1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’llarning yasalishi.
Fe’l aspektlari. Ayrim adabiyotlarda fe’l aspektlariga mumkinlik va nomumkinlik shakllarini ham kiritadilar. Aslida mumkinlik-nomumkinlikni hosil qiladigan grammatik shakllar (formalar) yoʻq, balki bunday semantika qoʻshma fe’llar orqali hosil qilinadi. Masalan, tarta alar – tarta almas.
Fe’lning boʻlishli va boʻlishsiz shakllari fe’l aspektlari kategoriyasini hosil qiladi, chunki boʻlishsizlik –ma//-mә affiksi orqali hosil qilinadi va bu affiksni olmagan soʻz bilan oppozitsiyaga kirishadi: barma, keltүrmә va boshqalar. Fe’llarning yasalishi. Fe’ldan boshqa turkumlardan soʻz yasovchi affikslar orqali fe’l yasalishi mumkin: -la/-lә affiksi. Bu affiks barcha davrlarda ham faol qoʻllangan. Ot, sifat, son, ravish, ba’zan olmosh turkumlaridan fe’l yasagan. Turkiy va turkiy boʻlmagan soʻzlarga ham qoʻshilgan: Tөsh-tөshtin pыchaqlab, chapqulab pāraladыlar (Boburnoma). Bir kүn namāzi peshinni guzarladы...(Nav. Nas.muh.). -da/-dә affiksi. Bu affiks –la/-lә affiksining fonetik variantidir. Eski oʻzbek tilida sonor undoshlardan soʻng qoʻllangan: Pādshāh bu gʻulāmnы indәdi (Taf.). Yoldasa bu yolda Nizāmiy yolum// Qoldasa Xusrav bilә Jāmiy qolum (Xamsa). -a/-ә affiksi. Ot turkumidagi soʻzlardan fe’l yasagan: Tunәdi lәshkәr anda (SHN). Ashlarыni ashab va yashlarыnы yashab, atalarы keynidin ketdi (Sh.tar.). -y/-ay affiksi. Sifatdan fe’l yasagan: Ul faqыr qashыda ulgʻayыbdur (Navoiy). Barcha sagʻaytlanыb atlandыlar (SHN). -r/-ar/-әr affiksi. Sifatdan fe’l yasagan: Bu nav’ qara kүn ichrә qarыb// Ya’niki qara kүnүm aqarыb (Navoiy). Kөkoʻrgәn yыgʻachlarnың barchasы (Sh.tar.). -qar/-kәr affiksi. Otdan fe’l yasagan: Tagʻ tuznы tүn-u kүn bashqarыb// Xayalnы yol aqbasыdыn өtkoʻrib (Xamsa). -q/-k,-ыq/-ik,-uq/-үk affiksi. Ot va boshqa turkumlardan fe’l yasagan: Libāsы roʻңin bilmәn, yoluqsa, hayrattыn (Lut.). Kim yagʻыqsa shāhi SHayabāniygʻa (SHN). -sa affiksi. Otdan fe’l yasagan: Dilrabā, ābi hayat yerniң үchүn jān susadы (Lut.). -sыn affiksi. Ot va sifatdan fe’l yasagan: Yыgʻlamsыnur –u kөzigә kelmәs yash (Navoiy). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling