1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Kelishik qoʻshimchalarining har biriga yodnomalardan misollar yozing


Download 224.54 Kb.
bet28/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

21.Kelishik qoʻshimchalarining har biriga yodnomalardan misollar yozing.
22.Vosita kelishigi qanday hosil qilingan? Yuqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab turadi: Fasih tilin javāb berdi (Tafsir). Anы kishilәr kөzin kөrgәn bar-mu?
Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda, masalan, Lutfiy, Atoiy asarlarida ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste’mol doirasi chegaralangan boʻlib, ma’nosi ham toraygan. Misollar: Faryad etoʻroʻm tүshkoʻli men yalgʻuzun andыn// hech oldы tanыm, qaldы hamin yalgʻuz үn andыn (Lutfiy). Kerәkmәs sensizin, vaallah, maңa jān minnatы (Atoiy).
Vosita kelishigi formasidagi soʻzlarning bir qismi ravish kategoriyasiga oʻtgan. Ravish kategoriyasiga oʻtish, asosan, payt bildiruvchi soʻzlar doirasida boʻlgan: qыshыn, yazыn, erten, kechin, tunun kabi. Bu soʻzlar tarkibidagi –ыn,-in,-un,-үn,-n vosita kelishigi affiksi boʻlib, keyinchalik soʻzning tarkibiy qismiga aylangan va bunday soʻzlar ravish sifatida shakllangan.


23.Sifat soʻz turkumining tarixiy taraqqiyoti. XV—XIX asrlarga mansub manbalar tilida qayd etilgan sifatlar ham umuman turkiy tillardagi, xususan, oʻzbek tilidagi sifatlarga xos barcha xususiyatlarga ega boʻlib, bulardan asosiylari quyidagilar:
Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub (asliy) va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi oʻzgachaliklarga egadir:

  • tub sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi shu sifatning toʻgʻridan-toʻgʻri ma’nosidan anglashiladigan rang, tus, tur, tam, maza, hajm, vazn, me’yor,sath, miqyos kabi doimiy sifatiy belgilar bilan bogʻliq boʻladi, bu doimiy sifatiy belgilar konkret va abstrakt xarakterda boʻlishi mumkin: aq alma, aq kөңүl, achchыq dānoʻk, achchыq dard kabi;

  • nisbiy sifatda esa bslgi tushunchasi shu yasama sifatga asos boʻlgan soʻzdan anglashiladigan narsa-prsdmet yoki hodisa ma’nosi bilan bogʻliq boʻlib, uning belgi xususiyati boshqa turdagi narsa-predmet yoki hodisaga turli darajada nisbat berilishi orqali ifodalanadi.

Turkiy tillarda, jumladan, oʻzbek tilida sifat tarixan morfologik koʻrsatkichi uncha taraqqiy etmagan soʻz turkumi sanaladi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra sifat dastavval mustaqil soʻz turkumi sifatida mavjud boʻlmagan, u soʻngroq ot turkumidan oʻsib chiqqan va shakllanib rivojlangan.
E.V.Sevortyanning ta’kidlashicha, sifatning otdan differentsiatsiyalanish jarayoni ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V—VIII asrlarga kelib bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo boʻlgan turli formalar hisobiga yuz bergan. Bu formalarning ayrimlari qadimdayoq kammahsul boʻlgan, ayrimlari esa oʻz sermahsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va hatto yanada kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushtarak boʻlgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli boʻlgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan (Sevortyan 1963, 58).
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa boʻlib, bu jarayon hanuz davom etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida ajralib chiqqandan keyin bu turkum tarkibiga yangidan qoʻshilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama soʻzlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning kelib chiqishi va tabiati hozircha aniqlangan emas.
Sifat turkumiga oid soʻzlarning katta qismini yasama sifatlar tashkil qiladi. Yasama sifatlar ikki xil yoʻl bilan: morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) hosil qilinadi.



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling