyinchalik eski oʻzbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan. Qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan –ra/-rә affiksi «Tafsir»da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chыq. Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga oʻtib ketgan: ichrә (ichkari), asra (pastki, quyi). Joʻnalish kelishigining belgisiz qoʻllanishi ham eski oʻzbek tili uchun xarakterli boʻlgan. Misollar: Senki ul yan әzimәt etkүңdүr (Navoiy). Bir inisin yibәrүr boldы Hisār (Shayboniynoma). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling