1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
-r affiksli sifatdoshning boʻlishsiz formasi -maz/-mәz//-mas/-mәs affiksi yordamida hosil boʻladi. Bu affiksning jarangli -maz/-mәz variantlari oʻgʻuz gruppasidagi turkiy tillar uchun xos boʻlib, qipchoq va qarluq gruppasidagi turkiy tillarda asosan jarangsiz -mas[-mәs variantlari qoʻllanadi. Oʻrxun-Enisey va qadimgi uygʻur tili yodgorliklarida ham faqat jarangli maz/-mәz variantlari qoʻllangan boʻlib, QBda -maz[-mәz va -mas/-mәs variantlari parallel iste’molda boʻlgan.
-r affiksli sifatdoshning qoʻllanishi, ma’no va funk-tsiyalari: a) aniqlanmish vazifasida kelgan soʻz -r affiksli sifatdosh ifodalagan ish-harakatning subyekti boʻladi: Bu aqar arыgʻ kim, seңә berdim,... (TF). Kөrә bilmәz kishi bagʻrыn tiliңiz (XSH). Kөңul bermә kөңul bermәs kishigә (SS); b) -r affiksli sifatdosh anglatgan ish-harakatning subyekti aniqlanmishdagi egalik affiksi orqali ifodalanadi: Tugʻrur agʻpыgʻы kirdi ersә, Maryam qah tutdы (TF). Kөni sөzәyүr kөңlүn bar ersә, aygʻыl (QR). 2. -r affiksli sifatdosh ot oʻrnida qoʻllanganda otga xos grammatik belgilarga ega boʻladi va shunga muvofiq har xil sintaktik funksiyalarni bajaradi: a) egalik affikslari bilan qoʻllanadi: Lek mumkin durur dava qыlurum//sa’y etib hajatың rava qыlurum (Navoiy SS). Jahanda sendin өzgә yoq tilәrim (XSH); b) kelishik affikslari bilan qoʻllanadi: Seniң ishqыңda sayrargʻa Xarazmiy... (MN). Bizniң kelүrimizni eshitib, qachыb bu aytыlgʻan uch yurtgʻa bardыlar (Sh.tar.). 3. -r affiksli sifatdosh koʻmakchilar bilan qoʻllanadi: Olturur uchun qabыl yer erdi (BN). Өlmәsdin burun achыb kөzүmni..(Navoiy FSH). -gʻu/-gү (-qu/-kү) affiksli sifatdoSh. Qoʻllanishi, ma’no va funksiyalari: 1. Atributiv pozitsiyada qoʻllanib, aniqlovchini ifodalaydi, Bunda -gʻu/-gү affiksli sifatdosh atributiv oborotni tashkil etadi va bunday oborotlarda sifatdosh formasidagi fe’ldan anglashilgan ish-harakatning subyekti ikki xil yoʻl bilan ifodalanadi: a) aniqlanmish vazifasida kelgan soʻz -gu/-gү affiksli sifatdosh ifodalagan ish-harakatning subyekti boʻladi: Menim ilkimdin kelmәgү ish bilgүrdi (TF). Tuzub yettilәr av a v l a gʻ u yergә (XSH); b)-gʻu/-gү affiksli sifatdosh anglatgan ish-harakatning subyekti aniqlanmishdagi egalik affiksi orqali ifodalanadi: Sөzlәgү kүchүm yoq (QR). Seniң yegү ashың seni Xizr yalavach tabaru bashlagʻay (TF). 2. -gʻu/-gү affiksli sifatdosh ot oʻrnida qoʻllanganda otga xos grammatik belgilarga ega boʻladi va shunga muvofiq har xil sintaktik funksiyalarni bajaradi: Qayda bargʻusыnы bilmoʻgoʻylәr (TF). Na qыlgʻusы bilmәs boldы (NF). -gʻuchы/-gүchi (-quchы/-kүchi) affiksli forma -gʻu/-gү affiksli sifatdoshga shaxs otini yasovchi -chы/-chi affiksi qoʻshilishi bilan hosil boʻladi. Shuning uchun ham bu formada fe’llik xususiyati kuchsizlanib, ot turkumiga yaqin turadi: Kuch qыlgʻuchы zālim erdi (TF). QQuyashnың esiz kөzni qaytargʻuchы qudrati bar (QR). Oshul tagʻ qazgʻuchы Farhādnы kөrsүn (XSH); -dachы/-dәchi (-tachы/-toʻchi) affiksi bilan yasalgan sifatdosh ham qadimgi yodgorliklar tilida faol qoʻllangan boʻlib, oʻzbek tilida XV asrga qadar qoʻllanib kelgan: Men seniң tөrүttәchiң, yarattachың-men (Taf.). Biz yerni kөkni tөrүttәchi tәңrigә tabыnur-miz (Taf.). -gʻlы/-gli affiksli sifatdosh ham eski oʻzbek tilining ilk davrlarida keng qoʻllangan boʻlib, ma’no va funksiyalari boʻyicha -dachы/-dechi affiksli sifatdoshlarga oʻxshaydi: Kimәrsә maңa rahm qыlmagʻlы yoq (QR). Tushindә kөrdi kim, keligli keldi (NF). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling